Yuldasheva Sevara Shuhrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4499
Ilmiy rahbar: Azlarova Aziza Axrorovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tadjitdinov Karim Raxmatjanovich., iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: ATB “Poytaxtbank”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari raqobatbardoshligini baholashning uslubiy yondashuvi har bir tijorat bankining moliyaviy (MS = 0,37), operatsion (OS = 0,23), marketing (MarS = 0,29) va kadrlar (KS = 0,11) salohiyati maqbul chegaralarini ta’minlagan holda integral ko‘rsatkichni hisoblash asosida takomillashtirilgan;
biznes jarayonlarini takomillashtirishning simulyasiya modeli hamda optimal variantini tanlash, benchmarking dasturini ishlab chiqish va raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar asosida tijorat bankining raqobatbardoshligini oshirish taklifi asoslangan;
“Aloqabank” ATBning ustuvor siyosat yo‘nalishlarini ishlab chiqishda umumiy ishonchlilik omili, lahzalik likvidlik koeffisiyenti, o‘zaro faoliyat koeffisiyenti, umumiy likvidlik koeffisiyenti, kapitalni himoya qilish nisbati, qimmatli qog‘ozlar daromadlarining kapitallashuv koeffisiyenti omillarini bank sohasidagi real vaziyatga yo‘naltirish, faoliyatni optimallashtirish bo‘yicha resurs va jarayon parametrlarini kiritish imkonini ta’minlash orqali aktivlar rentabelligi va ishonchlilik indeksini oshirish asoslangan;
tijorat banklarining raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda tuzilgan ko‘p omilli ekonometrik model` asosida “Aloqabank” ATBning 2027-yilga qadar faoliyat rentabelligi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar asosida:
tijorat banklari raqobatbardoshligini baholashning uslubiy yondashuvi har bir tijorat bankining moliyaviy (MS = 0,37), operatsion (OS = 0,23), marketing (MarS = 0,29) va kadrlar (KS = 0,11) salohiyati maqbul chegaralarini ta’minlagan holda integral ko‘rsatkichni hisoblash asosida takomillashtirish taklifi “Aloqabank” ATBning faoliyatiga joriy qilingan (“Aloqabank” ATBning 2023-yil 12-oktabrdagi 08-04/3501-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning joriy etilishi tijorat bankining joriy raqobatbardoshlik darajasini baholash va uni iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘lida optimallashtirish imkonini bergan;
biznes jarayonlarini takomillashtirishning simulyasiya modeli hamda optimal variantini tanlash, benchmarking dasturini ishlab chiqish va raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar asosida tijorat bankining raqobatbardoshligini oshirish taklifi “Aloqabank” ATBning faoliyatiga joriy qilingan (“Aloqabank” ATBning 2023-yil 12-oktabrdagi 08-04/3501-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning joriy etilishi “Aloqabank” ATB raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha strategik reja vazifalarini ishlab chiqishda asos sifatida xizmat qilgan, bu esa bank foiz daromadlarining 25 foizga, kapitalining 5,9 foizga oshishiga olib kelgan;
“Aloqabank” ATBning ustuvor siyosat yo‘nalishlarini ishlab chiqishda umumiy ishonchlilik omili, lahzalik likvidlik koeffisiyenti, o‘zaro faoliyat koeffisiyenti, umumiy likvidlik koeffisiyenti, kapitalni himoya qilish nisbati, qimmatli qog‘ozlar daromadlarining kapitallashuv koeffisiyenti omillarini bank sohasidagi real vaziyatga yo‘naltirish, faoliyatni optimallashtirish bo‘yicha resurs va jarayon parametrlarini kiritish imkonini ta’minlash orqali aktivlar rentabelligi va ishonchlilik indeksini oshirish taklifi “Aloqabank” ATBning faoliyatiga joriy qilingan (“Aloqabank” ATBning 2023-yil 12-oktabrdagi 08-04/3501-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning joriy etilishi “Aloqabank” ATB faoliyatini bank sohasidagi real vaziyatga yo‘naltirish, faoliyatni optimallashtirish bo‘yicha resurs va jarayon parametrlarini kiritish imkonini bergan, bu esa aktivlar rentabelligini 6,7 foizga, ishonchlilik indeksini 16,5%ga oshirishga olib kelgan;
tijorat banklarining raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda tuzilgan ko‘p omilli ekonometrik model` asosida “Aloqabank” ATBning 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan faoliyat rentabelligi prognoz ko‘rsatkichlari “Aloqabank” ATBning faoliyatiga joriy qilingan (“Aloqabank” ATBning 2023-yil 12-oktabrdagi 08-04/3501-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikdan foydalanish bozor iqtisodiyotining eng muhim tamoyillaridan biri bo‘lgan “Aloqabank” ATB rentabelligi va raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishida 2027-yilgacha bo‘lgan rentabelligini prognozlash imkonini bergan.