Ibrohimova Oylolaxon Xusnidbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini xalqaro chet tili o‘qitish dasturlari asosida rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4478.
Ilmiy rahbar: Alimov Sharobiddin Solievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Jamoldin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Abbasova Nargiza Qobilovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro chet tili o‘qitish dasturlarining mazmun-mohiyatini ochib berish va ular vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari ingliz tili fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
TESOL, TEFL, CELTA va TKT kabi xalqaro chet tili o‘qitish dasturlarining mazmuni va shakli metodik jihatdan yoritilib, ularning umumdidaktik va farqli jihatlari aniqlashtirilgan;
uzlyuksiz kasbiy rivojlanish kurslarida va mustaqil ta’lim jarayonida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini xalqaro chet tili o‘qitish dasturlari asosida rivojlantiruvchi mashqlar tizimi ishlab chiqilgan;
TESOL, TEFL, CELTA va TKT dasturlari asosida ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ, reflektiv, lingvomadaniy, psixologik, baholash, sinfni boshqarish, tadqiqot, media raqamli, rejalashtirish va kreativlik kompetensiyalarini aniqlab beruvchi va baholovchi kompetensiyaviy mezonlar ishlab chiqilgan;
TESOL, TEFL, CELTA va TKT dasturlari talablari doirasidagi kasbiy kompetensiyalarga ega zamonaviy ingliz tili o‘qituvchisi professiogrammasi (kasbiy portreti) va kasbiy kompetentlik sifat shkalasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
xalqaro chet tili o‘qitish dasturlari asosida takomillashgan kasbiy kompetensiyaga ega zamonaviy ingliz tili o‘qituvchisi professiogrammasi (kasbiy portreti) yaratilgan va kasbiy kompetentlik sifat shkalasi ishlab chiqilgan. Ushbu materiallardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan. (QarDUning 2024-yil 14-iyundagi 04/1767 ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmasi darajasini kasbiy kompetentlik sifat shkalasi vositasida muntazam tekshirib borish orqali kasbiy kompetensiyaviy salohiyati oshgan.
TESOL, TEFL, CELTA va TKT kabi xalqaro chet tili o‘qitish dasturlarining mazmuni tadqiq etilib, ularni joriy etish yuzasidan ilmiy amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Madaniy-ma’rifiy eshittirishlar” tomonidan tayyorlangan fasilitatsion resurslar tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” davlat muassasasi teleradiokanalining 2024-yil 25-apreldagi 04/36-558-sonli ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar xalqaro chet tili o‘qitish dasturlari mazmuni, shakli haqida tushunchaga va ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish bosqichlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgan.
pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish markazlarida ingliz tili fani mutaxassislik kursi o‘quv jarayonini TESOL, TEFL, CELTA va TKT dasturlari asosida tashkil qilish malaka oshirayotgan kurs tinglovchilari ya’ni ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyaviy bilimini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2024-yil 11-iyuldagi 01/11-1-439 ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili o‘qituvchilarining xalqaro chet tili o‘qitish dasturlaridagi zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda kompetensiyaviy bilim samaradorligi oshgan.
ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim (self-study) va o‘zini o‘zi baholash (self-assessment) ko‘nikmalari orqali rivojlantiruvchi mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur ma’lumot uzlyuksiz kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilari va oliy ta’lim muassasalarining xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha), filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha) ixtisosligidagi talabalar uchun tuzilgan „Methodology of using international programs in foreign language teaching“ o‘quv qo‘llanmasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi „218“-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 218-569). Natijalar ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyaviy bilim-ko‘nikmalari rivojlanishiga xizmat qilgan.