Djumayozov Umidjon Zafarjonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): Elastiklik nazariyasining deformatsiyalarga nisbatan matematik va sonli modellari, 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T788.
Ilmiy maslahatchi: Xaldjigitov Abduvali Abdisamadovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Abdivali Shukurovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Abirov Rustam Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Djaykov Gafur Muratbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi obektlarning mustahkamlik zaxiralarini yuqori aniqlikda hisoblash uchun deformatsiyalarga nisbatan elastiklik va termoelastiklik nazariyasining chegaraviy masalalarini sonli usulda echishga mo‘ljallangan matematik modellar, samarali hisoblash algoritmlari va dasturiy ta’minotlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Taqdiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elastiklik nazariyasining statik masalalari deformatsiyalarning birgalikda bo‘lish sharti asosida deformatsiyalarga nisbatan matematik model tenglamalari ishlab chiqilgan;
elastiklik nazariyasining dinamik (tekis va fazoviy) masalalari Sen-Venan shartini hisobga olgan holda deformatsiyalarga nisbatan matematik model tenglamalari ishlab chiqilgan;
ikki va uch o‘lchovli termoelastik chegaraviy masalalar deformatsiya tenzori komponentalariga nisbatan Puasson tenglamalari sistemasiga keltirilgan;
bog‘langan termoelastik nazariyasining dinamik chegaraviy masalalari Sen-Venan sharti asosida deformatsiya hamda haroratga nisbatan matematik model tenglamalari ishlab chiqilgan;
elastik, termoelastik nazariyalarining bog‘langan hamda bog‘lanmagan chegaraviy masalalari deformatsiyalarga nisbatan ikki va uch o‘lchovli chekli-ayirmali tenglamalari taklif etilgan;
deformatsiyalarda elastiklik, termoelastiklik nazariyasining statik va dinamik bog‘langan hamda bog‘lanmagan masalalarini echish uchun sonli algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Deformatsiyalanish jarayonini ifodalovchi yangi matematik va sonli modellar hamda dasturiy majmua ishlab chiqish asosida:
elastik va termoelastik nazariyasining deformatsiyalanish jarayonini ifodalovchi matematik model tenglamalar asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua “O‘zbektelekom” AJ Samarqand filialida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 21-maydagi 33-8/3325-sonli ma’lumotnomasi). Natijada plastinasimon yupqa elementning geometrik, mexanik va termomexanik parametrlarini aniqroq hisoblash, nostatsionar elektrodinamik kuchlar ta’sirida plitaning mustahkamligini 7-10% ga oshishiga, vaqt va mehnat sarfini 10-14% ga kamaytirish imkonini bergan;
elastik va termoelastik nazariyasining deformatsiyalarga nisbatan tekis va fazoviy masalalarini sonli echish yordamida ishlab chiqilgan dasturiy majmua “UNICON SOFT” MChJ Samarqand filialida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 21-maydagi 33-8/3325-sonli ma’lumotnomasi). Natijada token qurilmalarini ishlab chiqishda turli ta’sirlar ostidagi deformatsiya va kuchlanishning taqsimlanishini aniqlash, optimal elastiklikka ega bo‘lgan mustahkam materialni tanlash, qurilmalar konstruksiyasining kuchlanish va deformatsiyaga chidamliligini hisoblash asosida materialning mustahkamligi 5-8% ga ortishiga hamda mehnat va xarajat sarfini 8-10% ga kamaytirish imkonini bergan;
jismlarning mexanik va termik faktorlar asosida deformatsiyalanish jarayonini ifodalovchi sonli modellar va dasturiy majmua “ARXPROEKT” MChJ, “ZARKAMRUS QURILISh LOYIXA” MChJ, “BINO INShOOT ME’MOR” MChJ, “MD GROUP” MChJ qurilish tashkilotlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 21-maydagi 33-8/3325-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi mehnat unumdorligini 10-12% ga oshirish va xarajatlarni 8-10% ga kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish