Norquzieva Madina Sharof qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7498
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo‘yicha (PhD), dotsent Raxmatov Uchkun Ergashevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.91.01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori(DSc), professor.  
Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari didaktik tayyorgarlik bosqichlarining tarkibiy qismlarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga moslashtirishga qaratilgan noan’anaviy laboratoriya metodlari va topshiriqlarini kiritish hamda nazariy va amaliy bilimlarni didaktik integratsiyalashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda axborot-kommunikativ texnologiyalari imkoniyatlaridan ratsional foydalanishga ustuvorlik berish hamda biologik va metodik komponentlarini yaxlit metodik tizimni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik integratsiyasini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi ijtimoiy, ma’naviy, psixologik – pedagogik mezonlarning yaxlit integrativ xususiyatlarini vektorli shakllantirish hamda kasbiy pedagogik refleksiyaning motivasion-maqsadli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv ko‘rsatkichlarini didaktik maqsadlarga proporsional uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi talabalar kreativ fikrlashlarini oshirish, olingan bilimlar sifat darajasini oshirishni ta’minlash hamda o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi mantiqiy-muammoli topshiriqlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
Oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish bo’yicha olingan natijalar asosida:
oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish pedagogik nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashning didaktik imkoniyatlarini baholash, o’qitishning vizual-tadqiqiy samaradorligini kengaytirish hamda shaxslararo muloqotga kirishish faoliyatini individuallashtirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Taʼlim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 22-iyundagi 02-07-1679/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada takomillashtirilgan o’quv dasturlari tuzilgan hamda talabalarning umurtqalilar zoologiyasi fanini o’qitish metodikasini shakllantirish, baholash, ma’lumotlarni tahlil etish samaradorligini oshirishga imkon yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni mustaqil ta’lim olishga ta’sir ko’rsatuvchi tashkiliy-kommunikatsion omilarini tasniflash, muammoli ta’lim olish bosqichlarini adaptiv va reproduktiv o’qitishga integratsiyalovchi algoritimli topshiriqlarni umumlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 22-iyundagi 02-07-1679/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o’qitish metodikasini takomillashtirilgan hamda oliy ta’lim tizimi o’quv-metodik ta’minoti boyitilishiga imkon yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish modeli talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirishning dasturiy ta’minoti mazmuni hamda ta’lim jarayonini tashkil etishga doir refleksiv va sinergetik yondashuvlarning pedagogik transformatsiyalashishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Taʼlim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 22-iyundagi 02-07-1679/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o’qitish metodikasini rivojlantirilgan hamda axborot kompetentligi darajasini baholash omillari aniqlash imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida umurtqalilar zoologiyasi fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish mezonlari kasbiy kompetentlik va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish mexanizmlarini individual va mustaqil ta’lim sub’ektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 22-iyundagi 02-07-1679/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ta’limni axborotlashtirish sharoitida uzlyuksiz ta’lim muassasalarida faol axborot almashish imkoniyati va interaktiv texnologiyalardan ijodiy foydalanish kompetensiyasiga ega biolog-mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish