Sarimsakov Baxtiyor Raxmonjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ishlab chiqarish korxonalarida personal boshqaruvni takomillashtirish (“O’zbekko’mir” AJ misolida)”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt676.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muftaydinov Qiyomiddin, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar iqtisodiyot fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sotvoldiev Nodirbek Jo‘raboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Qodirov Abdusattorxo‘ja.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ishlab chiqarish korxonalarida personal boshqaruvini takomillashtirish (O‘zbekko‘mir AJ misolida) bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“personal boshqaruvi va kadrlar siyosatini muvofiqlashtirish metodologiyasi” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni institutsional va operativ chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan, personal boshqaruv samaradorligini oshirish orqali mehnat bozorining rivojlanishi hamda kadrlar siyosatining shaffofligi kabi omillarning o‘zaro ta’sirlari va uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish korxonalarida ish samaradorligi (K1=0,5, V1=0,92), sifat ko‘rsatkichi (K2=0,3, V2=0,88), motivatsiya darajasi (K3=0,2, V3=0,78)ga qarab integral baholash yondashuvi orqali personalning mehnat samaradorligini aniq va tizimli ravishda tahlil qilishni “yuqori” (1-0,9), “o‘rta” (0,89-0,6), “past” (0,59-0,5) chegara yondashuvlariga ko‘ra baholash asoslangan;
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida personal salohiyatini boshqarish tizimi tarkibiga “kompleks nazoratni muvofiqlashtiruvchi” va “personal boshqaruvi va xodimlar menejeri tayyorlash” bo‘limi strategiyasini kiritishning iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
boshqaruvi va kadrlar siyosatining muvofiqlik orqali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida personal kompetensiyasi darajasini “kutilgandan yuqori darajadagi muvofiqlik” (1,5<Kyu<1,01), “kutilgandan yaxshi darajadagi muvofiqlik” (1,0<Kya<0,9), “kutilgandan o‘rta darajadagi muvofiqlik” (0,89<Ko‘r<0,7), “kutilgandan qoniqarli darajadagi muvofiqlik” (0,69<Kql<0,55), “kutilgandan pastroq darajadagi muvofiqlik” (0,54<Kps<0,35), “kutilgandan o‘ta past darajadagi muvofiqlik” (0,34<Ko‘tp<0) yondashuvlari orqali baholash asoslangan;
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimini rivojlantirishda uning tashkiliy boshqaruv samaradorligiga ta’sir etuvchi va mahsulotini sotish hajmini, qayta ishlash xarajatlari va texnikalarni amortizatsiya summasi omillari bo‘yicha 2030-yilgacha ko‘mir qazib chiqarish hajmining prognoz parametrlarining ssenariy variantlari ishlab chiqish orqali uslubiy yondashuv asoslangan.
IV. Ishlab chiqarish korxonalarida personal boshqaruvni takomillashtirish (“O‘zbekko‘mir” AJ misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar natijalar asosida:
“personal boshqaruvi va kadrlar siyosatini muvofiqlashtirish metodologiyasi” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni institutsional va operativ chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan, personal boshqaruv samaradorligini oshirish orqali mehnat bozorining rivojlanishi hamda kadrlar siyosatining shaffofligi kabi omillarning o‘zaro ta’sirlari va uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy ta’limning 60410100-“Iqtisodiyot” va 60411000- “Inson resurslarini boshqarish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Personalni boshqarish” fanidan o‘quv uslubiy majmua va o‘quv dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-dekabrdagi 4/17-18/12-226-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan o‘quv dasturi, o‘quv uslubiy majmualarda foydalanish talabalarda personal boshqaruv samaradorligi, mehnat bozori va kadrlar siyosatini uyg‘unlashgan holda, o‘zaro hamkorlikda ishlash tizimining nazariy-uslubiy jihatlarini hamda “personal boshqaruvi va kadrlar siyosatini muvofiqlashtirish” singari iqtisodiy tushunchalarning mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlariga imkon yaratgan;
ishlab chiqarish korxonalarida ish samaradorligi (K1=0,5, V1=0,92), sifat ko‘rsatkichi (K2=0,3, V2=0,88), motivatsiya darajasi (K3=0,2, V3=0,78)ga qarab integral baholash yondashuvi orqali personalning mehnat samaradorligini aniq va tizimli ravishda tahlil qilishni “yuqori” (1-0,9), “o‘rta” (0,89-0,6), “past” (0,59-0,5) chegara yondashuvlariga ko‘ra baholash bo‘yicha takliflardan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 8-fevraldagi 23-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 26-iyuldagi 01-12/1416-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi ish samaradorligini 7 %ga, sifat ko‘rsatkichi 11%, motivatsiya darajasi 10%ga oshirish va ushbu jarayon qatnashuvchilarining sinergetik samaradorligini 17%ga oshirish imkonini beradi;
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida personal salohiyatini boshqarish tizimi tarkibiga “kompleks nazoratni muvofiqlashtiruvchi” va “Xodimlar menejeri” bo‘limi strategiyasini kiritishning iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflardan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 8-fevraldagi 23-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 26-iyuldagi 01-12/1416-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zbekko‘mir” AJning personal boshqaruv tizimi tarkibiga “kompleks nazoratni muvofiqlashtiruvchi” va “Xodimlar menejeri” bo‘limi strategiyasini kiritish hisobiga mavjud ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishi hamda ishlab chiqarish fondlarini kompleks nazoratni muvofiqlashtirish natijasida 5,3 %ga oshirish imkonini bergan.
boshqaruvi va kadrlar siyosatining muvofiqlik orqali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida personal kompetensiyasi darajasini “kutilgandan yuqori darajadagi muvofiqlik” (1,5<Kyu<1,01), “kutilgandan yaxshi darajadagi muvofiqlik” (1,0<Kya<0,9), “kutilgandan o‘rta darajadagi muvofiqlik” (0,89<Ko‘r<0,7), “kutilgandan qoniqarli darajadagi muvofiqlik” (0,69<Kql<0,55), “kutilgandan pastroq darajadagi muvofiqlik” (0,54<Kps<0,35), “kutilgandan o‘ta past darajadagi muvofiqlik” (0,34<Ko‘tp<0) yondashuvlari orqali baholash takliflardan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 8-fevraldagi 23-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 26-iyuldagi 01-12/1416-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida personal boshqaruvi va kadrlar siyosatining muvofiqlik orqali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida personal kompetensiyasi darajasi mos ravishda kutilgandan o‘rta darajadagi muvofiqlikni baholash imkoniyatini yaratgan;
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimini rivojlantirishda uning tashkiliy boshqaruv samaradorligiga ta’sir etuvchi va mahsulotini sotish hajmini, qayta ishlash xarajatlari va texnikalarni amortizatsiya summasi omillari bo‘yicha 2030-yilgacha ko‘mir qazib chiqarish hajmining prognoz parametrlarining ssenariy variantlari ishlab chiqish orqali uslubiy yondashuv takliflardan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 8-fevraldagi 23-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 26-iyuldagi 01-12/1416-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ko‘mir qazib chiqarish hajmining 2030-yilda 2024-yilga nisbatan 2,31 barobar hamda 2,1 barobarga o‘sish prognozi hisoblab chiqildi.