Olloqulova Farzona Umedillaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konsentrizm asosida ona tili darslarida tadqiqotchilik elementlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ona tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2024.3.PhD/Ped4840
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davranovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasa) nomi, IK raqami: Termiz davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01  raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:  
Abdiev Umirbek Begmatovich - pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Bobomurodova Anora Yavkachtievna - pedagogika fanlar nomzodi, dots.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat  pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: konsentrizm yondashuvi orqali  boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarida o‘quv-tadqiqotchilik elementlarini shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarda tadqiqotchilik elementlarini shakllantiruvchi tashkiliy-funksional modelning texnologik komponenti mazmuni monokonstruktiv va sotsiokonstruktiv o‘quv topshiriqlari bilan boyitish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim ona tili darslarida taksonomik qoidaga asoslanib o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarining shakllanganligini belgilovchi tarkibiy elementlar aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik elementlarini shakllantirishning metodik tizimi “Intensiv dastur” mahsuldorligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv-tadqiqotchilik elementlarini shakllantirish samaradorligi ona tili darslarida ijodiy-evristik topshiriqlardan foydalanish hamda o‘quv-tadqiqotchilik malakasini doimiy rivojlantirib borishga ustivorlik berish orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida konsentrizm asosida ona tili darslarida tadqiqotchilik elementlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida:
o‘quvchilarda tadqiqotchilik elementlarini shakllantiruvchi tashkiliy-funksional modelning texnologik komponenti mazmuni monokonstruktiv va sotsiokonstruktiv o‘quv topshiriqlari bilan boyitish orqali takomillashtirish, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim ona tili darslarida taksonomik qoidaga asoslanib o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarining shakllanganligini belgilovchi tarkibiy elementlarni aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich ta’lim amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 18-noyabr 01/11-6-967-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish faoliyati samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik elementlarini shakllantirishning metodik tizimini “Intensiv dastur” mahsuldorligini oshirish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Ta’lim-tarbiyaning dolzarb muammolari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan № 438119 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, umumta’lim maktab o‘quvchilarini o‘quv-tadqiqot faoliyatiga tayyorlashning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv-tadqiqotchilik elementlarini shakllantirish samaradorligini ona tili darslarida ijodiy-evristik topshiriqlardan foydalanish hamda o‘quv-tadqiqotchilik malakasini doimiy rivojlantirib borishga ustivorlik berish orqali oshirishga doir taklif va tavsiyalardan “Ta’lim-tarbiyaning dolzarb muammolari” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 18-noyabr 01/11-6-967-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i, 438119 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda intellektual, ijodkorlik va loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish