Ergasheva Maftunaxon Avazbekovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Tarixiy bilimlar asosida talabalarning ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini takomillashtirish metodikasi (“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani misolida)”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8382
Ilmiy rahbar: Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Botirova Sevara Mamurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixiy bilimlar asosida talabalarning ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishda pedagogik shart-sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari tarixiy bilimlar va o‘rganuvchanlikni oshirishning integratsiyalangan yondashuvi orqali, bilimlarni o‘zlashtirish, ijtimoiy mas’uliyat, tenglik va jamiyatga foydali faoliyatga yo‘naltirilgan ko‘nikmalarni pedagogik jarayonlarning samaradorligi, didaktik parametrlar, maqsad, mazmun va metodlarning uyg‘unlashuvi asosida ochib berilgan;
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish orqali talabalarda ijtimoiy faollikni takomillashtirishda ijodiy motivlar, refleksiv fikrlash bosqichlari va tarixiy voqelik fenomenlarining interpretatsiyasining uyg‘unligini ta’minlashga yondashuv, tarixiy bilimlarni talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan o‘qitish metodlarini samarali tarixiy voqeliklar talabalarga amaliy kontekstda taqdim etilib, ularning fuqarolik pozisiyalarini shakllantirishga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;
talabalarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarni rivojlantirish mexanizmi orqali “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish, tarixiy materiallarni keng targ‘ib qilish, mustaqil izlanishga yo‘naltirishni samarali tashkil etish, hamda integrativ va interaktiv yondashuvlarni optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
tarixiy bilimlar asosida talabalarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarni pedagogik dizayni motivatsion, kognitiv, produktiv fikrlash qobiliyatini “Auksion”, “Minbarda men”, “Tasvirlar so‘zlaganda”, “Qadriyatlar keysi”, “Qadam baqadam” metodlari hamda pedagogik intensifikatsiyalash (samaradorligini oshirish) asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda tarixiy bilimlar asosida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalari asosida:
tarixiy bilimlar asosida talabalarning ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari talabalarda tarixni bilish istagining dastlabki shakllantirish bosqichidagi differensial jihatlarini hamda tarixiy bilim mazmunini didaktik parametrlari (maqsad, mazmun, metod) aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli oʻquv qoʻllanmasi tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277- son buyrig‘i asosida berilgan 277-409 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda tarixiy bilimlar asosida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik parametrlari aniqlash samaradorligi oshgan.
tarixiy bilimlar asosida talabalarning ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini takomillashtirish bosqichlari mazmuni ijodiy motivlar, refleksiv fikrlash, tarixiy voqelik fenomenlari interpretatsiyasini (izohi, talqini) belgilash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston - tinchlik, barqarorlik, ezgulik va hotirjamlik diyori” nomli davlat granti loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Andijon viloyati Mintaqaviy tadqiqot markazi tomonidan bajarilgan 44-13/94-son ma’lumotnoma). Natijada talabalarning ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini tarixiy bilimlar asosida rivojlantirish metodini takomillashtirishga erishilgan.
tarixiy bilimlar asosida talabalarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarni takomillashtirish mexanizmi, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish, tarixiy materiallarni keng targ‘ib qilish, mustaqil izlanishga yo‘naltirishni samarali tashkil etish hamda tizimli pedagogik yondashuvlarni optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabati va tanqidiy fikrlash mahoratini aniqlash maqsadida yoshlar debati targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2024-yil 10-sentyabrdagi ITID-1/1-05-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda tarixiy bilimlar asosida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirish modelini takomillashtirishning didaktik mazmuni boyitilgan.
tarixiy bilimlar asosida talabalarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarni takomillashtirishning metodik ta’minoti motivatsion, kognitiv, produktiv fikrlash qobiliyatini “Auksion”, “Minbarda men”, “Tasvirlar so‘zlaganda”, “Qadriyatlar keysi”, “Qadam baqadam” metodlari hamda pedagogik intensifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, Vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ'ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublikka Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 12-avgustdagi 343-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalar metodi samaradorligini takomillashtirishga erishilgan.