Raxmatov Odiljon Raxmonberdievichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning information madaniyatini mediasavodxonlik vositasida rivojlantirish texnologiyasi (texnologik ta’lim yo‘nalishi misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7519
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Soliev Ilxom Sobirjonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
Abdullaev Safibullo Xabibullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining informatsion madaniyatini mediasavodxonlik vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining mediasavodxonlik vositasida axborotlar bilan ishlashning tanishuv, reproduktiv va produktiv darajalarini belgilash, infomadaniy komponentlarni (diagnostik-tahlil, qadriyatlar, tashkiliy, bashoratlash, natija) o‘zida mujassamlashtirgan tashkiliy-didaktik parametrlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
mediasavodxonlik vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining informatsion madaniyatini rivojlantirish modelini mediata’lim ko‘magi mazmunini kasbiy faoliyatga vizual integratsiyalash hamda pedagogik ishlab chiqarish sohasiga kasbiy transformatsiyalashning tarkibiy tuzilmasi va funksional talablari uyg‘unligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
mediasavodxonlik vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining informatsion-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlari o‘zaro aloqa tizimlari, motivatsion, intellektual, refleksiv, irodaviy sifatlar, ijtimoiy kontekslar hamda motivatsion-intellektual va amaliy faoliyatli vaziyatlarni kasbiy transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
mediasavodxonlik vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining informatsion madaniyatini rivojlantirish modeli sun’iy intellektga asoslangan virtual aloqani ommalashtirish aspektlariga qaratilgan ta’lim jarayonida foydalanuvchi interfeysini yaratuvchi kvalimetrik parametrlarning prognostik xususiyatlarini mobil dastur, manipulyativ, imperativ, motivatsiyani vujudga keltirish, raqamli texnologiyalariga ustuvorlik berish orqali pedagogik faoliyat modeli innovatsion ta’lim metodlarining pozision imkoniyatlari va dinamik harakatlar tizimi asosida mazmunan boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning information madaniyatini mediasavodxonlik vositasida rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining mediasavodxonlik vositasida axborotlar bilan ishlashning tanishuv, reproduktiv va produkliv darajalarini belgilash, infomadaniy komponentlami (diagnostik-tahlil, qadriyatlar, tashkiliy, bashoratlash, natija) o‘zida mujassamlashtirgan tashkiliy-didaktik parametrlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1 avgustdagi 277-son buyrug‘iga asosan berilgan 277-293 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining raqamli ta’1imdagi axborotlar bilan ishlash komponentlarni aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan.
Mediasavodxonlik vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining informatsion madaniyatini rivojlantirish modelini mediata’lim ko‘magi mazmunini kasbiy faoliyatga vizual integratsiyalash hamda pedagogik ishlab chiqarish sohasiga kasbiy transformatsiyalashning tarkibiy tuzilmasi va funsional talablari uyg‘unligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’1im, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1 avgustdagi 277-son buyrug‘iga asosan berilgan 277-293 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mediasavodxonlik vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining informasion madaniyatini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
Mediasavodxonlik vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining informasion-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlari o‘zaro aloqa tizimlari, motivasion, intellektual, refleksiv, irodaviy sifatlar, ijtimoiy kontekslar hamda motivasion- intellektual va amaliy faoliyatli vaziyatlami kasbiy transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1 avgustdagi 277-son buyrug‘iga asosan berilgan 277-293 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mediasavodxonlik vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining informatsion madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini aniqlashtirish samaradorligi oshgan.
Mediasavodxonlik vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining informatsion madaniyatini rivojlantirish modeli sun’iy intellektga asoslangan virtual aloqani ommalashtirish aspektlariga qaratilgan ta’lim jarayonida foydalanuvchi interfeysini yaratuvchi kvalimetrik parametrlarning prognostik xususiyatlarini mobil dastur, manipulyativ, imperativ, motivatsiyani vujudga keltirish, raqamli texnologiyalariga ustuvorlik berish orqali pedagogik faoliyat modeli innovatsion ta’lim metodlarining pozision imkoniyatlari va dinamik harakatlar tizimi asosida mazmunan boyitilgan ma’1umotlar. “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1 avgustdagi 277-son buyrug‘iga asosan berilgan 277-293 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mediasavodxonlik vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining informatsion madaniyatini rivojlantirishga erishilgan.