Sattarov Ilxom Achilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar sohasida byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2781
Ilmiy rahbar: Kalonov Muxiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurmanov Ulug‘bek Anorbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Raqamli texnologiyalar sohasida byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet mablag‘laridan foydalanish natijalarini va rejalashtirish haqiqiyligini nazorat qilishni ta’minlovchi “Natijadorlikka yo‘naltirilgan byudjet” dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etish orqali byudjet xarajatlarini samaradorligini oshirish va mablag‘larning maqsadli ishlatilishining natijaviyligi ta’minlash asoslangan;
Raqamli texnologiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, funksional vazifa va majburiyatlarning samarali bajarilishini ta’minlovchi me’yorlardan kelib chiqqan holda boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan sonini belgilash orqali raqamli texnologiyalar sohasida byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizini kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirish taklifi asoslangan;
ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan loyiha uchun bevosita mas’ul xodimlarni moddiy rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish bo‘yicha taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli texnologiyalar sohasida byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
byudjet mablag‘laridan foydalanish natijalarini va rejalashtirish haqiqiyligini nazorat qilishni ta’minlovchi “Natijadorlikka yo‘naltirilgan byudjet” dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etish orqali byudjet xarajatlarini samaradorligini oshirish va mablag‘larning maqsadli ishlatilishining natijaviyligi ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 30 dekabrdagi PQ–471-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 21 sentyabrdagi 15-8/6440-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida “Natijadorlikka yo‘naltirilgan byudjet” tizimini joriy etilishi byudjet xarajatlarini samaradorligini oshirish va mablag‘larni maqsadli ishlatilishining natijaviyligi ta’minlash imkoni yaratilgan;
Raqamli texnologiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, funksional vazifa va majburiyatlarning samarali bajarilishini ta’minlovchi me’yorlardan kelib chiqqan holda boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan sonini belgilash orqali raqamli texnologiyalar sohasida byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi PF–14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 21 sentyabrdagi 15-8/6440-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2023 yil 1 yanvar` holatiga 238 shtat birligi bo‘lgan bo‘lsa, 2023 yil 1 fevraldan 173 shtat birligidagi xodimlarning faoliyat yuritishi, ya’ni 65 shtat birligini qisqartirish imkoni yaratilgan;
davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizini kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi PF–6300-son “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 21 sentyabrdagi 15-8/6440-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida o‘tkazilgan ichki audit natijalarini “Davlat auditi” dasturiy kompleksida aks ettirib borish va auditning natijaviyligi nazorat qilish imkoni yaratilgan;
ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan loyiha uchun bevosita mas’ul xodimlarni moddiy rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi PF–76-son “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 21 sentyabrdagi 15-8/6440-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida raqamlashtirish asosida katta miqdorda mablag‘ni iqtisod qilish va xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yaxshilash, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishning samaradorligi oshirish imkoni yaratilgan.