Zakirova Sarvinoz Baratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o’rgatish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7216
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Axmedova Zuxra Murzabekovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Arslanova Madinaxon Mansurovnan, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kognitiv, operasional-amaliy mezonlar o‘zaro bog‘liqlik darajasini bosqichma-bosqich aniqlash hamda metodik harakatlarni adekvat bajarish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishning modeli predmetli, ijtimoy-psixologik, pedagogik aspektlar asosida “Pinbord”, “Loyihalar”, “Vaziyatlar”, “Ilon izi”, “Koop-koop” texnologiyasi, “Keys-stadi” texnologiyasi “O‘ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing”, “Flipped-learning” texnologiyasini integratsiyalash loyihalashga yo‘naltirilgan ta’lim muhitiga identiv moslashtirish, asosida takomillashtirilgan.
bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasi algoritmik pedagogik faoliyat va kasbiy rivojlantirish kombinatsiyasini ko‘zda tutuvchi davlat buyurtmasi, nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilarning og‘zaki nutqiy muloqotga ehtiyojlari, hamda kasbiy faoliyat kengligi va pedagogik vaziyatlar variativligini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasini samaradorligi tarbiyalanuvshilarning ruhiy holati, ehtiyoji va imkoniyatlarini uyg‘unlashtirish, hamda tizimli, faoliyatli, kompetentli yondashuvlar, psixologik sintez natijalariga mos umumlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kognitiv, operasional-amaliy mezonlarni o‘zaro bog‘liqlik darajasini bosqichma-bosqich aniqlash hamda metodik harakatlarni adekvat bajarish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Nutq o‘stirish maxsus metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 5-martdagi 11-05-1454/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish diagnostikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishning modeli predmetli, ijtimoy-psixologogik, pedagogik aspektlar asosida “Pinbord”, “Loyihalar”, “Vaziyatlar”, “Ilon izi”, “Koop-koop” texnologiyasi, “Keys-stadi” texnologiyasi “O‘ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing”, “Flipped-learning” texnologiyasini integratsiyalash loyihalashga yo‘naltirilgan ta’lim muhitiga identiv moslashtirish, asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Nutq o‘stirish maxsus metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 5-martdagi 11-05-1454/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasi algoritmik pedagogik faoliyat va kasbiy rivojlantirish kombinatsiyasini ko‘zda tutuvchi davlat buyurtmasi, nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning og‘zaki nutqiy muloqotga ehtiyojlari, hamda kasbiy faoliyat kengligi va pedagogik vaziyatlar variativligini integratsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Nutq o‘stirish maxsus metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 5-martdagi 11-05-1454/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasining didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasini samaradorligi bolalarning ruhiy holati, ehtiyoji va imkoniyatlarini uyg‘unlashtirish, hamda tizimli, faoliyatli, kompetentli yondashuvlar, psixologik sintez natijalariga mos umumlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Nutq o‘stirish maxsus metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 5-martdagi 11-05-1454/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish mexanizmini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.