Yusupov Ibrohimjon Abdumutal o‘g‘li
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bosqon uloqtiruvchilarning o‘quv mashg‘ulot bosqichida mashg‘ulot vositalari va yuklamalari hajmini optimallashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3747.
Ilmiy rahbar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01. 
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Aripov Yunus Yusupovich pedagogika fanlar nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va  amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bosqon uloqtiruvchilarning jismoniy vosita va yuklamalar hajmini o‘quv mashg‘ulot bosqichida optimallashtirish orqali sportchilarning natijasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi 17-18 yoshli bosqon uloqtiruvchilarni belgilangan zonalardagi (A, B, C va D) texnik harakatlarini takomillashtirish maqsadida, yuklamalarni tana qismlariga parsial tarzda taqsimlash (to‘piq, son, tos, postural hamda yelka va qo‘l mushaklariga, yarim sferali shar ustida qadoq tosh ilingan rezinani turli tomonlarga tebratish kabi) hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalari optimallashtirilgan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi 17-18 yoshli sportchilarni qishki mavsum tayyorgarlik mezotsikllarida bahorgi musobaqalarga tayyorlash uchun bosqon uloqtirishning final harakatida muvozanatni saqlab qolish uchun kichik va katta amplitudada tezkorlik bilan bajariladigan harakatlarni fitnes disk, rezina, fitbol va bosqon bilan bajariladigan mashqlarni uzlyuksiz hamda kombinatsion tarzda bajarish hisobiga mashg‘ulotlarning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha yuklamalar hajmi optimallashtirilgan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi 17-18 yoshli sportchilarning bosqon uloqtirish harakatini bajarish uchun markazdan qochish kuchi, snaryadni uzlyuksiz tarzda oyoq va tos bilan quvib o‘tishni hamda rotatsion tezligini oshirishga qaratilgan maxsus innovatsion texnologiya (Ibrohalqa)ni ishlab chiqish hisobiga bosqon uloqtiruvchilarning natijadorligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan; 
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi 17-18 yoshli sportchilarning bosqon uloqtirish jarayonida tananing pastki qismidan yuqori qismiga qarab shiddati optimallashtirilgan maxsus mashqlar majmuasini belgilangan zonalarga, harakatlar ketma-ketligini hamohanglikda bajarish ya’ni final harakatining qamchisimon zarbasini ta’minlab beruvchi mushaklarni rivojlantirish hisobiga texnik tayyorgarlik takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quv mashg‘ulot guruhi bosqichida bosqon uloqtiruvchilarning yillik tayyorgarlik siklida maxsus vosita va jismoniy yuklamalarni innovatsion texnologiyalar yordamida optimallashtirish samaradorligi bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi 17-18 yoshli bosqon uloqtiruvchilarni belgilangan zonalardagi (A, B, C va D) texnik harakatlarini takomillashtirish maqsadida, yuklamalarni tana qismlariga parsial tarzda taqsimlash (to‘piq, son, tos, postural hamda yelka va qo‘l mushaklariga, yarim sferali shar ustida qadoq tosh ilingan rezinani turli tomonlarga tebratish v.h.k) hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalari optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika o‘smirlar oliy sport mahorati maktabining o‘quv mashg‘uloti bosqichidagi bosqon uloqtiruvchilar mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi 03-16/9974-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika o‘smirlar oliy sport mahorati maktabining bosqon uloqtiruvchi sportchilari A-ev J., A-ov I. shaxsiy natijalari 60-65 metrni tashkil qilgan. Ushbu natijalar respublika miqyosidagi musobaqalarda yosh toifasi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallagan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi 17-18 yoshli sportchilarni qishki mavsum tayyorgarlik mezotsikllarida bahorgi musobaqalarga tayyorlash uchun bosqon uloqtirishning final harakatida muvozanatni saqlab qolishda kichik va katta amplitudada tezkorlik bilan bajariladigan harakatlarni fitnes disk, rezina, fitbol va bosqon bilan bajariladigan mashqlarni uzlyuksiz hamda kombinatsion tarzda bajarish hisobiga mashg‘ulotlarning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha yuklamalar hajmi optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati sport o‘yinlari turi va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘quv mashg‘uloti jarayonlarida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi 03-16/9974-son ma’lumotnomasi). Natijada, engil atletika bosqon uloqtirish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari O‘-ov S., A-ov M. shaxsiy natijalarini 7 metrdan 10 metrgacha oshirishga erishib, respublika musobaqalarida yetakchi o‘rinlarni egallagan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi 17-18 yoshli sportchilarning bosqon uloqtirish harakatini bajarish uchun markazdan qochish kuchi, snaryadni uzlyuksiz tarzda oyoq va tos bilan quvib o‘tishni hamda rotatsion tezligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan maxsus innovatsion texnologiyani qoʻllash boʻyicha taklif va tavsiyalar Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining engil atletika bo‘limi bosqon uloqtiruvchilari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8 oktyabrdagi 03-16/9974-son ma’lumotnoma). Natijada, Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilarining bosqon uloqtirishdagi aylanish tezligi 12,1% ga oshirilib, shaxsiy natijalari 5,3±1,5 metrga yaxshilangan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi 17-18 yoshli sportchilarning bosqon uloqtirish jarayonida tananing pastki qismidan yuqori qismiga qarab shiddati optimallashtirilgan maxsus mashqlar majmuasini belgilangan zonalarga, harakatlar ketma-ketligini hamohanglikda bajarish ya’ni final harakatining qamchisimon zarbasini ta’minlab beruvchi mushaklarni rivojlantirish hisobiga texnik tayyorgarlik takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Engil atletika nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi talabalarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8 oktyabrdagi 03-16/9974-son ma’lumotnomasi). Natijada, engil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari bosqon uloqtirish jarayonida snaryadni quvib o‘tishdagi imkoniyati sezilarli darajada oshgan va shaxsiy natijalari 28,6% ga yaxshilangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish