Masharipova Shaxlo Adambaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida pul oqimlarini boshqarishni takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt36.
Ilmiy rahbar: Iminov Odil Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aksiyadorlik jamiyatlari pul oqimlarini boshqarishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pul mablag‘lari harakati byudjeti va to‘lov balansi majmuasini ta’minlovchi «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati guruhida yagona pul bazasi» hujjatini shakllantirish orqali pul oqimlarini rejalashtirish va prognozlashtirish tizimi takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida pul mablag‘lari tushumi va uning sarflanishi ustidan monitoring tizimini o‘rnatish asosida pul oqimlarini samarali boshqarish mexanizmlari takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining barcha faoliyat turlari bo‘yicha pul oqimlari hajmini ko‘paytirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga olib keluvchi aktivlar ulushini oshirishga yo‘naltirilgan takliflar ishlab chiqilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari pul oqimlarini boshqarish institutsional asosining zamonaviy modeli hisoblangan G‘aznachilik xizmatini joriy etish mexanizmi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aksiyadorlik jamiyatlarida pul oqimlarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pul mablag‘lari harakati byudjeti va to‘lov balansi majmuasini ta’minlovchi «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati guruhida yagona pul bazasi» tushunchasi asosidagi hujjatni shakllantirish taklifi aksiyadorlik jamiyati faoliyatida joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 24 apreldagi 12-1690/P-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qo‘llanilishi aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarda pul muomalasini tezlashtirishga, ularning pul oqimlarini boshqarish samaradorligini ta’minlashga va aksiyadorlik jamiyatining to‘lov qobiliyatini oshirishga imkon bergan;
aksiyadorlik jamiyatlarida pul oqimlarini samarali boshqarishning takomillashtirilgan mexanizmlaridan foydalanish taklifi aksiyadorlik jamiyati faoliyatida joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 24 apreldagi 12-1690/P-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida pul mablag‘lari tushumi va sarflanishi ustidan samarali monitoring tizimini o‘rnatish asosida pul oqimlarini samarali boshqarish imkoni yaratilgan;
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatida aktivlar ulushini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif aksiyadorlik jamiyati faoliyatida joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 11 oktyabrdagi 04/3644-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi aksiyadorlik jamiyatlari barcha faoliyat turlaridan pul oqimlari hajmini ko‘paytirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash imkonini bergan;
aksiyadorlik jamiyatlari pul oqimlarini boshqarish institutsional asosining zamonaviy modeli hisoblangan g‘aznachilik xizmatini joriy etish taklifi aksiyadorlik jamiyati faoliyatida joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 11 oktyabrdagi 04/3644-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi qo‘shimcha daromad olish, korxonaning to‘lov qobiliyatini oshirish, daromadlilikni yo‘qotmagan holda yirik to‘lovlar uchun zarur pul mablag‘larini jamlash imkonini bergan.