Yuldashova Yulduzxon Xabibullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intradializ gipotenziyani bashorat qilish va oldini olish dasturini ishlab chiqarish” 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4058.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, bir martalik Ilmiy kengash raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, Aripxodjaeva Gulnoza Zaynitdinova, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Surunkali buyrak kasalligi 5 d bosqichidagi  bemorlarda intradializ gipotenziyasi rivojlanishining prediktorlarini aniqlash va profilaktika tamoyillari algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor simptomatik intradializ gipotenziyani rivojlanish xavf shkalasi ishlab chiqilib, xavf omillari sifatida yallig‘lanish markerlarining yuqori konsentratsiyasi, fosfor, chap qorincha gipertrofiyasi va o‘ng qoringcha dilatatsiyasi aniqlangan;
umumiy oqsil, trombotsitlar va yurak qisqarishlar soni kabi xavf omillarining ballar hisob yig‘indisi muayyan darajada ifodalanmaganligi sababli simptomatik intradializ gipotenziyani xavf shkalasiga kiritilmasligi asoslangan;
levokarnitinni har kuni qo‘llash vaqt davomida ta’sirning to‘planishi bilan simptomatik intradializ gipotenziyani xavfini 5,06 barobar kamaytirishga olib kelishi aniqlangan;
simptomatik intradializ gipotenziyani xavfi bo‘lgan bemorlarda sertralin ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan preparatni dializdan oldin qo‘llash, uzoq muddatli ta’sirsiz, gemodializ seansi paytida asoratlar xavfini 3,96 barobar kamaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Intradializ gipotenziyasini bashorat qilish va oldini olish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor simptomatik intradializ gipotenziyani rivojlanish xavf shkalasi ishlab chiqilib, xavf omillari sifatida yallig‘lanish markerlarining yuqori konsentratsiyasi, fosfor, chap qorincha gipertrofiyasi va o‘ng qorincha dilatatsiyasi aniqlanganligi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.01.2025 yildagi 33-1-sonli buyrug‘i va Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.01.2025 yildagi 12-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: surunkali buyrak kasalligi 5d bosqichidagi bemorlarida intradializ gipotenziyasining oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm asosida shakllantirilgan amaliy tavsiyalar bemorlarni olib borishni optimallashtirish va o‘tkazilayotgan terapiyaning samaradorligi va xavfsizligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: tavsiflangan algoritmni qo‘llash intradializ gipotenziyani xavfini 1,5 barobar kamaytirish, shuningdek gemodializ jarayonida sistolik qon bosimi og‘ishini (gipo- va gipertenziya) kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: intradializ gipotenziya  surunkali buyrak kasalligi 5d bosqichidagi bemorlarining o‘limi, kardiologik va boshqa hodisalar, kasalxonaga yotqizish xavf omili ekanligini va hayot sifatini pasaytirishini hisobga olgan holda, tavsiflangan algoritmni qo‘llash salbiy hodisalar chastotasini kamaytirish va individual, ijtimoiy va davlat darajasida surunkali buyrak kasalligi bilan bog‘liq tibbiy va moliyaviy yukni kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: umumiy oqsil, trombotsitlar va yurak qisqarishlar soni kabi xavf omillarining ballar hisob yig‘indisi muayyan darajada ifodalanmaganligi sababli simptomatik intradializ gipotenziyani xavf shkalasiga kiritilmasligi asoslanganligi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.01.2025 yildagi 33-1-sonli buyrug‘i va Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.01.2025 yildagi 12-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot davomida SIG rivojlanishining asosiy xavf omillari aniqlandi va asoratlar ehtimolini bashorat qilish imkonini beruvchi maxsus xavf shkalasi ishlab chiqildi. Asosiy xavf omillari orasida yallig‘lanish markerlarining yuqori konsentratsiyasi, chap qorincha gipertrofiyasi (ChQG) va o‘ng qorincha dilatatsiyasi (O‘QD) ajratib olindi, ularning har biri uchun xavf chegarasini belgilovchi aniq chegaraviy qiymatlar o‘rnatildi. Iqtisodiy samaradorlik: SIG rivojlanish xavfi shkalasini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi bir oyda bir bemorga 785000 so‘m sof tejamni tashkil etadi, bir bemorga yillik tejam 9420000 so‘mga etadi, SIG xavfi bo‘lgan 50 nafar bemorli dializ markazi uchun iqtisodiy samara yiliga 471000000 so‘mni tashkil etadi, kasalxonada davolanish muddatining qisqarishi: har bir holat uchun 1200000 so‘m, asoratlarni davolash xarajatlarining kamayishi: har bir holat uchun 850000 so‘m. Xulosa: SIG rivojlanish xavfi shkalasini qo‘llash salbiy hodisalar chastotasini kamaytirish va SBK (surunkali buyrak kasalligi) bilan bog‘liq tibbiy va moliyaviy yukni shaxsiy, ijtimoiy va davlat darajalarida kamaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: levokarnitinni har kuni qo‘llash vaqt davomida ta’sirning to‘planishi bilan simptomatik intradializ gipotenziyani xavfini 5,06 barobar kamaytirishga olib kelishi aniqlanganligi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.01.2025 yildagi 33-1-sonli buyrug‘i va Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.01.2025 yildagi 12-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: olingan natijalar gemodializ qabul qilayotgan bemorlarning yashovchanligini oshirishga yordam beradi va statsionarga yotqizish ehtiyojini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: surunkali buyrak kasalligi 5d bosqichidagi bemorlarida intradializ gipotenziyaning nomedikamentoz profilaktika usullarini qo‘llash yil davomida bemorlarning terapevtik statsionarlarga yotqizish kunlarini kamaytirishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
turtinchi ilmiy yangilik: simptomatik intradializ gipotenziyani xavfi bo‘lgan bemorlarda sertralin ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan preparatni dializdan oldin qo‘llash, uzoq muddatli ta’sirsiz, gemodializ seansi paytida asoratlar xavfini 3,96 barobar kamaytirishi aniqlanganligi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.01.2025 yildagi 33-1-sonli buyrug‘i va Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.01.2025 yildagi 12-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: olingan natijalar gemodializ qabul qilayotgan bemorlarning yashovchanligini oshirishga yordam beradi va statsionarga yotqizish ehtiyojini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: olingan natijalarni joriy etish surunkali buyrak kasalligi 5d bosqichidagi bemorlarining terapevtik statsionarlarda yotish kunlarini kamaytirish hisobiga yil davomida 15862500 so‘m tejashga yordam beradi. Xulosa: individual tanlangan intradializ jismoniy yuklamani qo‘llash xayot sifatini ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yordam beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish