Batirov Bexzod Amindjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin bo‘shlig‘i simultan patologiyasini endovideoxirurgik texnologiyalar yordamida davolashni klinik asoslash», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4333.
Ilmiy rahbar: Babajanov Axmadjon Sultanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Shonazarov Iskandar Shonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
qorin bo‘shlig‘ining bir vaqtdagi patologiyalarida endovideo-jarrohlik texnologiyalarini qo‘llash orqali simultan operatsiyalar natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
surunkali kalkulyoz xolesistit bilan kasallangan bemorlarda bir vaqtdagi jarrohlik patologiyasining nozologik tuzilmasi va klinik-tipologik variantlari aniqlandi, qorin devorining churralari, ayollarda esa kichik tanosil a’zolari patologiyasining ustunligi hamda Charlson indeksi bo‘yicha yuqori darajadagi komorbidlik mavjudligi aniqlangan;
laparoskopik texnikadan foydalangan holda surunkali kalkulyoz xolesistit bilan kasallangan bemorlarda bir vaqtdagi qorin bo‘shlig‘i patologiyasining turi va joylashuviga qarab simultan operatsiyalarning taktik-texnik jihatlari va ularni amalga oshirish ketma-ketligi optimallashtirilgan;
jarrohlik stressi gormonal komponentlarining dinamikasini o‘rganishga asoslangan simultan operatsiyalarning travmatikligini aniqlaydigan shkala taklif etildi va laparoskopik simultan operatsiyalarda jarrohlik kirishining minimal invaziya darajasi isbotlangan;
laparoskopik simultan operatsiyalarning klinik samaradorligi jismoniy faollikning erta tiklanishi, og‘riq sindromining kamayishi, Clavin-Dindo tizimi bo‘yicha operatsiyadan keyingi asoratlar soni va darajasining pasayishi hamda reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qorin bo‘shlig‘i simultan patologiyasini endovideoxirurgik texnologiyalar yordamida davolashni klinik asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 13.11.2024 y. 08/52-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: surunkali kalkulyoz xolesistit bilan kasallangan bemorlarda bir vaqtdagi jarrohlik patologiyasining nozologik tuzilmasi va klinik-tipologik variantlari aniqlandi, qorin devorining churralari, ayollarda esa kichik tanosil a’zolari patologiyasining ustunligi hamda Charlson indeksi bo‘yicha yuqori darajadagi komorbidlik mavjudligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3819-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 16.10.2024 y. 376-U-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: simultan operatsiyalarni amalga oshirish bemorni bir vaqtda anesteziologik va jarrohlik yordami doirasida davolash imkonini beradi, shu bilan birga «yozilmagan» va «asimptomatik» bir vaqtdagi patologiyaning klinik variantlari (45,2% gacha) bemorlarni operatsiyagacha chuqur tekshiruvdan o‘tkazishni talab qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali kalkulyoz xolesistit bilan kasallangan bemorlarda bir vaqtdagi jarrohlik aralashuvi doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 8-10 kun uchun 2 841 320 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 955 200 so‘m sarflanadi. laparoskopik yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 2 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 1 125 500 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: Surunkali kalkulyoz xolesistit bilan kasallangan bemorlarda bir vaqtdagi jarrohlik patologiyasining nozologik tuzilmasiga ko‘ra ventral churralar ustunlik qiladi – 47,1%, ayollarda esa kichik tanosil a’zolari patologiyasi ham (19,8%) kuzatiladi. Klinik holat yuqori darajadagi komorbidlik bilan xarakterlanadi – 67,1%. Shu bilan birga, qorin bo‘shlig‘i patologiyasining klinik-tipologik variantlari ajratildi: «tipik» (54,8%), «yozilmagan» (19,7%) va «asimptomatik» (25,4%).
ikkinchi ilmiy yangilik: laparoskopik texnikadan foydalangan holda surunkali kalkulyoz xolesistit bilan kasallangan bemorlarda bir vaqtdagi qorin bo‘shlig‘i patologiyasining turi va joylashuviga qarab simultan operatsiyalarning taktik-texnik jihatlari va ularni amalga oshirish ketma-ketligi optimallashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3819-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 16.10.2024 y. 376-U-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endovideo-jarrohlik texnologiyalari patologiyaga uchragan organlarning bir-biridan ancha uzoq joylashgan holatda simultan qorin bo‘shlig‘i patologiyalarini minimal qon yo‘qotish bilan (1,6 martagacha) davolash imkonini beradi va operatsiyaning umumiy davomiyligini sezilarli darajada uzaytirmaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: laparoskopik texnikadan foydalangan holda surunkali kalkulyoz xolesistit bilan kasallangan bemorlarda miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish natijasida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5 258 400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Laparoskopik simultan operatsiyalar aseptika qoidalariga rioya qilgan holda va soddadan murakkabga tamoyiliga asoslanib o‘tkazilishi kerak, qorin devorining plastikasi operatsiyaning yakuniy bosqichida bajariladi. Laparoskopik simultan operatsiyalar davomiyligi an’anaviy operatsiyalardan 1,2 marta uzunroq (137,5±6,7 daqiqa va 117,2±6,1 daqiqa mos ravishda) p˂ 0.01), ammo intraoperatsion qon yo‘qotish hajmi 1,6 marta kam bo‘lgan (171,1±4,2 ml va 264,2±4,0 ml mos ravishda) p˂ 0.01). 
uchinchi ilmiy yangilik: jarrohlik stressi gormonal komponentlarining dinamikasini o‘rganishga asoslangan simultan operatsiyalarning travmatikligini aniqlaydigan shkala taklif etildi va laparoskopik simultan operatsiyalarda jarrohlik kirishining minimal invaziya darajasi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3819-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 16.10.2024 y. 376-U-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: laparoskopik simultan operatsiyalarning gormonal komponentlar asosida jarrohlik stressi ko‘rsatkichlari bo‘yicha xavfsizligi isbotlangan, bu an’anaviy kirish orqali bajariladigan aralashuvlardan farq qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: laparoskopik simultan operatsiyalarning gormonal komponentlar asosida operatsiyasidan keyingi davrda odatda umumiy o‘rtacha 1 364 300 so‘m sarflanadi. Xulosa: Simultan operatsiyalarda jarrohlik agressiyasining darajasi neyrogumoral ko‘rsatkichlar (dofamin, adrenalin, noradrenalin, β-endorfin biokimyoviy o‘zgarishlari dinamikasi) asosida endovideo-jarrohlikning samaradorligini isbotlaydi. Laparoskopik simultan operatsiyalarda 89,5% holatda past darajadagi travmatiklik, 10,5% holatda o‘rta darajadagi travmatiklik qayd etilgan (p˂ 0.01), ochiq simultan operatsiyalarda esa 85,9% holatda yuqori darajadagi travmatiklik kuzatilgan (p˂ 0.01).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: laparoskopik simultan operatsiyalarning klinik samaradorligi jismoniy faollikning erta tiklanishi, og‘riq sindromining kamayishi, Clavin-Dindo tizimi bo‘yicha operatsiyadan keyingi asoratlar soni va darajasining pasayishi hamda reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3819-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 16.10.2024 y. 376-U-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: endovideo-jarrohlik texnologiyalarini qo‘llagan holda bir vaqtdagi qorin bo‘shlig‘i patologiyalarini jarrohlik yo‘li bilan tuzatishning taktik-texnik jihatlari taklif qilingan, bu operatsiyadan keyingi asoratlar xavfi va og‘irlik darajasini kamaytirishga hamda jarrohlik statsionarining ishini klinik va iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan optimallashtirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4 257 400 so‘m  sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: Endovideo-jarrohlik texnologiyalarini qo‘llagan holda simultan operatsiyalar Clavin-Dindo I va II darajadagi operatsiyadan keyingi asoratlarni 14,5% dan 4,9% gacha, III va IV darajalarni esa 3,6% dan 1,0% gacha kamaytirish orqali bir vaqtdagi patologiyalarning jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashga imkon beradi (p˂ 0.01). Klinik samaradorlik og‘riq sindromini kamaytirish, jismoniy faollikning erta tiklanishi va statsionarda qolish davomiyligini 3,8 marta qisqartirish (LSOVda 2,8±0,4 kun, TSOVda 7,9±1,6 kun) (p˂ 0.001) orqali tasdiqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish