Abdullaeva Hilola Nutfilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalar faoliyatida innovatsion marketing dasturlaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4537.
Ilmiy rahbar: Abdulloev Asliddin Junaydulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maraimova Umida Ismailjanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy korxonalarda innovatsion marketing dasturlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxona boshqaruvida marketing dasturlaridan foydalanish yondashuvi innovatsion marketing konsepsiyasining ishlab chiqarish, tovar sifati, tovar sotish hajmini oshirish, an’anaviy, ijtimoiy-axloqiy, o‘zaro aloqadorlik tarkibiy komponentlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishda marketingning “Marketing-Based Management – MBM (marketingga asoslangan menejment)” tamoyillariga asoslanuvchi  “+12 P→innovatsion marketing” dasturidan foydalanish taklifi ilmiy asoslangan;
korxonalar faoliyatiga innovatsion marketing dasturini tarkibiy jihatdan tashkiliy tuzilishida yangiliklar, yangiliklarni joriy etish, yangi ishlanmalar, ixtirolarni qamrab olgan iste’molchilar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan amaliyotini joriy etilishida yangi texnologiyani qo‘llash, yangi mahsulot yaratish, yangi savdo bozorini o‘zlashtirish, yangi xom ashyodan foydalanish orqali ishlab chiqarishni qayta tashkil etish kombinatsiyalaridan foydalanish taklifi ishlab chiqilgan;
2025-2029 yillarda mamlakatda innovatsion marketing dasturidan foydalanuvchi korxonalar sonini oshirish asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligi bo‘yicha inersion, pessimistik va mobilizatsion prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxona faoliyatiga innovatsion marketing dasturlarini joriy etish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxona boshqaruvida marketing dasturlaridan foydalanish yondashuvi innovatsion marketing konsepsiyasining ishlab chiqarish, tovar sifati, tovar sotish hajmini oshirish, an’anaviy, ijtimoiy-axloqiy, o‘zaro aloqadorlik tarkibiy komponentlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 oktyabrdagi “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-169-son farmonining 2-bandi 2-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan.  (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 5 avgustdagi 08-06/8041- sonli ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga joriy etish asosida qurilish sohasidagi korxonalar mahsulotlarining bozor aylanmasi hajmini qo‘shimcha 8,4 foizga ortishiga erishilgan;
korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishda marketingning “Marketing-Based Management – MBM (marketingga asoslangan menejment)” tamoyillariga asoslanuvchi “+12 P→innovatsion marketing” dasturidan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26 dekabrdagi ““140 ta ilg‘or sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish va “Sanoat ipotekasi” tizimini joriy qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 684-son qarorining 3-bandi 2-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 5 avgustdagi 08-06/8041- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish asosida qurilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki bozordagi import ulushini o‘rta hisobda qo‘shimcha 15,4 foizga kamayishga erishilgan;
korxonalar faoliyatiga innovatsion marketing dasturini tarkibiy jihatdan tashkiliy tuzilishida yangiliklar, yangiliklarni joriy etish, yangi ishlanmalar, ixtirolarni qamrab olgan iste’molchilar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan amaliyotini joriy etilishida yangi texnologiyani qo‘llash, yangi mahsulot yaratish, yangi savdo bozorini o‘zlashtirish, yangi xom ashyodan foydalanish orqali ishlab chiqarishni qayta tashkil etish kombinatsiyalaridan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 oktyabrdagi “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-169-son farmonining 2-bandi 3-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 5 avgustdagi 08-06/8041- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida innovatsion marketing dasturlaridan foydalanuvchi korxonalar soni 5,1 foizga ortishiga erishilgan;
2025-2029 yillarda mamlakatda innovatsion marketing dasturidan foydalanuvchi korxonalar sonini oshirish asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligi bo‘yicha inersion, pessimistik va mobilizatsion prognoz ko‘rsatkichlari taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 oktyabrdagi “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-169-son farmonining 3.b-bandi 2-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 5 avgustdagi 08-06/8041- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish asosida mahalliy korxonalarda innovatsion marketing dasturlaridan foydalanish hisobiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2028 yilga borib, 2023 yilga nisbatan baholanganda, inersion ssenariyada 49,8 foizga, pessimistik ssenariyada 3,8 foizga, mobilizatsion ssenariyaga ko‘ra esa 98,0 foizga oshirishga erishish mumkinligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish