Qulmatov Kamol Alimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish texnologiyasini yaratish va ularni qo‘llash», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4391.
Ilmiy rahbar: Kasimov Sherzod Abduzoirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Sottikulov Elyor Sotimboevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdilalimov Obitjan, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar - sholi kraxmali, Na-KMS, akril monomerlari asosida yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sholi kraxmali, akril kislota, akrilamid, N,N-metilenbisakrilamid bilan bentonit, kaolin minerallar ishtirokida sopolimerlash natijasida uch turdagi gidrogellar sintez qilingan; 
mahalliy xomashyolar asosida gidrogel sintezida bentonit va kaolin minerallaridan umumiy reaksion massaga nisbatan 8% gacha qo‘shilishi natajasida gidrogellarning suvni yutish xossalari 30%, suvni ushlab turish muddati esa 26% gacha oshishi isbotlangan;
kraxmal va karboksimetilsellyuloza asosida olingan Kraxmal-NaKMS/Ask, Kraxmal-NaKMS/Bent/MBA/KPF tarkibli gidrogellar tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalash jarayonida tabiiy gazni quritish xossasiga ega ekanligi aniqlangan; 
kraxmal, akril monomerlar, mineral va bog‘lovchi reagentlar asosida Kraxmal-NaKMS/Ask, Kraxmal-NaKMS/Bent/MBA/KPF, Kraxmal-AK/NaOH/KPF/MBA tarkibli suvda yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar asosida yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olish texnologiyasini yaratish va ularni qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
sholi kraxmali va karboksimetilsellyuloza asosida sintez qilingan gidrogellar Muborak gazni qayta ishlash zavodida tabiiy gazni quritish uchun qo‘llanilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2023 yil 18 dekabrdagi 1058/G‘K-12-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida olingan gidrogellar yordamida tabiiy gazni quritish imkonini bergan;
sholi kraxmali va akril kislota asosida olingan gidrogellar  Muborak gazni qayta ishlash zavodida tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalashda joriy qilingan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2023 yil 18 dekabrdagi 1058/G‘K-12-son ma’lumotnomasi). Natijada, sholi kraxmali va akril kislota asosida olingan gidrogellar yordamida tabiiy gazni nordon komponentlardan samarali tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish