Majidova Dilnoza Bahromovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish jarayonlari samaradorligini oshirishning ekonometrik modellari (Surxondaryo viloyati misolida)”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4857
Ilmiy rahbar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxanov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataev Jasur Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish jarayonlari samaradorligini oshirishning ekonometrik modellarini tuzish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavotchilik klasterlari ishlab chiqarish faoliuatining samaradorligi baholash ko‘rsatkichlarining juda yuqori, yuqori, o‘rta, past, juda past o‘rtacha qiymatlari chegaralari ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyati meva-sabzavot mahsulotlari hosildorlik dinamikasining polinom modellari eksponensial o‘rtacha va moslashuvchan qiymatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
Surxondaryo viloyatidagi meva-sabzavot etishtirib beruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarida mahsulot narxining o‘sishi ishlab chiqarish hajmi o‘sishiga ta’sirining ) o‘rtacha davomiyligi baholashning ekonometrik modellari taklif etilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari etishtirishning 2028-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish jarayonlari samaradorligini oshirishning ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
meva-sabzavotchilik klasterlari ishlab chiqarish faoliuatining samaradorligi baholash ko‘rsatkichlarining juda yuqori, yuqori, o‘rta, past, juda past, o‘rtacha qiymatlari chegaralari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 19-iyundagi “Viloyat tumanlarida 2024-yilda ertaki ekinlar va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda takroriy ekinlarni ekish orqali aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishni tashkil qilish va talab etiladigan moddiy-texnik resurslarini o‘z muddatida etkazib berish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 471-8-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 14-martdagi 07-07/629-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida viloyat qishloq xo‘jaligi meva-sabzavotchilikka ixtisoslash klasterlarining samaradorlik darajasi 1,38 barobarga oshgani aniqlandi hamda viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasida yalpi hududiy mahsuloti hajmi 2024-yilda (20 911,5 mlrd. so‘m) 2023-yilga (19 166,8 mlrd. so‘m) nisbatan 109 foizga yuqori bo‘lishi imkoniyatini yaratgan;
Surxondaryo viloyati meva-sabzavot mahsulotlari hosildorlik dinamikasining polinom modellari eksponensial o‘rtacha va moslashuvchan qiymatlarini hisobga olgan holda taklif etilgan ekonometrik modellari Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligi erlarni hamda yangidan o‘zlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 14-martdagi 07-07/629-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Surxondaryo viloyati agrar tarmog‘ida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashning axborot texnologiyalari va integral ko‘rsatkichlar tizimini qo‘llash imkoni kengaytirilgan, hamda viloyat qishloq xo‘jaligida sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, ekologik va organik dehqonchilikni rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
Surxondaryo viloyatidagi meva-sabzavot etishtirib beruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarida mahsulot narxining o‘sishi ishlab chiqarish hajmi o‘sishiga ta’sirining ) o‘rtacha davomiyligi baholashning ekonometrik modellari bo‘yicha taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligi erlarni hamda yangidan o‘zlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 14-martdagi 07-07/629-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Surxondaryo viloyati agrar tarmog‘ida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun yangi ishlov berish texnologiyalarini qo‘llash 14 foizga, transport va saqlash samaradorligini 12 foizga, mahsulotlari diversifikatsiyasini 7 foizga, mahsulotning narxi va eksport imkoniyatlarini 14-15 foizga oshirish imkoniyatini bergan;
meva-sabzavot mahsulotlari etishtirishning 2028-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz natijalari bo‘yicha taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2023-yil 20-oktyabrdagi “2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 531-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 14-martdagi 07-07/629-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif natijalaridan Surxondaryo viloyatidagi meva va sabzavot mahsulotlari etishtirishning 2028-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yoʻnalishini belgilab olishga imkoniyat yaratgan.