Jalilov Jamshid G‘anijonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Sanoat korxonalari marketing faoliyatida motivatsiya usullaridan foydalanishni takomillashtirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt300.

Ilmiy rahbar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Bekmurodov Adham Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: engilsanoat korxonalari marketing faoliyatida motivatsiya usullaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

engil sanoat korxonalarida faoliyat yurituvchi marketologlarni samarali ishlashga undaydigan moddiy motivatsiya usuli mahsulot sotish hajmini oshirish, yangi mijozlar sonini ko‘paytirish va mijozlarning qoniqish darajasini oshirish ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;

engil sanoat korxonalari mahsulotlarini sotib oluvchi vositachilarga yo‘naltirilgan moliyaviy motivatsiya usuli «vaucher», xarid hajmiga nisbatan differensiallangan pul mukofotlari va yutuqli aksiyalar taqdim qilish asosida takomillashtirilgan;

iste’molchilarni xarid faolligini oshirishga undovchi iqtisodiy motivatsiya usuli «cotish hajmini oshirish uchun aqlli g‘oya» hamda «aqlli iste’molchilar» rag‘batlantiruvchi marketing dasturi asosida takomillashtirilgan;

engil sanoat korxonalari mahsulotlari sotish hajmini oshirish tarmoqli marketingning intensiv, eksklyuziv hamda saylanma sotish kanallaridan samarali foydalanish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Sanoat korxonalari marketing faoliyatida motivatsiya usullaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

engil sanoat korxonalarida faoliyat yurituvchi marketologlarni samarali ishlashga undaydigan, mahsulot sotish hajmini oshirish, yangi mijozlar sonini ko‘paytirish va mijozlarning qoniqish darajasini oshirish indikatorlari asosida takomillashtirilgan moddiy motivatsiya usuli «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi «Shofirkon Ekvatorial Teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati  faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 19 apreldagi DM-171-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar natijasida korxonaning mahsulot sotish hajmi 2018 yilning birinchi choragida 2017 yilning shu davriga nisbatan 7,1 foizga oshishi ta’minlangan;

engil sanoat korxonalari mahsulotlarini sotib oluvchi vositachilarga yo‘naltirilgan, «vaucher», xarid hajmiga nisbatan differensiallangan pul mukofotlari va yutuqli aksiyalar taqdim qilish asosida takomillashtirilgan moliyaviy motivatsiya usuli «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi «Merganteks» mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 19 apreldagi DM-171-son ma’lumotnomasi). Mazkur motivatsiya usuli natijasida korxonaning mahsulot sotish hajmi 2018 yilning birinchi choragida 2017 yilning shu davriga nisbatan 12 foizga oshishi ta’minlangan;

iste’molchilarni xarid faolligini oshirishga undovchi «cotish hajmini oshirish uchun aqlli g‘oya» hamda «aqlli iste’molchilar»  rag‘batlantiruvchi marketing dasturi asosida takomillashtirilgan iqtisodiy motivatsiya usuli «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi «Buxoro comfort tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 19 apreldagi DM-171-son ma’lumotnomasi). Ushbu motivatsiya usuli  natiijasida mahsulot sotish hajmi 2018 yilning birinchi choragida 2017 yilning shu davriga nisbatan 8,5 foizga oshishi ta’minlangan;

engil sanoat korxonalari mahsulotlari sotish hajmini oshirishda tarmoqli marketingning intensiv, eksklyuziv hamda saylanma sotish kanallaridan samarali foydalanish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi «Sharofat invest teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 19 apreldagi DM-171-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar natijasida 2018 yilning birinchi choragida 7,8 ming AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha mahsulot eksport qilinishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish