Melieva Dilnoza Abdurayimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Preeklampsiya xavfi bo‘lgan bemorlarda pregravidar tayyorlanish va antenatal boshqarishni optimallashtirish», 14.00.01–«Akusherlik va ginekologiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2613.
Ilmiy rahbar: Rasul`-Zade Yulduz Gulyamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc. 04/07.06.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Yaqubova Oltinoy Abduganievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlik asorati xavfi bo‘lgan ayollarda samarali skrining va profilaktika usullarini ishlab chiqish orqali erta preeklampsiyaning uchrash darajasini kamaytirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi sharoitida Andijon viloyatidan olingan katta reprezentativ tanlanmada preeklampsiyaning o‘rtacha tarqalishi 7,3% da uchrashi, onalar yoshining, tug‘ruq paritetining, tana vaznining ortib borishi, shuningdek, anamnezda arterial gipertenziya, metabolik sindrom, qandli diabet, antifosfolipidli sindrom kabi kasalliklar mavjudligi preeklampsiya rivojlanishining yuqori xavf omillari ekanligi va ularning prognostik ahamiyati isbotlangan;
erta va kechki preeklampsiya xavfini baholashda platsentar o‘sish omili (PlGF) konsentratsiyasining kamayishi, eruvchi fms-simon tirozinkinaza-1 (sFlt-1) va kardiolipinga (GPLC), fosfolipidga (GPLF) va leptinga (GPLL) qarshi antitanachalar miqdorining esa ortishi bilan namoyon bo‘luvchi axborotli diagnostik biomarkerlar aniqlangan;
erta va kechki preeklampsiya rivojlanish xavfini prediktiv baholashda onadagi xatar omillari va biofizik ko‘rsatkichlarga asoslangan ikki komponentli skrining samardorligi asoslangan;
erta preeklampsiyaning yuqori xavfi bo‘lgan homilador ayollarning pregestatsion parvarishida qon tomirlar endoteliysini himolovchi va platsentar vaskulyarizatsiyani ta’minlovchi kompleks mikronutrient va antiagreagant profilaktikaga yo‘naltirilgan yondashuvlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Preeklampsiya xavfi bo‘lgan bemorlarda pregravidar tayerlanish va boshqarishni optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona vodiysi sharoitida Andijon viloyatidan olingan katta reprezentativ tanlanmada preeklampsiyaning o‘rtacha tarqalishi 7,3% da uchrashi, onalar yoshining, tug‘ruq paritetining, tana vaznining ortib borishi, shuningdek, anamnezda arterial gipertenziya, metabolik sindrom, qandli diabet, antifosfolipidli sindrom kabi kasalliklar mavjudligi preeklampsiya rivojlanishining yuqori xavf omillari ekanligi va ularning prognostik ahamiyati isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 iyunda 6i-29/u-son bilan tasdiqlangan va «Erta preeklampsiya rivojlanishi uchun xavf omillari bo‘lgan ayollarni xomiladorlikdan oldin tayyorlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Farg‘ona viloyati Furqat tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksining 2024 yil 04 iyuldagi 2889/2024-son va Andijon shaxar 2-tug‘ruq kompleksining 2024 yil 05 avgustdagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/46-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: erta boshlangan preeklampsiya uchun sezilarli xavf omillari aniqlangan ayollarni xomiladorlikdan oldingi tayyorgarlik va antenatal boshqarishning tavsiya etilgan usuli erta preeklampsiya va patogenetik jixatdan bog‘liq bo‘lgan ona va perinatal kasallanish va o‘lim ulushini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya tibbiyot markazi” davlat muassasasining tibbiy xizmat ko‘rsatish narxlari jadvaliga asosan, erta preelampsiyani davolash va aspirin bilan profilaktika qilish uchun har bir bemorga jami 5648638 so‘m sarflanadi. Tadqiqotda birinchi trimestr skriningi va aspirinni qo‘llash asosida erta PE ning tarqalishi joriy amaliyotga asoslangan holda 41 nafarga nisbatan 14 nafarni tashkil etdi. Birinchi trimestrdagi skrining dasturining taxminiy qiymati 79080932 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, PE tashxisi qo‘yish va davolash uchun jami 231594158 so‘m sarflanadi. Bu Andijon viloyati misolida respublika sog‘liqni saqlash tizimida yiliga qariyib 152 million 513 ming 226 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: erta va kechki preeklampsiya xavfini baholashda platsentar o‘sish omilining (PlGF) konsentratsiyasining kamayishi, eruvchi fms-simon tirozinkinaza-1 (sFlt-1) va kardiolipinga (GPLC), fosfolipidga (GPLF) va leptinga (GPLL) qarshi antitanachalar miqdorining esa ortishi bilan namoyon bo‘luvchi axborotli diagnostik biomarkerlar aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 iyunda 6i-29/u-son bilan tasdiqlangan «Leptin markeridan (GPLL) foydalanish asosida erta preeklampsiyani bashorat qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Farg‘ona viloyati Furqat tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksining 2024 yil 04 iyuldagi 2889/2024-son va Andijon shaxar 2-tug‘ruq kompleksining 2024 yil 05 avgustdagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/46-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: preeklampsiyaning biologik markerlari xisoblangan o‘sishning platsentar omili (PlGF), tirozinkinaza-1 ga o‘xshash eruvchan FMSning antiangiogen omili (sFlt-1), autoagressiv proteinlar, kardiolipinga (GPLC), fosfolipidga IgG (GPLF) va leptinga antitanachalarni (GPLL) aniqlash yordamida erta va kech PE rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan xomilador ayollarni aniq tashxislash, shu bilan birga profilaktika va davolash samaradorligini 30% ga oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: leptin markeridan foydalangan xolda PE rivojlanishini bashorat qilish usuli erta PE rivojlanishini oldini olish imkoniyatini beradi va sog‘liqni saqlash tizimida yiliga qariyib 152 million 513 ming 226 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: erta va kechki preeklampsiya rivojlanish xavfini prediktiv baholashda onadagi xatar omillari va biofizik ko‘rsatkichlarga asoslangan ikki komponentli skrining samardorligi asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 iyunda 6i-29/u-son bilan tasdiqlangan va «Erta preeklampsiya rivojlanishi uchun xavf omillari bo‘lgan ayollarni xomiladorlikdan oldin tayyorlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Farg‘ona viloyati Furqat tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksining 2024 yil 04 iyuldagi 2889/2024-son va Andijon shaxar 2-tug‘ruq kompleksining 2024 yil 5 avgustdagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/46-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: erta boshlangan PE xavfining jiddiy omillari aniqlangan ayollarni pregestatsion tayyorlash va antenatal kuzatishning taklif etilgan usuli erta preeklampsiya ulushini hamda u bilan patogenetik bog‘liq bo‘lgan onalik va perinataal kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: erta va kech preeklampsiya rivojlanishining taklif etilgan ikki komponentli skrining usuli ona va chaqaloqda preeklampsiya va uning asosratlarini davolashga sarflanadigan davlat byudjetining 5.648.638 so‘mini iqtisod qilish imkonini yartdi. Xulosa: erta va kech preeklampsiyani bashoratlash uchun onaga bog‘liq va biokimyoviy omillarni o‘z ichiga olgan ikki komponentli skrining uchun tibbiy xizmatlar preyskurantiga ko‘ra jami 231 mln 594 ming 158 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, tatbiq ko‘lami bo‘yicha (Andijon viloyati misolida) xarajatlarni tejash orqali har bir ayol uchun jami yiliga 5 mln 648 ming 638 so‘m, jami 79 mln 80 ming 932 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish ikonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: erta preeklampsiyaning yuqori xavfi bo‘lgan homilador ayollarning pregestatsion parvarishida qon tomirlar endoteliysini himolovchi va platsentar vaskulyarizatsiyani ta’minlovchi kompleks mikronutrient va antiagreagant profilaktikaga yo‘naltirilgan yondashuvlar ishlab chiqilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 iyunda 6i-29/u-son bilan tasdiqlangan «Leptin markeridan (GPLL) foydalanish asosida erta preeklampsiyani bashorat qilish usuli» va «Erta preeklampsiya rivojlanishi uchun xavf omillari bo‘lgan ayollarni xomiladorlikdan oldin tayyorlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Farg‘ona viloyati Furqat tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksining 2024 yil 04 iyuldagi 2889/2024-son va Andijon shaxar 2-tug‘ruq kompleksining 2024 yil 05 avgustdagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/46-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: erta PE ehtimoli yuqori bo‘lgan homilador ayollarda ikki bosqichli skrining orqali PE ning yuqori xavfini erta aniqlash, kam dozada aspirin (sutkada 150 mg), metafolin folati va Omega-3 yarim to‘yintirilgan yog‘ kislotlarini buyurish orqali erta preventiv choralarni qo‘llash erta PE ning rivojlanish chastotasini qisqartirish va homiladorlarning hayot sifatini oshirish, fetal asoratlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: erta PE ni davolash va aspirin bilan profilaktika qilish uchun har bir bemorga jami 5648638 so‘m sarflanadi. Tadqiqotda birinchi trimestr skriningi va aspirinni qo‘llash asosida erta PE ning tarqalishi joriy amaliyotga asoslangan holda anqlangan 41 nafar ayolga nisbatan 14 nafarni tashkil etdi. Bu esa birinchi trimestrdagi skrining dasturining taxminiy umumiy qiymati 79080932 so‘m deb xisoblansa, PE tashxisi qo‘yish va davolash uchun 231594158 so‘m sarflanadi. Xar bir PE ni boshlanishi bashorat qilingan ayollardan byudjet xisobidan jami 5648638 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi.