Avdji Alina Alimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yashil moliyalashtirishni shakllantirishning zamonaviy tendensiyalari», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Ilmiy rahbar: Kurbanov Xayrilla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi «yashil» moliyalashtirishning zamonaviy holatini baholash, uning kelajagini rivojlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Tijorat banklarida “yashil” moliyalashtirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni banklar tomonidan ekologik toza, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi loyihalarni moliyalashtirishda mas’uliyatli investorlarni jalb qilish va jamiyat oldida ijobiy imij yaratish imkoniyati nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatida “ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv” tamoyillari bo‘yicha transformatsiyalash algoritmini uning asosiy bosqichlari tarkibiga “yashil” moliyalashtirish vositalarini joriy etish va kengaytirish jarayonlarini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatida yangi bank mahsulotlarini   o‘zlashtirishda korporativ mijozlar uchun “yashil” kreditlar, “yashil” depozitlar, “yashil” obligatsiyalar hajmi, tarkibiy tuzilishi va  joriy etish ketma-ketligini belgilash orqali bankning “yashil” mahsulotlarga ixtisoslashuvini kuchaytirish va yangi bank texnologiyalarini tatbiq etish asoslangan;
O‘zbekistonda “yashil” loyihalar asosidagi emitent tomonidan chiqariluvchi standart “yashil” obligatsiyalar (StO) hamda yirik kredit tashkilotlari tomonidan chiqarilgan sek`yuritizatsiyalashgan “yashil” obligatsiyalar (SO) turlari o‘rtasidagi maqbul nisbat (StO = 0,65; SO = 0,65;)ni ta’minlash orqali “yashil” moliyalashtirishni rivojlantirish taklifi asoslangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistondagi «yashil» moliyalashtirishning zamonaviy holatini baholash, uning kelajagini rivojlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Tijorat banklarida “yashil” moliyalashtirish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini banklar tomonidan ekologik toza, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi loyihalarni moliyalashtirishda mas’uliyatli investorlarni jalb qilish va jamiyat oldida ijobiy imij yaratish imkoniyati nuqtai-nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Den`gi kredit banki” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 - yil 29 - fevraldagi 45-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda mas’uliyatli investorlarni jalb qilish va jamiyat oldida ijobiy imij yaratish imkoniyati nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan “Tijorat banklarida “yashil” moliyalashtirish” tushunchasiga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan; “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatida “ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv” tamoyillari bo‘yicha transformatsiyalash algoritmini uning asosiy bosqichlari tarkibiga “yashil” moliyalashtirish vositalarini joriy etish va kengaytirish jarayonlarini tatbiq etish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank”ning ijtimoiy va ekologik javobgarlik, korporativ boshqaruv va barqaror rivojlanish sohasidagi siyosatiga joriy etilgan (AKB “O‘zsanoatqurilishbank”ning 2024 yil 10 yanvardagi №27-06/194-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank”ning ESG-faktorlarni joriy biznes-modelga integratsiya qilishga bo‘lgan sistemali yondashuvi, barqaror rivojlanish sohasidagi asosiy tamoyillar, yo‘nalishlar va vazifalarni, ESG va barqaror rivojlanishni boshqarish mexanizmini, monitoring va hisobot berish tartibini belgilash imkoni yaratilgan; 
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatida yangi bank mahsulotlarini   o‘zlashtirishda korporativ mijozlar uchun “yashil” kreditlar, “yashil” depozitlar, “yashil” obligatsiyalar hajmi, tarkibiy tuzilishi va  joriy etish ketma-ketligini belgilash orqali bankning “yashil” mahsulotlarga ixtisoslashuvini kuchaytirish va yangi bank texnologiyalarini tatbiq etish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank”ning ijtimoiy va ekologik javobgarlik, korporativ boshqaruv va barqaror rivojlanish sohasidagi siyosatiga joriy etilgan (AKB “O‘zsanoatqurilishbank”ning 2024 yil 10 yanvardagi №27-06/194-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida yangi bank mahsulotlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar - «yashil» kreditlar, «yashil» depozitlar, korporativ mijozlar uchun «yashil» obligatsiyalar, «yashil» mahsulotlarga ixtisoslashishni kuchaytirish va yangi bank texnologiyalarini o‘zlashtirishga yordam bergan;
O‘zbekistonda “yashil” loyihalar asosidagi emitent tomonidan chiqariluvchi standart “yashil” obligatsiyalar (StO) hamda yirik kredit tashkilotlari tomonidan chiqarilgan sek`yuritizatsiyalashgan “yashil” obligatsiyalar (SO) turlari o‘rtasidagi maqbul nisbat (StO = 0,65; SO = 0,65;)ni ta’minlash orqali “yashil” moliyalashtirishni rivojlantirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank”ning ijtimoiy va ekologik javobgarlik, korporativ boshqaruv va barqaror rivojlanish sohasidagi siyosatiga joriy etilgan (AKB “O‘zsanoatqurilishbank”ning 2024 yil 10 yanvardagi №27-06/194-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida «yashil» obligatsiyalar konsepsiyasi, «yashil» obligatsiyalar rivojlanishi uchun asosiy vektorlar va jarayonlarni belgilab, ESG-transformatsiya bo‘yicha yo‘l xaritasi, bank biznes-protsesslariga ekologik, ijtimoiy va boshqaruv javobgarligi tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etishning asosiy jihatlarini aks ettirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish