Axmedova Mexriniso Baxronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘z-o‘zidan bijg‘iydigan xamirturushdan foydalanib achitqisiz bug‘doy noni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5042.
Ilmiy rahbar: Beshimov Yusufjon Saidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc 03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Sulaymon Bo‘rievich, biologiya fanlari doktori, professor; Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘z-o‘zidan (tabiiy) bijg‘iydigan xamirturushdan foydalanib achitqisiz bug‘doy noni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘z-o‘zidan (tabiiy) bijg‘iydigan xamirturush tayyorlashda noan'anaviy o'simlik xomashyolaridan foydalanishning biotexnologik samaradorligi asoslangan;
yuqori sifatli achitqisiz non ishlab chiqarishda ishlatiladigan o‘z-o‘zidan (tabiiy) bijg‘iydigan xamirturushning mikrobiologik xususiyatlarini jadallashtirishga va biotexnologik xususiyatlarini barqarorlashtirishga imkon beradigan ozuqa substratining optimal tarkibi 50% undirilgan bug'doy, 40% soya siqilmasi uni va 10% uzum siqilmasi kukunidan iborat bo‘lishi aniqlangan;
72 soatda foydalanishga tayyor bo‘lgan o‘z-o‘zidan bijg‘iydigan xamirturushda gomo- va geterofermentativ sut kislotasi bakteriyalari va Saccharomyces turiga yaqin bo‘lgan achitqilarni o‘z ichiga olgan xamirturush tabiiy mikroflorasining tarkibi va undagi umumiy bakteriyalar soni 1512,5 ×107 KHQB/g ni, achitqilarning umumiy miqdori esa 12,5×107 KHQB/g ni tashkil etishi aniqlangan;
o‘z-o‘zidan bijg‘iydigan xamirturushdan foydalangan holda achitqisiz bug'doy nonini ishlab chiqarish texnologik jarayonining asosiy parametrlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Achitqisiz bug‘doy nonini ishlab chiqarishda o‘z-o‘zidan bijg‘iydigan xamirturushdan foydalanish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
tabiiy bijg‘iydigan xamirturush ishlab chiqarish texnologiyasi “Pasquale” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 19 noyabrdagi 19-106/11-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, ozuqaviy substrat tarkibida 1-navli bug'doy unini undirilgan bug‘doy doni hamda soya va uzum siqilmalarini qayta ishlash mahsulotlarining kompozit aralashmasi bilan almashtirilishi hisobiga xomashyo narxi tayyor xamirturush uchun 48 % gacha kamayish imkonini bergan;
o‘z-o‘zidan (tabiiy) bijg‘iydigan xamirturushdan foydalanib 1-navli bug‘doy unidan achitqisiz “Mazali non” ishlab chiqarish texnologiyasi “Pasquale” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 19 noyabrdagi 19-106/11-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, un sarfi 12,0% ga kamayishi, non pishirish texnologiyasida ishlatilayotgan achitqilardan foydalanmaslik hisobiga non chiqimini 1,5% ga oshirish imkonini bergan.