Qambarov Nodirbek Mamatqodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablarining 5-6-7-sinflarida nemis tili o‘qitishning psixolingvistik xususiyatlari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1104
Ilmiy rahbar: Yusupova Shoxidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01. raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Artiqova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Saidumar Saydaliev, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.  Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining 5-6-7-sinflarida nemis tili o‘qitishning psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5-6-7 sinf o‘quvchilarining nutq ko‘nikmasini rivojlantirishda psixik (his etish, e’tibor berish, xotira, tasavvurga ega bo‘lish, idrok qilish) funksiyalarni inobatga olgan xolda lingvodidaktik yondashuvlar asosida autentik materiallar tizimi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning ta’limiy kompetensiyasini rivojlantirishda psixosotsiologik va psixofiziologik sifatlarni shaklantiruvchi nutqiy mexanizmlar bilan hamkorlikda ishlash texnologiyalari takomillashtirilgan;
introspeksiya psixologik metodidan samarali foydalangan xolda o‘quvchilar o‘z xatolarini tushinib etishi (Selbsteinschätzung) va to‘g‘rilay olish (Fehler korrigieren) qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan metodik ta’minoti rivojlantirilgan;
interaktiv metodlar yordamida aktiv leksik minimumni oshirish va o‘quvchilarning tanqidiy  fikrlashini rivojlantirishga  qaratilgan mashqlar tizimi takomillashtirilgan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
maktab o‘quvchilarining nemis tilida ta’limiy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan “Deusch” o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli guvohnomasi 5111400 “Xorijiy til va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi va bo‘lajak o‘qituvchilar uchun). Natijada maktab o‘qituvchilarining dars jarayonini samarali tashkil etishiga xizmat qilgan; 
chet tilini o‘qitishda pedagogik, didaktik, psixolingvistik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muloqotni amalga oshirish texnologiyalaridan F.Sh.Rizqulov rahbarligida 2011-2014 yillarida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar instituti 2022 yil 17 fevraldagi №267/30.02.01 sonli ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy faoliyatni amalga oshirishga tegishli autentik materiallarni yaratishga xizmat qilgan.
o‘quvchining yoshi, individual xususiyatlarini hisobga olish,  chet til o‘qitishda o‘smir psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, 5-6-7-sinf o‘quvchilarining o‘ziga xosliklari bo‘yicha pedagogik hamda psixologik  ilmiy-nazariy xulosalaridan o‘quv metodik majmualarini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim Markazining 2021 yil 7 dekabrdagi №01/11-02/02-1701 sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning nemis tilida ta’limiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
umumta’lim maktablarning 5-6-7-sinflarida nemis tili o‘qitishning psixolingvistik o‘ziga xos xususiyatlari, til o‘rganishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘llari, o‘quvchilarda ta’limiy kompetensiyasini rivojlantirishga doir nazariy va amaliy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2021 yil 13 sentyabrdagi №04-25-1477 sonli ma’lumotnomasi). Natijada nemis tilini o‘qitishda o‘quvchining muloqot jarayonida ruhiy kechinmalari va nutqiy faoliyati bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganishga doir taklif va tavsiyalari ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish