Abdurahmanova Munovar Abdurahmanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ozbekiston milliy iqtisodiyoti transformatsiyasi sharoitida ilmiy-ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish”, 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. DSc/Iqt362 .
Dissegtatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar sifatida: i.f.d., akademik  Gulomov Saidahror Saidakbarovich, i.f.d. Nasirxodjaeva Dilafruz Sabithanovna, i.f.d., professor Nodir Jumaev Hosiyatovich.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulugbek nomli O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti transformatsiyasi sharoitida ilmiy-ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar islab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Ilmiy –ishlab chiqarish sohasi” tushunchasining iqtisodiy maszmuni yangi texnologiyalar, innovatsion mahsulotlar va samarali ishlab-chiqarish usullarini yaratish xamda ularni iqtisodiyot tarmoqlariga tadbiq qilish maqsadida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini to‘gridan to‘gri ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilishini ta’minlovchi sohani  uning makroiqtisodiy jihatlarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ilmiy-texnika taraqqiyotining amal qilish mezonlari, ularning makroiqtisodiy korsatkichlar bilan bogliqligi, “fon inflyasiyasi”ga qarshi ta’sirini har tomonlama tahlili asosida ilmiy-ishlab chiqarish sohasida ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyasini uyg‘unlashtiruvchi “tayanch kafedralar”ni shakllantirish orqali uni yumshatishning maqbul varianti taklif qilingan;
Ilmiy-ishlab chiqarish sohasi bo‘linmalarining iqtisodiy o‘sish omillari bilan aloqasi aniqlash orqali tashkiliy jihatdan milliy iqtisodiyot o‘sishi bilan boglashda resurslar bo‘yicha taminlanganlik (RT = 0,35), kadrlar salohiyati (XM = 0,25), ilmiylik (I = 0,12) moliyaviy taminlanganlik (MT = 0,28) milliy iqtisodiyotni o‘sishi bilan tashkiliy bogliqligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida  fan, texnika va innovatsiyalarning rivojlanishini  ragbatlantiruvchi  “ilmiy-ishlab chiqarish sohasini qollab-quvvatlashning maxsus moliyalshtirish mexanizmi” xar bir jabhaning xususiyati va rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan xolda qo‘shimcha moliyaviy oqimlarni tizimli ravishda ulashga asoslangan uslubiy yondoshuvga ko‘ra takomillashtirilgan;
O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini aniqlash va bu jarayonga ilmiy-ishlsb chiqarish sohasining hissasini baxolash imkonini beradigan yalpi ichki maxsulot (YaIM) va unga tasir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida innovatsion maxsulotlar ishlab chiqarish hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan va prognoz qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekistonda ilmiy-ishlab chiqarish sohasining investisiya mexanizmini takomillashtirishning makroiqtisodiy jihatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra “Ilmiy – ishlab chiqarish sohasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini yangi texnologiyalar, innovatsion maxsulotlar va samarali ishlab-chiqarish usullarini yaratish hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlariga tadbiq qilish maqsadida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini to‘gridan –to‘gri ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilishini taminlovchi sohani yning makroiqtisodiy jihatlarini tizimlashtirish asosida takomollashtirishga oid nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari, yosh olimlar va ilmiy hodimlar uchun tavsiya etilgan “Zerkal’no-konsentriruyushie sistemi dlya solnechnix ustanovok i ix effektivnost” nomli ilmiy qo‘llanma tayyorlashda  foydalanilgan(Mirzo Ulugbek nomli O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy tadqiqot instituti  Ilmiy Kengashi 05.08.2022 yil ISBN:978-9943-8297-4-9 “Universitet” Tashkent, 2022) Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida talaba va yosh olimlarda ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini to‘gridan-to‘gri ishlab chiqarishga joriy etilishini taminlovchi sohani uning makroiqtisodiy jihatlarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan “Ilmiy-ishlab chiqarish sohasi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni amaliyot bilan boglagan xolda kengaytirish imkoni yaratilgan;      
