Sayt test rejimida ishlamoqda

Seytov Aybek Jumabaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iste’molchilarga suvni diskret etkazib berish sharoitida irrigatsiya tizimi kanallarida suv taqsimlashni optimal boshqarish», 05.01.02–«Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash»(texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T137.

Ilmiy rahbar: Raximov Shavkat Xudargenovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Safarov Tashpulat, texnika fanlari doktori, professor;Xudayqulov Savet Ishanqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «Mexanika va inshoatlar seysmik mustahkamligi» instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: matematik modellashtirish, optimal boshqarish usullari yordamida iste’molchilarga suvni diskret etkazib berish sharoitida irrigatsiya tizimi kanallarida optimal suv taqsimlash jarayonini boshqarishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

iste’molchilarga suvni diskret etkazib berish sharoitida irrigatsiya tizimi kanallaridagi suvning notekis harakatini ifodalovchi Sen-Venanning hususiy xosilali differensial tenglamalar sistemasini takomillashtirish asosida optimal suv taqsimlashni boshqarishning matematik modellari, sifat mezonlari ishlab chiqilgan;

kanaldagi suvni iste’molchilarga etkazib berishda suv sarfining diskretligini ta’minlashda Dirakning del`ta-funksiyasini takomillashtirish asosida irrigatsiya tizimi kanallarida optimal suvni taqsimlashning zaruriy sharti ishlab chiqilgan;

irrigatsiya tizimi kanallarida iste’molchilarga suvni diskret etkazib berish sharoitida optimal suvni taqsimlashning zaruriy sharti asosida optimal boshqarishning usullari ishlab chiqilgan;

kanallarda suvni taqsimlashni diskretligini ta’minlagan holda optimal boshqarish masalasini chekli ayirmalar usuli asosida echishning algoritmlari yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Iste’molchilarga suvni diskret etkazib berish sharoitida irrigatsiya tizim kanallarida suv taqsimlashni optimal boshqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

suvning notekis harakatini ifodalovchi Sen-Venanning hususiy xosilali differensial tenglamalar sistemasini takomillashtirilgan matematik modellari hamda dasturiy vosita O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziriligi tasarrufidagi «Janubiy Mirzacho‘l magistral kanali ekspluatatsiya boshqarmasi» ob’ektlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 avgustdagi 02/25-1232-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida irrigatsiya tizimi kanallarida suv taqsimlashni optimal boshqarishda suv resurslarini yo‘qolishlari 5-7%gacha kamaytirish hisobiga ekin maydonlarining vaqtida sug‘orish samaradorligini hamda olinadigan hosil sifatini oshirish imkonini bergan;

Dirakning del`ta-funksiyasi asosida diskret suv taqsimlash sifat mezonlari, kanallarda suvni etkazib berishni optimal boshqarish algoritmi va dasturiy vositasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziriligi tasarrufidagi «Sirdaryo-Zarafshon» irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi kanallariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 avgustdagi 02/25-1232-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot kanallarning suv chiqaruvchi gidrotexnik inshootlarining ishlari samaradorligini 10-12%ga oshirish imkonini bergan;

suvning notekis harakatini ifodalovchi Sen-Venanning to‘liq differensial tenglamalar sistemasi matematik modelini optimal boshqarishning masalasini gradient proeksiyasi usuli yordamida echishning algoritmlari “Chirchiq-Oxangaron” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi «Parkent ̶ Karasuv» irrigatsiya tizimi Parkent magistral kanaliga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 avgustdagi 02/25-1232-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan hisoblash algoritmi iste’molchilarga suvni diskret etkazib berish sharoitida irrigatsiya tizimi suv resurslarida yo‘qotishlarni 7-10%gacha kamaytirish hamda ekin maydonlarini sug‘orishning samaradorligini 5%gacha va olinadigan hosilning sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish