Kurbanbaev Ilxam Maxsetovichning
pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ingliz tili darslari orqali boshlangʻich sinf o‘quvchilarining “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi (qoraqalpoq sinflari misolida)», 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6423.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytkasimov Dauletnazar Beknazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Hamroev G‘ofur Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Jalg‘asov Nurjan Maratovich, filologiya fanlari falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish va ulardan pedagogik amaliyotda foydalanish yoʻllarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
ingliz tili darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirishda sugGEStopedik dasturiy talablarni hisobga olgan holda faollashtirgan va optimallashtirgan didaktik kompleksni analitik, ijtimoiy-pedagogik, kommunikativ motivlar bilan o‘zlashtirish algoritmini belgilash va lingvistik o‘quv-uslubiy usullarini moslashtirishning internal va eksternal identivligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “4K” ko‘nikmalarini shakillantirishda ingliz tiliga doir lingvo-uslubiy amallarni integrallashgan elementar mashqlar asosida ta’minlash, bilimlarni o‘zaro bogʻliqligini ko‘rsatuvchi yangi so‘zlarning tovushgrafik motor tasviri, semantik qiyofasi, o‘quv topshiriqlarini Cooperative learning ta’lim texnologiyasi asosida milliy identiklik va xarakter bilan adaptivliga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan; 
ingliz tili darslari orqali o‘quvchilarining “4K” ko‘nikmalarini baholashga oid diagnostik ishlar, kommunikativ va kreativ ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi o‘quv topshiriqlari, tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi muammoli ta’lim texnologiyalari, kolloborativ jarayonni tashkil etuvchi elementar lingvo-metodik texnologiyalar va ularni baholash parametrlarining intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
“4K” tamoyili asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ingliz tilidan samarali o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari asosida o‘quvchilarning leksik ko‘nikmalarini shakllantiruvchi metodikalar orqali kreativ, kolloborativ, kommunikatsion va tanqidiy fikrlashga doir ko‘nikma strategiyalarini rivojlantirish modeliga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasiga oid tadqiqot natijalari asosida:
ingliz tili darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirishda sugGEStopedik dasturiy talablarni hisobga olgan holda faollashtirgan va optimallashtirgan didaktik kompleksni analitik, ijtimoiy-pedagogik, kommunikativ motivlar bilan o‘zlashtirish algoritmini belgilash va lingvistik o‘quv-uslubiy usullarini moslashtiriwshning internal va eksternal identivligini ta’minlashga oid fikrlardan “Pedagogikalıq kompetentlik hám kreativlik” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 879597 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ingliz tili darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirishning lingvodidaktik komponentlari aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “4K” ko‘nikmalarini shakllantirishda ingliz tiliga doir lingvo-uslubiy amallarni integrallashgan elementar mashqlar asosida ta’minlash, bilimlarni o‘zaro bogʻliqligini ko‘rsatuvchi yangi so‘zlarning tovushgrafik motor tasviri, semantik qiyofasi, o‘quv topshiriqlarini Cooperative learning tálim texnologiyasi asosida milliy identiklik va xarakter bilan adaptivliga ustuvorlik berishga oid takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan F3-2016-0908165532-sonli “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va orfografiya qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 25-noyabrdagi 493-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ, tanqidiy fikrlash, kolloborativ, kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ingliz tili darslari orqali o‘quvchilarining “4K” ko‘nikmalarini baholashga doir diagnostik ishlar, kommunikativ va kreativ ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi o‘quv topshiriqlari, tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi muammoli ta’lim texnologiyalari, kolloborativ jarayonni tashkil etuvchi elementar lingvo-metodik texnologiyalar va ularni baholash parametrlarining intensivligini ta’minlashga oid takliflardan “Pedagogikalıq kompetentlik hám kreativlik” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 879597 raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada, til malakalarini integrativ egallash imkonini beruvchi texnologiyalari takomillashtirilgan.
“4K” tamoyili asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ingliz tilidan samarali o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari asosida o‘quvchilarning leksik ko‘nikmalarini shakllantiruvchi metodikalar orqali kreativ, kolloborativ, kommunikatsion va tanqidiy fikrlashga doir ko‘nikma strategiyalarini rivojlantirish modeliga ustuvorlik berishga oid takliflardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Yoshlar TV” telekanalida “Chet tillarni o‘qitishda zamonaviy metodlar” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar TV telekanalining 2025-yil 6-fevraldagi 01/02-159-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llari takomillashtirildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish