Djabbarov Raximjon Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellashtirish va prognozlashning uslubiy jihatlari. 08.00.06 – Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt2160
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Shaxnoza Saidakmalovna, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ayibnazarov Baxodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Utanov Bunyod Quvondikovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellashtirish va prognozlashning uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va xulosalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xalqaro uslubiyotga asoslangan holda davriy tebranishlar qonuniyatlari makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro aloqadorligini hisobga olib, milliy iqtisodiyot xususiyatlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni uslubiy jihatdan hisoblashning ko‘rsatkichlar tizimi, usullari, tamoyillari, mezonlari va bosqichlari majmuaviy baholangan;
milliy iqtisodiyot barqarorlik darajasini ko‘rsatuvchi yalpi ichki mahsulot va boshqa makroiqtisodiy omillarni tahlil qilish uslubiy jihatdan takomillashtirilib, omillarning o‘zaro bog‘liqligini baholash bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
yalpi omillar samaradorligi (ilmiy-tadqiqot ishlarida band bo‘lganlar soni, chet el investisiyalari va kreditlari hajmi, axborot va aloqaga kiritilgan investisiyalar, iqtisodiy erkinlik indeksi)ni kompleks qo‘llash hisobiga milliy iqtisodiyotda YaIMning barqaror o‘sishini ta’minlash hamda ko‘p omilli ekonometrik modellarini tuzish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
inersion, bazaviy va mobilizatsion ssenariy usullarini kompleks qo‘llash hisobiga istiqbolda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarish tendensiyalarini ekonometrik baholash maqsadida o‘rta muddatli (2025-2027 yy.) ko‘p variantli prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini ekonometrik usullar bilan baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalqaro uslubiyotga asoslangan holda davriy tebranishlar qonuniyatlari makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro aloqadorligini hisobga olib, milliy iqtisodiyot xususiyatlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni uslubiy jihatdan hisoblashning ko‘rsatkichlar tizimi, usullari, tamoyillari, mezonlari va bosqichlari majmuaviy baholangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan amaliyotda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 18 fevraldagi 04/26-1-2-3575-sonli ma’lumotnomasi). Uni joriy etish natijasida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni uslubiy jihatdan hisoblashning ko‘rsatkichlar tizimi, usullari, tamoyillari, mezonlari va bosqichlarini majmuaviy baholashda keng imkoniyatlar yaratib berishga xizmat qilgan;
milliy iqtisodiyot barqarorlik darajasini ko‘rsatuvchi yalpi ichki mahsulot va boshqa makroiqtisodiy omillarni tahlil qilish uslubiy jihatdan takomillashtirilib, omillarning o‘zaro bog‘liqligini baholash bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan amaliyotda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2025 yil 30 yanvardagi 01/1-05-12-28 sonli ma’lumotnomasi);
yalpi omillar samaradorligi (ilmiy-tadqiqot ishlarida band bo‘lganlar soni, chet el investisiyalari va kreditlari hajmi, axborot va aloqaga kiritilgan investisiyalar, iqtisodiy erkinlik indeksi)ni kompleks qo‘llash hisobiga milliy iqtisodiyotda YaIMning barqaror o‘sishini ta’minlash hamda ko‘p omilli ekonometrik modellarini tuzish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. Bu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan amaliyotda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 18 fevraldagi 04/26-1-2-3575-sonli ma’lumotnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2025 yil 30 yanvardagi 01/1-05-12-28 sonli ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotda joriy qilingan. Natijada sohada faoliyat samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
inersion, bazaviy va mobilizasion ssenariy usullarini kompleks qo‘llash hisobiga istiqbolda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarish tendensiyalarini ekonometrik baholash maqsadida o‘rta muddatli (2024-2027 yy.) ko‘p variantli prognozlari ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan amaliyotda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 18 fevraldagi 04/26-1-2-3575-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sohada rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish imkonini bergan.