Kuchkarova Muxayyo Kurambaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek populyasiyasi vakillarining frontal sefalometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning klinikada qo‘llanilishi» 14.00.21 – Stomatologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD /2284 
Ilmiy maslahatchi: Murtazaev Saidmurodxon Saidialoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kosyuga Svetlana Yur`evna tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi) 
Yetakchi tashkilot: Samsung tibbiyot markazi (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek populyasiyasining normal fiziologik prikusli vakillarining frontal sefalometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash va klinikada qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tish qatorlari shakllangan va normal prikusli o‘zbek populyasiyasi vakillari frontal sefalogrammalarining o‘rtacha sefalometrik ko‘rsatkichlari asosida yuz soxasining tuzilishini, fazoviy orientatsiyasi, hamda jag‘lararo va tishlararo munosabatini inobatga olgan holda ayollarning yuzlari 1,07 barobar kengrok (ZA-ZA), erkaklarning yuzlari 1,05 barobar uzunchoqroq (Cg-Me) ekanligi aniqlangan;
tish qatorlari shakllangan va normal prikusli O‘zbek populyasiyasi vakillarining frontal sefalometrik ko‘rsatkichlarida Rickets buyicha chiziqli va burchakli umumiy ko‘rsatkichlarni 78,95% da, Grummons bo‘yicha 72,23%da, Hewitt bo‘yicha “Kraniofatsial triangulyasiya”si yuzalarida 71,42% da tafovutlar mavjudligi isbotlangan;
tish qatorlari shakllangan va normal prikusli O‘zbek populyasiyasi va boshqa etnik guruhi vakillarining frontal sefalometrik ko‘rsatkichlarini taqqoslash asosida Lotin Amerikaliklarga nisbatan 22%, Quvaytliklarga nisbatan 27% gacha tafovut mavjudligi, shuningdek O‘zbeklar va Turklar etnik jihatdan nisbatan (11,1%) yaqin ekanligini aniqlangan;
frontal sefalogramma yordamida bosh chanog‘i, yuz suyaklarida va tish-jag‘ tizimidagi transverzal yo‘nalishdagi namoyon bo‘lgan anomaliyalarning mavjudligini va og‘irlik darajasini baholashga imkon beruvchi tashxislash indeksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek populyasiyasi vakillarining frontal sefalometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni klinikada qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/26-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tish qatorlari shakllangan va normal prikusli o‘zbek populyasiyasi vakillari frontal sefalogrammalarining o‘rtacha sefalometrik ko‘rsatkichlari asosida yuz soxasining tuzilishini, fazoviy orientatsiyasi, hamda jag‘lararo va tishlararo munosabatini inobatga olgan holda ayollarning yuzlari 1,07 barobar kengrok (ZA-ZA), erkaklarning yuzlari 1,05 barobar uzunchoqroq (Cg-Me) ekanligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi; olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 3 sonli bolalar poliklinikasi bo‘yicha  buyruq (5.05.2022 y;№ 34/1) hamda Shaxar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (10.05.2022y;№ 48/2) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘smirlarda jinsga bog‘liq xolda yuz-jag‘-tish sohasida transverzal yo‘nalishdagi namoyon bo‘lgan anomaliyalariga erta tashxis qo‘yish va kelajakda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bosh chanog‘i, yuz suyaklarida va tish-jag‘ tizimidagi transverzal yo‘nalishdagi namoyon bo‘lgan anomaliyalarning mavjudligini va og‘irlik darajasini baholashga imkon beruvchi aniq sefalometrik ko‘rsatkichlar bemorlarni tashxis qo‘yish jarayonidagi  tashriflar sonini va sarflanadigan vaqtni 2 barobarga kamaytirdi. Xulosa: Normal fiziologik prikusli o‘zbek populyasiyasi vakillarining frontal sefalometrik ko‘rsatkichlari o‘zbeklarning yuz tuzilishida o‘ziga xosligini ko‘rsatadi, ya’ni ZA-ZA nuqtalari orasidagi masofa (130,5±6,25) yuz kengligini va Co-Ag-Me burchagi (121,08±0,98) pastki jag‘ burchagining yaqqolroq namoyon bo‘lganini ko‘rsatdi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: tish qatorlari shakllangan va normal prikusli O‘zbek populyasiyasining vakillarida aniqlangan frontal sefalometrik ko‘rsatkichlarida Rickets buyicha chiziqli va burchakli umumiy ko‘rsatkichlarni 78,95% da, Grummons bo‘yicha 72,23%da, Hewitt bo‘yicha “Kraniofatsial triangulyasiya”si yuzalarida 71,42%da tafovutlar mavjudligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi; olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 3 sonli bolalar poliklinikasi buyruq (5.05.2022 y;№34/1) va Shaxar 7-son klinik shifoxonasi buyruq (10.05.2022y;№48/2) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: O‘zbeklar uchun aniqlangan frontal sefalometrik ko‘rsatkichlardan foydalanib tashxislashda  prikus anomaliyalarining kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlari oldi olinadi, shu bilan birgalikda sefalometrik taxlillar kerakli ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil o‘tkazishning an’anaviy usuli bilan hisob-kitoblarga sarflangan vaqt tejaladi. Iqtisodiy samaradorligi: yuz-jag‘ tizimining aynan qaysi qismida anomaliya mavjudligiga qarab, muolaja turi tanlash imkoniyati kengayadi va tanlanadigan ortodontik davo choralarining kamida ikkita etapi kamayadi. Bu esa o‘z navbatida ortiqcha sarf-xarajatni kamaytiradi. Xulosa: Frontal sefalometrik taxlil o‘tkazish mobaynida, o‘zbeklar uchun aniqlangan frontal sefalometrik ko‘rsatkichlardan foydalanish lozimligini ko‘rsatadi.
uchinchi ilmiy yangilik: tish qatorlari shakllangan va normal prikusli O‘zbek populyasiyasi va boshqa etnik guruhi vakillarining frontal sefalometrik ko‘rsatkichlarini taqqoslash asosida Lotin Amerikaliklarga nisbatan 22%, Quvaytliklarga nisbatan 27% gacha tafovut mavjudligi, shuningdek O‘zbeklar va Turklar etnik jihatdan nisbatan (11,1%) yaqin ekanligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi; olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 3 sonli bolalar poliklinikasi buyruq (5.05.2022y;№34/1 va №34/2) va Shaxar 7-son klinik shifoxonasi buyruq (10.05.2022y; №48/2va 49/2) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: yuz-jag‘-tish tizimining transverzal yo‘nalishdagi  anomaliyalarga to‘liq tashxis qo‘yish, oqilona prognozlash va kesishgan tishlov muammosini samarali davolash taktikasini tanlash asosida okklyuzion nisbatlarni tiklanishi va yuz estetikasini yaxshilanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: yuz suyaklarining simmetrikligini qayta tiklash uchun olib boriladigan ortodontik davolashda taklif qilingan ko‘rsatkichlardan foydalanilgan bemorlarda umumiy aktivatsiyalar sonidan o‘rtacha 3ta aktivatsiyaga teng xarajat- 114600 so‘mini tejash imkonini beradi. Xulosa: Rickets bo‘yicha frontal sefalometrik ko‘rsatkichlari o‘zbeklar va turklar etnik jihatdan yaqin ekanligini bildiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: frontal sefalogramma yordamida bosh chanog‘i, yuz suyaklarida va tish-jag‘ tizimidagi transverzal yo‘nalishdagi namoyon bo‘lgan anomaliyalarning mavjudligini va og‘irlik darajasini baholashga imkon beruvchi tashxislash indeksi ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi; olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 3 sonli bolalar poliklinikasi buyruq (5.05.2022y;№34/2) va Shaxar 7-son klinik shifoxonasi buyruq (10.05.2022y;№49/2)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Transverzal yo‘nalishdagi namoyon bo‘lgan anomaliyalarning mavjudligi va darajasini baholashga imkon beruvchi tashxislash indeksi ortodontlarga va yuz-jag‘ jarroxlari ishining ergonomikasini oshirdi. Erishilgan natijalarni butun umrga saqlab qolishga va bemorlarning psixo-emotsional holatini yaxshilanishiga va ijtimoiy hayotga qaytishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks davodan keyin residivlar sonini keskin kamayadi. Qayta ortodontik davolash uchun 594400 so‘m va bir kishining jarroxlik muolajalari residiv bergan xolatdagi davolanishi uchun sarflanadigan 1044000 so‘m pul mablag‘larini tejalishiga olib keladi. Xulosa:O‘zbek populyasiyasi uchun ishlab chiqilgan frontal sefalometrik ko‘rsatkichlar kompleks davo rejalashtirishda, ortodontlar va jarrohlar uchun yuz-jag‘ sohasining aynan qaysi qismida o‘zgartirishlar zarurligini ko‘rsatib beradi. Buning natijasida jag‘ deformatsiyalarining residiv berish darajasi (34%ga) keskin kamaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish