Mirxamidova Nargiza Abduraxmon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nevrologik kasalliklarga chalingan ayollarda jinsiy disfunksiyani reabilitatsiya qilish dasturlariga dalillarga asoslangan yondashuvlar», 14.00.12-Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2757.
Ilmiy rahbar: Usmanxodjaeva Adibaxon Amirsaidovna, tibbiyot fonlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/31.10.2024.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xadjimetov Abdugafur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ivanova Irina Ivanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Astana tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: nevrologik buzilishlari bo‘lgan ayollarda jinsiy disfunksiyalarni baholashning solishtirma tahlilini o‘tkazish va reabilitatsiya dasturlarini takomilashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nevrologik kasalliklari bo‘lgan ayollarda jinsiy disfunksiyalarni  tashhislashda qo‘llanilgan (FIM, FSFI, FSDS-R, SQoL-F, MOS) surovnomalar natijalari bilan piramidal etishmovchiligi, muvozanat va sezuvchanlik buzilishlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik  aniqlangan;
nevrologik kasalliklari bo‘lgan ayollarda jinsiy disfunsiyalarni davolashda multidissiplinar yondashuvlar ilmiy asoslangan va  takomillashtirilgan reabilitatsiya dasturi  ishlab chiqilgan;
nevrologik kasalliklari bo‘lgan ayollarda jinsiy disfunksiya darajasi bilan jinsiy funksiya, jinsiy distress darajasi, funksional mustaqillik, hayot sifati va chanoq tubi mushaklari kuchi kabi ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan.
jinsiy disfunksiyalari bo‘lgan bemorlarda kompleks reabilitatsiya qilish  chora-tadbirlari doirasida biologik qayta aloqa uslubiyati, teri osti tibial nerv stimulyasiyasi ruhiy-jinsiy davolash maxsus dasturi bilan birgalikda qo‘llanilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Nevrologik kasalliklarga chalingan aellarda jinsiy disfunksiyani reabilitatsiya qilish dasturlariga dalillarga asoslangan endashuvlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: nevrologik kasalliklari bo‘lgan ayollarda jinsiy disfunksiyalarni  tashhislashda qo‘llanilgan (FIM, FSFI, FSDS-R, SQoL-F, MOS) surovnomalar natijalari bilan piramidal etishmovchiligi, muvozanat va sezuvchanlik buzilishlari o‘rtasida korrelision bog‘liqlik  aniqlangan. Bu bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi ekspert kengashning 2024 yil  21 iyundagi 06-24/339-t - son bilan tasdiqlangan “Algoritm reabilitatsionnix meropriyatiy seksual`nix disfunksiy u jenshhin s nevrologicheskimi rasstroystvami” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 2-sonli shahar klinik shifoxonasida 2024-yil 29-iyuldagi 36-son buyruq bilan va Toshkent viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida 2024-yil 23-iyuldagi 35/1-d-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: nevrologik buzilishlarga ega ayollarda jinsiy disfunksiyalarni erta tashxislash, bemorlarning davolanish muddatini qisqartirish, psixologik stressni kamaytirish orqali hayot sifatini yaxshilab, oilaviy va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash imkonini berganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: joriy qilingan tadqiqot natijalari nevrologik buzilishlarga ega ayollarda jinsiy disfunksiyalarni reabilitatsiya qilishda uzoq muddatli davolanishiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga va shifoxonada davolanish jarayonini qisqarishiga yordam bergan. Bu esa har bir bemor uchun iqtisodiy samaradorlikni yiliga o‘rtacha 4030820 so‘mga oshirgan va ayollarning 25% gacha mehnat qobiliyatini tiklashi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bilan bog‘liq iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: nevrologik kasalliklari bo‘lgan ayollarda jinsiy disfunsiyalarni davolashda multidissiplinar yondashuvlar ilmiy asoslangan va  takomillashtirilgan reabilitatsiya dasturi  ishlab chiqilgan. Bu bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi ekspert kengashning 2024 yil  21 iyundagi 06-24/339-t - son bilan tasdiqlangan “Algoritm reabilitatsionnix meropriyatiy seksual`nix disfunksiy u jenshhin s nevrologicheskimi rasstroystvami” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 2-sonli shahar klinik shifoxonasida 2024-yil 29-iyuldagi 36-son buyruq bilan va Toshkent viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida 2024-yil 23-iyuldagi 35/1-d-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mutaxassislarning integratsiyalangan hamkorligi bemorlarning holatini kompleks ravishda yaxshilashga yordam bergan, bu esa ishdan chetlashgan kunlar sonining qisqarishi va hayotdan mamnunlik darajasining oshishi bilan ifodalangan. Jinsiy funksiyalarning va umumiy psixoemotsional holatning yaxshilanishi bemorlarning ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tezroq qaytishlariga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: integratsiyalangan yondashuv reabilitatsiya tadbirlarining davomiyligi va qiymatini qisqartirib, davolash samaradorligini oshirgan, bu esa bir bemor uchun yillik xarajatlarni 7864000 so‘mdan taxminan 3750000 so‘mgacha kamaytirish imkoniyatini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: nevrologik kasalliklari bo‘lgan ayollarda jinsiy disfunksiya darajasi bilan jinsiy funksiya, jinsiy distress darajasi, funksional mustaqillik, hayot sifati va chanoq tubi mushaklari kuchi kabi ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan. Bu bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi ekspert kengashning 2024 yil 21 iyundagi 06-24/339-t - son bilan tasdiqlangan “Algoritm reabilitatsionnix meropriyatiy seksual`nix disfunksiy u jenshhin s nevrologicheskimi rasstroystvami” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 2-sonli shahar klinik shifoxonasida 2024-yil 29-iyuldagi 36-son buyruq bilan va Toshkent viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida 2024-yil 23-iyuldagi 35/1-d-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Aniq tashxis asosidagi individuallashgan yondashuv reabilitatsiya dasturlarini shakllanishiga yordam bergan, bu esa bemorlarning hayot sifatini ko‘tarishga(40%gacha), funksional mustaqillikni oshirishga 15%) va psixoemotsional holatni yaxshilashga (30%gacha) ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu o‘z navbatida ijtimoiy moslashuv va jamiyatga integratsiyani yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning umumiy holatni aniq baholash resurslarni samarali taqsimlash va optimal davolash choralarini belgilash imkonini bergan, bu esa reabilitatsiya xarajatlarini qisqartirishga olib kelgan. Ushbu metodni qo‘llash standart sxemalarda mavjud bo‘lgan ortiqcha xarajatlarning oldini olgan va byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni ta’minlagan, natijada har bir bemor uchun yillik xarajatlar 52,3% (4 114 000 so‘m) gacha kamaygan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jinsiy disfunksiyalari bo‘lgan bemorlarda kompleks reabilitatsiya qilish  chora-tadbirlari doirasida biologik qayta aloqa uslubiyati, teri osti tibial nerv stimulyasiyasi ruhiy-jinsiy davolash maxsus dasturi bilan birgalikda qo‘llanilishi asoslangan. Bu bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi ekspert kengashning 2024 yil 21 iyundagi 06-24/339-t-son bilan tasdiqlangan “Algoritm reabilitatsionnix meropriyatiy seksual`nix disfunksiy u jenshhin s nevrologicheskimi rasstroystvami” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 2-sonli shahar klinik shifoxonasida 2024-yil 29-iyuldagi 36-son buyruq bilan va Toshkent viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida 2024-yil 23-iyuldagi 35/1-d-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilingan tadqiqot natijalari orqali bemorlarning jinsiy funksiyalari barqaror ravishda yaxshilanishiga, depressiya darajasi sezilarli pasayishiga, bu esa ayollarning shaxsiy holatini yaxshilab, ularning oilaviy va jamiyatdosh munosabatlarini mustahkamlash imkonini berganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorlik: yangi algoritm bo‘yicha reabilitatsiya davolash jarayonining tezlashishi va terapevtik effektning barqarorligi sababli, davolash xarajatlari qisqargan. Eksperimental guruhda bir bemor uchun yillik xarajatlar 3750000 sumgacha kamaygan, bu esa ushbu algoritmning sog‘liqni saqlash sohasidagi xarajatlarni optimallashtirishda yuqori potensialga ega ekanligini tasdiqlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish