Xakimov Zaynobiddin Qobiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bez disfunksiyalarida to‘satdan yurak o‘limining patomorfologiyasi» 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib1204.
Ilmiy rahbar: Mamataliev Avazbek Rozuvaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar:  Rasulov Xamidullo Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Allaberganov Dilshod Shavkatovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti (Qirg‘iziston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qalqonsimon bezning disfunksional o‘zgarishlarini yurakdan to‘satdan o‘lim rivojlanishiga, morfologik va morfometrik o‘zgarishlari dinamikasiga ta’sirini baholashni takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yurakdan to‘satdan o‘limning asosiy xavfli omili sklerotik o‘zgarishlar va o‘tkazuvchanlikning buzilishi oqibatida chap qorincha miokardining qisqaruvchanlik vazifasi pasayishi aniqlangan;
yurakdan to‘satdan o‘limda qalqonsimon bez sekretor va rezorbtiv faoliyati morfologik belgilar hamda morfometrik ko‘rsatkich o‘zgarishlarini  namoyon bo‘lishi miokardning zararlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi isbotlangan;
yoshga bog‘liq holda yurakdan to‘satdan o‘limlarda yurakning refleksogen sinokarotid soxalarida nerv tolalari mielin qobig‘i va reseptorlarida reaktiv hamda degenerativ o‘zgarishlar kuzatilib, tipik hamda atipik kardiomiotsitlarda morfometrik ko‘rsatkichlari o‘zgarib, uni parallel` yurak fibrillyasiyasi bilan yakunlanishi isbotlangan;
qalqonsimon bezning yoshga bog‘liq morfometrik ko‘rsatkichlari va yurakdagi morfologik hamda morfometrik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi o‘rtasida korrelyativ bog‘liqlik, jumladan follikula diametri hamda epiteliyning o‘rtacha balandlik ko‘rsatkichi bilan teskari korrelyasiyasi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qalqonsimon bez disfunksiyasidagi yurakdan to‘satdan o‘limlarni morfologik va morfometrik baholashning o‘ziga xos xususiyatlari morfologik tashxislash va davolash tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: yurakdan to‘satdan o‘limning asosiy xavfli omili sklerotik o‘zgarishlar va o‘tkazuvchanlikning buzilishi oqibatida chap qorincha miokardining qisqaruvchanlik vazifasi pasayishi aniqlangan. Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi buyrug‘i (03.07.2024 y.; №006I), Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi buyrug‘i (18.07.2024 y.; №62), Respublika sud tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Andijon filiali buyrug‘i (30.07.2024 y.; №45) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan qalqonsimon bez disfunksiyalarida yurakdan to‘satdan o‘limining patomorfologiyasi asosida aniqlash usuli amaliyotiga joriy etilishi natijasida, shap qorincha devoridagi kontraktil koeffisientni, to‘lqinsimon kechishini, dissotsiatsiyani nazorat guruhidan past bo‘lishligi YuTO‘larda o‘tkazuvchi tizimni shikastlanishi, buzilishi, asistoliya va fibrillyasiyalar natijasi sifatida ko‘rildi, bu uning tashxislash samaradorligi oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan patomorfologik jihatlarini erta aniqlab tashxislash vaqtini 10 kundan 5-7 kungacha qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy sud tibbiy gistologik tekshirishda usulining o‘rtacha narxi 1 ta holat uchun 92000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 62000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash usulidan foydalangan holda tashxislashni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, 1 ta holatda byudjet mablag‘larini 30000 so‘mga iqtisod qiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yurakdan to‘satdan o‘limda qalqonsimon bez sekretor va rezorbtiv faoliyati morfologik belgilarini namoyon bo‘lishi miokardning zararlanish bosqichi bilan bog‘liq bo‘lishi isbotlangan. Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi (26.06.2024 y.; №21), Respublika patologik anatomiya markazi buyrug‘i (11.07.2024 y.; №33/I) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan qalqonsimon bez disfunksiyalarida yurakdan to‘satdan o‘limining patomorfologiyasi asosida aniqlash usuli amaliyotiga joriy etilishi natijasida, qalqonsimon bez og‘irligini yoshga bog‘liq egrilik kompensator-gipertrofiyalar bilan bog‘liq bo‘ldi. YuTO‘da qalqonsimon bez to‘qimasida tugundan tashqarida follikulyarlarni sekretor faolligini oshganda yurak muskullarini ishemiyasi nisbatan kam holatda ifodalandi. YuTO‘da qalqonsimon bezning morfofunksional holati o‘rtasida teskari munosabat mavjudligi ko‘rildi, bu uning tashxislash samaradorligi oshirilishiga ega bo‘lindi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan patomorfologik jihatlarini erta aniqlab tashxislash vaqtini 10 kundan 7 kungacha qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy sud tibbiy gistologik va morfometrik tekshirishda usulining o‘rtacha narxi 1 ta holat uchun 170000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 120000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash usulidan foydalangan holda tashxislash vaqtini 1,5 barobar qisqartirib, 1 ta holatda byudjet mablag‘larini 50000 so‘mga iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: yosh kattalashgan sari tekshirilgan yuraklarning refleksogen sinokarotid soxalarida nerv tolalari mielin qobig‘i va reseptorlarida distrofik, degenerativ, involyutiv o‘zgarishlar yuzaga kelib, tipik hamda atipik kardiomiotsitlarda morfometrik ko‘rsatkichlari o‘zgarib, uni parallel` yurak fibrillyasiyasi bilan yakunlanishi isbotlangan. Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi (26.06.2024 y.; №21), Respublika patologik anatomiya markazi buyrug‘i (11.07.2024 y.; №33/I) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan qalqonsimon bez disfunksiyalarida yurakdan to‘satdan o‘limining patomorfologiyasi asosida aniqlash usuli amaliyotiga joriy etilishi natijasida, ushbu degenerativ o‘zgarishlarni kumush tuzlari bilan impregratsiya qilib o‘rganishda yurak etishmovchiligini rivojlanishi 40 yoshgacha bo‘lganlarda 8%, 50 yoshgacha 24%, 60 yoshgacha 30%, 60 yoshdan katta yoshda esa 38% insonlarda ko‘rildi, autopsiyalardagi tashxislashdagi negativlikni bartaraf etib, tashxislash samaradorligi oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan patomorfologik jihatlarini erta aniqlab tashxislash vaqtini 10 kundan 7 kungacha qisqarishi va qayta komission tekshirishlar bo‘lmasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy sud tibbiy gistologik tekshirishda usulining o‘rtacha narxi 1 ta holat uchun 95000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 60000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash usulidan foydalangan holda tekshirishlarni o‘tkazish vaqtini 1,5 barobar qisqartirib, 1 ta holatda byudjet mablag‘larini 35000 so‘mga iqtisod qilishga imkon bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bezning yoshga bog‘liq morfometrik ko‘rsatkichlari va yurakdagi morfologik hamda morfometrik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi o‘rtasida korrelyativ bog‘liqlik, jumladan follikula diametri hamda epiteliyning o‘rtacha balandlik ko‘rsatkichi bilan teskari korrelyasiyasi aniqlangan. Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi (03.07.2024 y.; №006I), Namangan patologik anatomiya byurosi buyrug‘i (18.07.2024 y.; №62), Respublika sud tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Andijon filiali buyrug‘i (30.07.2024 y.; №45) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan qalqonsimon bez disfunksiyalarida yurakdan to‘satdan o‘limining patomorfologiyasi asosida aniqlash usuli amaliyotiga joriy etilishi natijasida, YuTO‘da qalqonsimon bez to‘qimasida faollik, tugunda faollikni pasayishi-gipofunksional holati namoyon bo‘ldi, tugun kattalashgan va miqdori ortgan sari bu o‘zgarishlarni avjlanishi va miokarddagi metabolitik o‘zgarishlar bilan parallelligi kuzatildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan patomorfologik jihatlarini erta aniqlab tashxislash vaqtini 10 kundan 5 kungacha qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy sud tibbiy gistologik tekshirishda usulining o‘rtacha narxi 1 ta holat uchun 97000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 62000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash usulidan foydalangan holda tekshirish o‘tkazish vaqtini 1,5 barobar qisqartirib, 1 ta holatda byudjet mablag‘larini 35000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish