Sabirova Zebo Baxramovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy imkoniyati cheklangan sportchi talabalarning kasbiy-amaliy mashg‘ulotlarida jest va atamalarni o‘rgatish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6177.
Ilmiy rahbar: Raxmonova Muqaddas Qaxramonovna pedagogika fanlari doktori, dotsent. Ilmiy maslahatchi: Xo‘jamkeldiev G‘afur Sulton o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor, Yarashev Komiljan Dexkanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy imkoniyati cheklangan sportchi talabalarning kasbiy-amaliy mashg‘ulotlari jarayonida jest va atamalarni o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ko‘rish va eshitish qobiliyatida nuqsoni bor sportchi-talabalarni jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun haftaning boshida submaksimal va maksimal zonadagi aylanma mashg‘ulot, ikkinchi yarimida og‘irlashtirilgan (mushak massasini oshirish) hamda streching (dinamik va statik cho‘zilish) vositalarini mashg‘ulot mikrotsikllarida variativ qo‘llash hisobiga operativ tayyorlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
imkoniyati cheklangan talabalar mashg‘ulotlarida amaliy tayyorgarlikni oshirish uchun jarima jestlarini ko‘rish va eshitish qobiliyatida nuqsoni bor talabalarda qo‘llash bo‘yicha maxsus moslashtirilgan mashqlar majmuasini (harakatlanish imkoniyatlarini inobatga olgan holda yangi yo‘nalishlarni belgilash, eng ichida barmoqlar uchun jarima jestlarini qo‘llash kabi) tanlab yo‘naltirish hisobiga mashg‘ulot vositalarini nazariy va amaliy integratsiya qilish jarayoni takomillashtirilgan;
jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish uchun pedagogik innovatsion bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantirishga asoslangan ta’lim klasterini o‘zaro manfaatli ta’sirini mashg‘ulotlarda jestlarni parasport turlariga tanlab yo‘naltirish hisobiga adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini kasbiy-amaliy tayyorlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi imkoniyati cheklangan talabalarni nazariy tayyorgarligini oshirish uchun sport atamalarini tahlil qilib takomillashtirishga qaratilgan to‘rt bosqichli (maqsadi, mazmuni, jarayoni va baholash) kasbiy kompetentlikni jismoniy mashqlarni bajarishda harakat uyg‘unligini rivojlantirish modelini yuklama va dam olishni tizimli uyg‘unlashtirish hisobiga musobaqalar faoliyatida qo‘llaniladigan atamalarini qisqa vaqt davomida o‘zlashtirish imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport ta’lim yo‘nalishi talabalarda jest va atamalarni o‘rgatish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari asosida:
ko‘rish va eshitish qobiliyatida nuqsoni bor sportchi-talabalarni jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun haftaning boshida submaksimal va maksimal zonadagi aylanma mashg‘ulot, ikkinchi yarimida og‘irlashtirilgan (mushak massasini oshirish) hamda streching (dinamik va statik cho‘zilish) vositalarini mashg‘ulot sikllarida variativ qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar adaptiv jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishdagi talabalarning kasbiy-amaliy mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-16/12295-son ma’lumotnomasi). Natijada eshitish qobiliyatida nuqsoni bor talabalarda umumiy jismoniy tayyorgarlik 13,2 % ga ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor talabalarda 11,6% ga yaxshilanishga erishilgan;
imkoniyati cheklangan talabalar mashg‘ulotlarida amaliy tayyorgarlikni oshirish uchun jarima jestlarini ko‘rish va eshitish qobiliyatida nuqsoni bor talabalarda qo‘llash bo‘yicha maxsus moslashtirilgan mashqlar majmuasini (harakatlanish imkoniyatlarini inobatga olgan holda yangi yo‘nalishlarni belgilash, eng ichida barmoqlar uchun jarima jestlarini qo‘llash kabi) tanlab yo‘naltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar adaptiv jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishdagi talabalarning kasbiy-amaliy mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-16/12295-son ma’lumotnomasi). Natijada turnikda tortilish testini tadqiqot boshida 4.82 marta amalaga oshirgan bo‘lsa tadqiqotdan oxirida 7.42 martaga yaxshilangan;
jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish uchun pedagogik innovatsion bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantirishga asoslangan ta’lim klasterini o‘zaro manfaatli ta’sirini mashg‘ulotlarda jestlarni parasport turlariga tanlab yo‘naltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar adaptiv jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishdagi talabalarning kasbiy-amaliy mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-iyundagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarining eshitib tushinganini aytish (lingvistik) 16% ga yaxshilanishga erishilgan;
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi imkoniyati cheklangan talabalarni nazariy tayyorgarligini oshirish uchun sport atamalarini tahlil qilib takomillashtirishga qaratilgan to‘rt bosqichli (maqsadi, mazmuni, jarayoni va baholash) kasbiy kompetentlikni jismoniy mashqlarni bajarishda harakat uyg‘unligini rivojlantirish modelini yuklama va dam olishni tizimli uyg‘unlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Paralimpiya sport musobaqalariga zaxira sportchilar tayyorash uchun kinimatik va psixo-fiziologik tavsiflar bo‘yicha saralash tizimini ishlab chiqish” nomli loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-iyundagi ALM202306161314-son innovatsion loyiha). Natijada 60 metr masofaga yugurishda tadqiqot boshida 11.44 soniya bo‘lgan bo‘lsa tadqiqot oxirida 11.10 soniyaga yaxshilanishga erishilgan.