Rasulov Shuxrat Xo‘jaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tomat mahsulotini past haroratda quritish jarayoni va apparatini takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3040.
Ilmiy rahbar: Djuraev Xayrullo Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc 03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmuxamedov Xabibulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: past haroratli quritish usulini qo‘llash asosida tomat mevasini energiya tejamkor quritish jarayoni va qurilmasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quritish jarayonidagi texnologik parametrlarni nazorat qilish va avtomatik boshqarish tizimiga asoslangan eksperimental sinov qurilmasi ishlab chiqilgan;
tomat mevasining ichki qatlamidagi suyuqlik tomchilarining molekulyar harakatini tezlashtirishda IQ - nurning λ = 0,75 ÷ 1,1 mkm to‘lqin uzunligi diapazonida (+50-25+45-180+50-25+45) dastlabki impulsli ishlov berish rejimi, mahsulot yuzasidagi namlikning chiqishini jadallashtirishda λ = 2,4 ÷ 2,8 mkm to‘lqin uzunligi diapazonida uzlyuksiz quritish rejimlari asoslangan;
teksturasi yumshoq eguluvchan strukturaga ega bo‘lgan, tomat mevasini 10 % limon kislotasi eritmasida 20 daqiqa davomida ishlov berish, 10 daqiqa tindirish va past haroratli (58 ÷ 62 0C) issiqlik rejimi asosida quritish jarayoni eksperimental asoslangan;
dastlabki ishlov berish va quritish jarayonida mahsulot qatlamlari bo‘yicha temperatura va namlik o‘zgarishini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilib, matematik modellashtirish hamda quritish jarayonining optimal rejimlari asosida energiyatejamkor quritish jarayoni va qurilmasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tomat mahsulotini past haroratda quritish jarayoni va apparatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
past haroratda tomat mahsulotini quritishga mo‘ljallangan yarim sanoat qurilma O‘zbekiston-Qozog‘iston “Gala River” qo‘shma korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 02-fevraldagi № 02-13/02-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan quritish qurilmasini qo‘llash orqali uzoq muddatli saqlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan quritilgan tomat mahsulotini olish imkonini bergan;
nurlanish spektrining maqbul to‘lqin uzunliklari diapazonida tomat mahsulotini past haroratda quritishga mo‘ljallangan qurilma “LIVADIYa-BUKHARA” MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024-yil 02-fevraldagi № 02-13/02-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulot massasining birlik yuzadagi miqdori 9,5 ÷ 10,2 kg tashkil etganda sarflanayotgan energiya miqdori mahsulot tarkibidan 1 kg namlikni chiqarib yuborish uchun - 0,56 kVt/soatni, 1 kg tayyor quruq mahsulot uchun esa - 0,49 kVt/soatni tashkil etib natijada energiya samaradorligini 1,2 ÷ 1,5 marta oshirish imkonini bergan.