Fan-tehnika taraqqiyotining amal qilish mezonlari, ularni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bogliqligi, “fon inflyasiyasi”ga qarshi tasirining har tomonlama tahlili asosida ilmiy-ishlab chiqarish sohasida talimni ishlab chiqarish bilan integratsiyasini  uyg‘unlashtiruvchi “tayanch kafedralar”ni shakllantirish orqali uni yumshatishning maqbul varianti O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik institute va fizika texnika institute, Ion plazma va lazer texnologiyalari institute tomonidan ushbu ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatiga joriy etilgan [O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsion rivojlanish agentligining 06.08.2024 yildagi 01-03/2681-sonli guvohnomasi): Mazkur ilmiy takliflar Respublika  Prezidentining Farmoyishiga kiritilgan. O‘zbekistonning 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarda yangi O1zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘grisida”gi PF-60-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada davlat hususiy sheriklik asosida energetika, transport, sogliqni saqlash, talim, ekologiya, kommunal xo‘jalik va boshqa cohalarda 14 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritish rejalashtirilgan. Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida ilmiy-texnika taraqqiyotining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bogliqligi asosida “fon inflyasiyasi”ni yumshatishning maqbul varianti orqali olinadigan natijalarning aniqligini taminlash imkoni yaratilgan;
ilmiy-ishlab chiqarish sohasi bo‘linmalarining iqtisodiy o‘sish omillari bilan aloqasi aniqlash orqali tashkiliy jihatdan milliy iqtisodiyot  o‘sishi bilan boglashda resurslar bo‘yicha taminlanganlik (RT = 0,35), xodimlarni malakasi (XM = 0,25), ilmiylik (I = 0,12) moliyaviy taminlanganlik (MT = 0,28) omillari o‘rtasidagi maqbul nisbatga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi instituti tomonidan institute faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 14 avgustdagi 2/1255-1822-sonli guvohnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida resurslar bo‘yicha taminlanganlik, hodimlarning malakasi, ilmiylik va moliyaviy taminlanganlik omillarining tasirini tartibga solish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasida fan, texnika va innovatsiyalarning rivojlanishini ragbatlantiruvchi “Ilmiy- ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlashning maxsus moliyalashtirish mehanizmi” har bir jabhaning hususiyati va rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda  qo‘shimcha moliyaviy oqimlarni tizimli ravishda ulashga asoslangan uslubiy yondoshuvga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Ilmiy texnika markazi va tajriba ishlab chiqarish konstruktorlik byurosi tomonidan Ilmiy texnika markazi Tajriba ishlab chiqarish konstruktorlik byurosining ish faoliyatiga joriy etilgan (O‘sbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Ilmiy texnika markazi Tajriba ishlab chiqarish konstruktorlik byurosining 07.06.2023 yil 01-40-sonli guvoxnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi “Muqobil energetika, elektrotexnika va elektronika sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘grisida, mikroelektronika, yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘grisida"gi 639-sonli Qarorni ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida fan, texnika va innovatsiyalarning rivojlanishini rag‘batlantirishda qo‘shimcha moliyaviy oqimlarni tizimli ravishda ulash samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini aniqlash  va bu jarayonga ilmiy-ishlab chiqarish sohasining hissasini baholash imkonini beradigan yalpi ichki mahsulot (YIM) va unga tasir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida  inovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “FOTON” ishlab chiqarish tashkiloti tomonidan tijoratlashtirishni tezlashtirish maqsadida korxonaning faoliyatiga joriy etilgan ((“O‘ZELTEHSANOAT” uyushmasining 2024 yil 20 avgustdagi 04-3/1404-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Oqzbekistonning yzoq muddatli istiqboldagi yalpi ichki maxsulot (YaIM) va unga tasir etuvchi omillar hamda innovatsion mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi muvofiqlikni tartibga solish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish