Po‘latova Diyora Farxod qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kristofer Baklining siyosiy satirik romanlarining badiiy o‘ziga xosligi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi (ingliz tili) (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2215.
Ilmiy rahbar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01. 
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nizamova Munira Nizamovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi K.Bakli ijodining Amerika komik adabiyotidagi ahamiyatini belgilaydigan siyosiy satirik romanlarining badiiy o‘ziga xosligini ko‘rsatishdan iborat.
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amerika siyosiy satirik roman janrining genetik, tipologik, funksional, falsafiy va psixologik tahlil yo‘nalishlari va prinsiplari, aks ettirayotgan davr, voqealar mohiyatini badiiy ifoda etishda ijodkorning satirik  mahorati va asarning estetik qimmati mashhur amerikalik yozuvchilar ijodi misolida komik nazariya va AQShning tarixiy-madaniy rivojlanish omillari bilan uzviylikda asoslangan;  
kompozisiya tuzilishi, sujet, obrazlar tizimi, personajlar xatti-harakatlari xarakter mantig‘iga muvofiq kelishi yoki kelmasligi muammosi, satirik tanqid obektlari, satirik an’analarning adabiy-estetik xususiyatlari, tasvirlanayotgan voqeani kutilmagan echim bilan xulosalash voqealar rivojining portlash kuchini, uning satirik quvvatini, badiiy effektini oshirishi, shuningdek, yozuvchi ijodining tanqidiy baholanishi asosida zamonaviy Amerika siyosatining badiiyatga ko‘chirilishida original mualliflik konsepsiyasi aniqlangan;
Kristofer Baklining “Oq uydagi tartibsizlik” (“The White House Mess”, 1986) va “Ular kuchukchalarni eyishadi, to‘g‘rimi?” (“They Eat Puppies, Don’t They?”, 2012) satirik siyosiy romanlaridagi amerikalik siyosatchilar va ularning muxoliflari obrazlarining tipologiyasi, zamonaviy amerikalik siyosatchining badiiy mazmun qirralari davr muammolari negizida dalillangan;
K.Bakli Amerika komik an’analari ta’sirida satirik siyosiy roman janriga, shakl va mazmun unsurlari tasviriga, satira yaratish usullari va vositalariga o‘zgarishlar kiritgani, badiiy ifodani siyosiy haqiqatlar bilan boyitgani yozuvchi uslubidagi o‘ziga xoslik  ekani aniqlangan holda,  satirik asar va ijodkor matonati, badiiy asar hamda jamiyat munosabati, satirik romanda qahramon ruhiyatining ifodalanish yo‘sini kabi mezonlar isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. K.Bakli siyosiy satirik romanlarining xususiyatlarini aniqlash natijasida olingan nazariy takliflar va amaliy natijalar asosida:
Amerika siyosiy satirik roman janrining genetik, tipologik, funksional, falsafiy va psixologik tahlil yo‘nalishlari va prinsiplari, aks ettirayotgan davr, voqealar mohiyatini badiiy ifoda etishda ijodkorning satirik  mahorati va asarning estetik qimmati mashhur amerikalik yozuvchilar ijodi misolida komik nazariya va AQShning tarixiy-madaniy rivojlanish omillari bilan uzviylikda asoslanganiga oid  nazariy xulosalardan Erasmus+ ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, 2020-1-UK01-KA107-078419 xalqaro loyihasida foydalanilgan  (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 9-apreldagi 01/216-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy va amaliy materiallar madaniy xilma-xillikni izohlashga hissa qo‘shgan va loyiha doirasida yaratilgan o‘quv-uslubiy majmuani nazariy jihatdan boyitgan;
kompozisiya tuzilishi, sujet, obrazlar tizimi, personajlar xatti-harakatlari xarakter mantig‘iga muvofiq kelishi yoki kelmasligi muammosi, satirik tanqid obektlari, satirik an’analarning adabiy-estetik xususiyatlari, tasvirlanayotgan voqeani kutilmagan echim bilan xulosalash voqealar rivojining portlash kuchini, uning satirik quvvatini, badiiy effektini oshirishi, shuningdek, yozuvchi ijodining tanqidiy baholanishi asosida zamonaviy Amerika siyosatining badiiyatga ko‘chirilishida original mualliflik konsepsiyasi aniqlangani xususidagi mulohazalardan Britaniya Kengashining 1683580 raqamli “English as a school subject” xalqaro loyihasida foydalanilgan  (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 9-apreldagi 01/215-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlar maktab o‘quvchilariga AQShning til va adabiyoti bilan tanishishga imkon beradigan o‘quv materiallarini yaratishga xizmat qilgan;
Kristofer Baklining “Oq uydagi tartibsizlik” (“The White House Mess”, 1986) va “Ular kuchukchalarni eyishadi, to‘g‘rimi?” (“They Eat Puppies, Don’t They?”, 2012) satirik siyosiy romanlaridagi amerikalik siyosatchilar va ularning muxoliflari obrazlarining tipologiyasi, zamonaviy amerikalik siyosatchining badiiy mazmun qirralari davr muammolari negizida dalillangani hamda K.Bakli Amerika komik an’analari ta’sirida satirik siyosiy roman janriga, shakl va mazmun unsurlari tasviriga, satira yaratish usullari va vositalariga o‘zgarishlar kiritgani, badiiy ifodani siyosiy haqiqatlar bilan boyitgani yozuvchi uslubidagi o‘ziga xoslik  ekani aniqlangan holda,  satirik asar va ijodkor matonati, badiiy asar hamda jamiyat munosabati, satirik romanda qahramon ruhiyatining ifodalanish yo‘sini kabi mezonlar isbotlangani to‘g‘risidagi xulosalardan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirligi va Rossotrudnichestvo diplomatik akademiyasining dolzarb xalqaro muammolar instituti “tahlil laboratoriyasi” nomli xalqaro qo‘shma amaliy loyihasida foydalanilgan (2023-yil 12-sentyabrdagi 2/120923-son ma’lumotnomasi). Natijada tahliliy materiallar trening topshiriqlari majmuasida analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish