Alikulova Hakima Ahmad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft` mahsulotlarining zichlik ko‘rsatgichini aniqlash hamda o‘lchash vositalarini kalibrlash va qiyoslashda foydalaniladigan zichlik suyuqligining standart namunalarini yaratish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5204.
Ilmiy rahbar: Negmatov Sayibjon Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yulchieva Surayyo Baxramovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` mahsulotlarining zichlik ko‘rsatgichini aniqlash hamda o‘lchash vositalarini kalibrlash va qiyoslashda foydalaniladigan zichlik suyuqligining standart namunalarini yaratishdan ibopat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xom ashyolar asosida metrologiya maqsadlarida qo‘llaniladigan neft mahsulotlari zichligini aniqlovchi o‘lchov vositalarini kalibrlash va qiyoslashda ishlatiladigan standart eritmalar kompozisiyalarining samarali tarkiblari yaratilgan;
standart eritmalar kompozisiyalarini ishlab chiqarishda kompozisiya komponentlari o‘rtasida “tarkib-tuzilish-xossa” kabi korrelyasion bog‘lanishlarning mavjudligi aniqlangan;
yuqori sifatli kimyoviy toza organik ingredientlar asosidagi standart eritmalar kompozisiyalarini hosil bo‘lishida kompozisiya komponentlari orasida sodir bo‘ladigan reaksiya mexanizmlari asoslangan;
standart eritmalar kompozisiyalarining fizik-kimyoviy, ekspluatatsion, barqarorlik va gomogenlik xususiyatlari aniqlanib, yaratilgan standart eritmalar kompozisiyalari GOST 3900-2022 “Neft va neft mahsulotlari” talablariga javob berishi aniqlangan;
mahalliy xom ashyolar asosidagi yuqori sifatli kimyoviy toza organik ingredientlardan ishlab chiqilgan standart eritma kompozisiyasini qo‘llash mavjud attestatlangan standart eritma namunasiga qaraganda kalibrlash tezligi 2 barobarga oshganligi va tan narxining kamayganligi aniqlangan;
suyuqliklarning zichlik ko‘rsatkichini aniqlashda ishlatiladigan standart eritmalar kompozisiyasini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neft mahsulotlarining zichlik ko‘rsatgichini aniqlash hamda o‘lchash vositalarini kalibrlash va qiyoslashda foydalaniladigan zichlik suyuqligining standart namunalarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalap acocida:
mahalliy xomashyolar asosida neft mahsulotlarining zichlik ko‘rsatgichini aniqlash hamda o‘lchash vositalarini kalibrlash va qiyoslashda foydalaniladigan zichlik suyuqligining standart namunalarini optimal tarkiblari “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2025 yil 10 fevraldagi 02-17-537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan standart eritmalar namunalarini suyuqlik zichligini aniqlash uchun qo‘llash vositalarni kalibrlash tezligini 2 barobarga oshirish imkonini bergan;
neft mahsulotlarining zichlik ko‘rsatgichini aniqlash hamda o‘lchash vositalarini kalibrlash va qiyoslashda foydalaniladigan zichlik suyuqligining standart eritmalari kompozisiyasi namunalarini olish texnologiyasi “KIMYOTEXREAG” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2025 yil 10 fevraldagi 02-17-537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, neft` mahsulotlarining zichlik ko‘rsatkichini aniqlash uchun ishlatiladigan standart eritmalar kompozisiyasi namunalarining tannarxini 3-4 baravarga kamaytirish imkonini bergan.