Karimova Sevara Shaxriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tabiiy fanni o‘qitishda o‘quvchilarni tabiatni anglash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (1-2 sinf misolida)” 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped5464
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo‘yicha (PhD), dotsent Elmuratova Dilrabo Muhammatovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.91.01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash
Rasmiy opponentlar: Qaraxonova Lobarxon Musoxonovna, P.f.f.d. (PhD), katta ilmiy xodim Shodieva Matluba Jo‘raevna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Tabiiy fanlar”ni o‘qitishda 1-2-sinf o‘quvchilarning tabiatni anglash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini zamonaviy ta’lim shakl, metod va vositalaridan foydalanish asosida takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Tabiiy fanlar”ni o‘qitishda o‘quvchilarning tabiatni anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlar tizimlar, atrof-muhit bilan bog‘liq tabiat hodisalari, tabiatni anglashning dastlabki ilmiy tushunchalari, o‘simlik va hayvonlar, tiriklik komponentlari haqidagi bilimlarni shakllantirish asosida aniqlangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tabiiy fanlar”ni o‘qitishda o‘quvchilarning tabiatni anglash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlari vaziyatlarini tahlil etish, mantiqiy mushohada yuritish, farazlar va voqeliklarni idrok etish hamda o‘z taassurotlarini aniq va lo‘nda bayon etish va amaliy ishlarni mustaqil bajara olish va dalillay olish asosida takomillashtirilgan;
1-2-sinflarda “Tabiiy fanlar”ni o‘qitishda o‘quvchilarda tabiatni anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik modeli ishlab chiqilgan va takomillashtirish asosida ta’limning turli shakl, bosqichlarida jamiyat va atrof olam bilan bog‘liq fikrlarni bayon eta olish, ulardagi anglash ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish hamda tabiatdagi obektlarni amaliy kuzatish va bajarishda faollik ko‘rsatish qobiliyatlarini aniqlash asosida faollashtirilgan;
o‘quvchilarda tabiatni anglash ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodikasi asosida o‘quvchilar faoliyati bevosita va bilvosita kuzatish, hissiy idrok etish, abstrakt tafakkurni qaror topshirishda dalillararo aloqadan foydalanish hamda tabiatshunoslik bilimlarini tizimlashgan holatda qabul qilishga xizmat qiluvchi metod va vositalardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari oshishi vositasida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
“Tabiiy fanlar”ni o‘qitishda o‘quvchilarning tabiatni anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlar tizimlar, materia va energiya, masshtab va o‘lchash shakl va funksiya kontekstlar hamda jonsiz tabiat hodisalari, o‘simlik va hayvonlar to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish asosida aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan; (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-may sanasidagi “232”-sonli buyrug‘i). Natijada o‘quvchilarda materia va energiya, masshtab va o‘lchash shakl va funksiya kontekstlar hamda jonsiz tabiat hodisalari, o‘simlik va hayvonlar to‘g‘risidagi bilimlar shakllangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tabiiy fanlar”ni o‘qitishda o‘quvchilarda tabiatni asrash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli, jamiyat va atrof olam bilan bog‘liq fikrlarni izhor etish, anglash ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich hosil qilish hamda tabiat obektlarini kuzatish topshiriqlarini ishlab chiqishda faollik ko‘rsatish qobiliyatlarini aniqlash asosida faollashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Tabiiy fanlar” elektron platformasi (https://tabiiy.yoshavlod.uz/1-sinf-ushun/1-bob/) mazmuniga singdirilgan; (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-may sanasidagi “232”-sonli buyrug‘i). Natijada o‘quvchilarda jamiyat va atrof olam bilan bog‘liq fikrlarni izhor etish, anglash ko‘nikmalari va tabiat obektlarini kuzatish topshiriqlarini ishlab chiqishda faollik ko‘rsatish qobiliyatlari faollashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tabiiy fanlar”ni o‘qitishda o‘quvchilarni tabiatni anglash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlari vaziyatlarini tahlil etish, mantiqiy mushohada yuritish, farazlar va voqeliklarni idrok etish hamda o‘z taassurotlarini aniq va lo‘nda bayon etish, modellashtirish, induktiv va deduktiv fikrlash layoqatlarini dalillay olish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan.; (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-may sanasidagi “232”-sonli buyrug‘i). Natijada o‘quvchilarda vaziyatlarni tahlil etish, mantiqiy mushohada yuritish, farazlar va voqeliklarni idrok etish, o‘z taassurotlarini aniq va lo‘nda bayon etish, modellashtirish, induktiv va deduktiv fikrlash layoqatlarini dalillay olishlari takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tabiatni anglash ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi o‘quvchilar faoliyatini bevosita va bilvosita kuzatish, hissiy idrok etish, abstrakt tafakkurni qaror topshirishda dalillararo aloqasidan foydalanish hamda tabiatshunoslik bilimlarini tizimlashtirish va ichki aloqalarini o‘rnatish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-may sanasidagi “232”-sonli buyrug‘i). Natijada o‘quvchilarda bevosita va bilvosita kuzatish, hissiy idrok etish, abstrakt tafakkurni qaror topshirishda dalillararo aloqasidan foydalanish hamda tabiatshunoslik bilimlarini tizimlashtirish va ichki aloqalarini o‘rnatishlari takomillashtirilgan.