Umarov Shuxrat Sharifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Poliamid va poliolefinlarni metall-ammoniy polifosfatlari bilan modifikatsiyalab, olovbardosh organik materiallar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5037.
Ilmiy rahbar: Kasimov Sherzod Abduzoirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor; Xusenov Arslonnazar Shernazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metall-ammoniy polifosfatlar bilan modifikatsiyalangan polimerlar asosida olovbardosh organik materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rux, kobalt, nikel, qo‘rg‘oshin, temir oksidlari va ammomiy polifosfatlar asosida polimerlar uchun modifikatorlar olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
olingan metall-ammoniy polifosfatlar asosidagi modifikatorlar polimerlar tarkibiga qo‘shilganda polimerlarning issiqlikka va ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamliligi 20% ga, qattiqligi 9-22% ga, kislorod indeksi 17% dan 24% gacha ortishi, yonish vaqti esa 240 sekunddan 126 sekundga kamayishi isbotlangan;
modifikatsiyalash natijasida bukilishdagi elastiklik moduli polietilenda 1100 MPa dan 1300 MRa gacha, polipropilenda 1280 MPa dan 1355 MRa gacha, poliamid-66 da 2900 MPa dan 6470 MRa gacha, zarbga chidamlilik xossalari esa, poliamid-66 da 6 kJ/m2 dan 13,38 kJ/m2 gacha ortishi aniqlangan;
metall-ammoniy polifosfatlar bilan modifikatsyalangan polietilen, polipropilen va poliamid asosida olovbardosh polimer organik materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metall-ammoniy polifosfatlar asosida modifikatsiyalangan olovbardosh organik materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metall-ammoniy polifosfatlar bilan modifikatsiyalab olovbardosh organik materiallar olish texnologiyasi «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJda amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 2022 yil 10 fevraldagi 036/627-son; 2022 yil 17 martdagi 037/1138-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan organik materiallar asosida yangi turdagi polimer kompaundlar olish imkoniyati yaratilgan;
PE va PP asosidagi yuqori darajadagi metall-ammoniy polifosfatlar bilan modifikatsiyalab olovbardosh organik materiallar «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi MChJning 2024 yil 25 noyabrdagi 030/4675-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan modifikatorlar asosida yangi turdagi ekologik, iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan import o‘rinini bosuvchi modifikatsiyalangan termik barqaror organik materiallar ishlab chiqarish imkonini bergan.