Saydaliev Sodikjon Saibjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e`lon

I. Umumiy ma`lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nospesifik yarali kolitdagi disregenerator jarayonlarning kasallik davrlariga bog‘liq morfologik jihatlari” 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4929.
Ilmiy rahbar: Mamataliev Avazbek Rozuvaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidullo Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori professor; Don Andrey Nikolaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Osh davlat Universiteti (Qirg‘iziston)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yo‘g‘on ichak devori qatlamlarining nospesifik yarali kolitlarda kuzatiladigan disregenerator o‘zgarishlarni kasallik davrlariga bog‘liq o‘zgarishlarining morfologik, gistokimyoviy, morfometrik va immunogistokimyoviy  usullarda aniqlab, takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor bemorlarda nospesifik yarali kolitning turli davrlarini uchrash darajasi klinik - anamnestik ma’lumotlarini tahlili  ilmiy jihatdan asoslangan;
nospesifik yarali kolitning biopsiya materialidagi patomorfologik va morfometrik o‘zgarishlari asosida ushbu kasallikni turli davrlaridagi o‘zgarishlarni morfologik jixatdan aniqlash  muximligi asoslangan;
nospesifik yarali kolitda  disregenerator jarayonlarning kasallik kechishi davrlariga bog‘liq  o‘zgarishlari - immunogistokimyoviy markerlar (Ki-67, P53, Bcl-2) ekspressiyalanish darajasi ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi ushbu kasallikning diagnostikasida muximligi asoslangan;
nospesifik yarali kolitda disregenerator jarayonlarning kasallik davrlariga bog‘liq patomorfologik o‘zgarishlari asosida algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Nospesifik yarali kolit kasalligida ijobiy tashhislash uchun olingan ilmiy natijalar asosida:”Nospesifik yarali kolitning surunkali davrida disregenerator jarayonlar patomorfologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bemorlarda nospesifik yarali kolitning turli davrlarini uchrash darajasi klinik - anamnestik ma’lumotlarini tahlili  ilmiy jihatdan asoslanganligi Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2024yil 03 iyul` №007”I” sonli buyruq bilan, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2024 yil 26 iyun` №22 sonli buyruq bilan, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2024 yil 18 iyul №63 sonli buyruq bilan, O‘zbekiston Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2024 yil 11 iyul №32/I sonli buyruq bilan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi tavsiya etilgan “Nospesifik yarali kolitning surunkali davrida  disregenerator jarayonlar patomorfologiyasi asosida aniqlash usuli” amaliyotiga joriy etilishi natijasida, bemorlarda klinik - anamnestik ma’lumotlariga asoslangan tartibda kasallikning erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan kasallikni gistokimyoviy jihatlarini erta aniqlab tashxislash patogistologik tadqiqot muddatini va sarf harajatlarni 10 kundan 5-6 kungacha qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an`anaviy patologoanatomik tadqiqotlarda o‘rtacha narxi 1 ta holat uchun 92000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 62000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash usulidan foydalangan holda tashxislashni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, 1 ta holatda byudjet mablag‘larini 30000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: nospesifik yarali kolitning biopsiya materialidagi patomorfologik va morfometrik o‘zgarishlari asosida ushbu kasallikni turli davrlaridagi o‘zgarishlarni morfologik jixatdan aniqlash  muximligi tasdiqlanganligi Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2024yil 03 iyul` №007 “I” sonli buyruq bilan, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2024 yil 26 iyun` №22 sonli buyruq bilan, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2024 yil 18 iyul` №63 sonli buyruq bilan, O‘zbekiston Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2024 yil 11 iyul` №32/I sonli buyruq bilan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan “Nospesifik yarali kolitning surunkali davrida  disregenerator jarayonlar patomorfologiyasi asosida aniqlash usuli” amaliyotiga joriy etilishi natijasida, bemorlarda nospesifik yarali kolitning turli davrlarini patomorfologik o‘zgarishlarda kechayotgan gistokimyoviy o‘zgarishlar a’zoda kechayotgan yiringli – nekrotik o‘zgarishlardagi diagnostik axamiyati   yoritib berildi, bu uning tashxislash samaradorligi oshirilishiga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan kasallikni patomorfologik jihatlarini erta aniqlab tashxislash patogistologik tadqiqot muddati 10 kundan 5 kungacha va sarf harajatlarni qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (anʼanaviy patogistologik tadqiqotlarda o‘rtacha narxi 1 ta holat uchun 120000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 80000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash usulidan foydalangan holda tashxislashni o‘tkazish vaqtini 2 barobar qisqartirib, 1 ta holatda byudjet mablag‘larini 40000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: nospesifik yarali kolitda  disregenerator jarayonlarning kasallik kechishi davrlariga bog‘liq  o‘zgarishlari - immunogistokimyoviy markerlar (Ki-67, P53, Bcl-2) ekspressiyalanish darajasi ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi ushbu kasallikning diagnostikasida muximligi asoslab berilganligi Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2024yil` 03 iyul` №007”I” sonli buyruq bilan, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2024 yil 26 iyun №22 sonli buyruq bilan, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2024 yil 18 iyul` №63 sonli buyruq bilan O‘zbekiston Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2024 yil 11 iyul` №32/I sonli buyruq bilan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan “Nospesifik yarali kolitning surunkali davrida  disregenerator jarayonlar patomorfologiyasi asosida aniqlash usuli” amaliyotiga joriy etilishi natijasida, bemorlarda nospesifik yarali kolitning turli davrlarini patomorfologik o‘zgarishlarda kechayotgan immunogistokimyoviy ekspressiyalanish darajasi  o‘zgarishlarni a’zoda kechayotgan disregenerator va o‘smalanish jarayonlaridagi diagnostik axamiyati   yoritib berildi, bu uning tashxislash samaradorligi oshirilishiga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan kasallikni IGX jihatlarini erta aniqlab tashxislash patogistologik tadqiqot muddatini 10 kundan 5-6 kungacha va sarf harajatlarni qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (anʼanaviy patogistologik tadqiqotlarda o‘rtacha narxi 1 ta holat uchun 92000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 62000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash usulidan foydalangan holda tashxislashni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, 1 ta holatda byudjet mablag‘larini 30000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: nospesifik yarali kolitda disregenerator jarayonlarning kasallik davrlariga bog‘liq patomorfologik o‘zgarishlari asosida algoritm ishlab chiqilganligi Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2024yil 03 iyul` №007”I” sonli buyruq bilan, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2024 yil 26 iyun` №22 sonli buyruq bilan, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2024 yil 18 iyul` №63 sonli buyruq bilan, O‘zbekiston Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2024 yil 11 iyul` №32/I sonli buyruq bilan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan nospesifik yarali kolit tashrix materiallarini kasallikni turli davrlaridagi patomorfologik jihatlarini o‘rganish bo‘yicha  algoritm yaratilishi amaliyotiga joriy etilishi natijasida, NYaK-da yo‘g‘on ichak to‘qimasida o‘tkir va surunkali davrlarida yiringli – nekrotik o‘zgarishlar va disregenerator jarayonlarni paralel o‘zgarishlarni avjlanishi va surunkali kechishida o‘smalanishga fon bo‘lishi o‘zgarishlari bilan parallelligi kuzatilishini imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan kasallikni patomorfologik jihatlarini erta aniqlab tashxislash algaritmini yaratish patogistologik tadqiqot muddatini 10 kundan 5-6 kungacha va sarf harajatlarni qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (anʼanaviy patogistologik tadqiqotlarda o‘rtacha narxi 1 ta holat uchun 170000 so‘mni tashkil   qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 100000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash usulidan foydalangan holda tashxislashni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, 1 ta holatda byudjet mablag‘larini 70000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish