Muhiddinov Boriyxon Baxtiyor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Asetilen va uni qayta ishlash mahsulotlari asosida piridin va alkilpiridinlar sintezi texnologiyasini yaratish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5199.
Ilmiy rahbar: Turabdjanov Sadritdin Mahamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob Ikramovich, texnika fanlari doktori, professor;  Umarov Boburbek Nosir o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tuzilishi avvaldan belgilangan piridin asoslari olish texnologiyasini yaratish, ularning qo‘llanilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olti a’zoli azot geteroatomli geterotsiklik birikmalar sintezi uchun d10-orbitallari to‘lgan metall oksidlari asosidagi polifunksional katalizatorlar tarkibi ishlab chiqilgan;
ta’sir massalari tarkibini kadmiy va rux ftoridlari bilan promotrlash natijasida Cd(OH)F, Zn(OH)F, Al(OH)2F va Al(OH)F2 gidroksiftoridlar hosil bo‘lishi rentgenografik usulda isbotlanib, asetilen va ammiakdan piridin va piridin asoslari sintezida selektivligi asoslangan;
atsetilen va ammiakning 2:1 hajmiy nisbatida, komponentlar uzatish tezligi 1,6-2,5 m³/soat va 0,7-1,1 m³/soat bo‘lganda piridin asoslari sintezining maksimal unumiga erishi isbotlangan;
piridin asoslari tabiatining metallar korroziyasiga ta’siri aniqlanib, 2-metilpiridin metallar korroziyasining samarali ingibitori (himoyalash darajasi  93,7 %) ekanligi isbotlangan.
tuzilishi avvaldan begilangan piridin hosilalari ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuzilishi avvaldan belgilangan piridin hosilalari va ular asosida metallar korroziyasi ingibitori olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
piridin asosli ingibitorda konstruksion qurilmalarni korroziyadan himoyalash texnologiyasi Shurtangaz kimyo majmuasining «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Shurtangaz kimyo majmuasi» MChJning 2024 yil 22 fevraldagi 01/09-345-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2- va 4-metilpiridin asosli korroziya ingibitorlari ishlab chiqarish imkonini beradi;
piridin asosli ingibitorda konstruksion qurilmalarni korroziyadan himoyalash texnologiyasi Shurtangaz kimyo majmuasining «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Shurtangaz kimyo majmuasi» MChJning 2024 yil 22 fevraldagi 01/09-345-son ma’lumotnomasi). Natijada, Shurtangaz kimyo majmuasi texnologik qurilmalarini korroziyadan himoyalash va samarali ishlash muddatlarini uzaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish