Iskandarov Aybek Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyodan masalalar echish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik-didaktik asoslari», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (kimyo)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5021.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.K.05.01
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlar doktori, professor; Mamajonov Shuxratjon Asqarovich pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida kimyo fanidan masalalar echishda tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik-didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo fanidan masalalar echish jarayonida tizimli tahlilni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari masalalarning mazmuniy-struktural xususiyatlari hamda ularni echish strategiyalariga ko‘ra didaktik klassifikatsiya va kombinator-metodik yondashuv asosida, faoliyatning mantiqiy ketma-ketligi hamda metodik uyg‘unligi tamoyillarini inobatga olgan holda aniqlashtirilgan.
kimyodan masalalar echish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik tizimi amaliy yoʻnaltirilgan ta’lim muhitini vazifani shakllantirish, tizimning tuzilishini aniqlash, model tuzish va tadqiq qilishga doir bosqichlar boʻyicha texnologizatsion jarayonni sintezlash orqali takomillashtirilgan;
kimyo masalalarini echish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning funksional-tuzilmaviy modeli maqsadli (masala echishga tizimli tahlil asosida yondashish), metodologik (innovatsion, integratsion faoliyatga yo‘naltirish), mazmunli (tashkil etish mexanizmlari, darajalari, didaktik materiallar), texnologik (faoliyat turlari, shakllari, vositalari, bosqichlari), natijaviy (baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari) komponentlari ta’lim mazmunini strukturalashtirish, uning didaktik imkoniyatlarini ichki integratsiya darajasining barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kimyodan masalalar echishda tizimli tahlilni amalga oshirishning tendensiyalarini aniqlash, “dinamik tizim”ning texnologik ta’minotini intensivlashtirishga doir konseptual, innovatsion, tadqiqiy fikrlashga maqbul sharoit yaratish hamda sinxronlashgan didaktik materiallar tizimini hosil qilish imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyodan masalalar echish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik-didaktik asoslarini yaratish boʻyicha ilmiy-metodik, amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
kimyo fanidan masalalar echish jarayonida tizimli tahlilni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari masalalarning mazmuniy-struktural xususiyatlari hamda ularni echish strategiyalariga ko‘ra didaktik klassifikatsiya va kombinator-metodik yondashuv asosida, faoliyatning mantiqiy ketma-ketligi hamda metodik uyg‘unligi tamoyillarini inobatga olgan holda aniqlashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi 274-sonli buyrug‘iga asosan “Kimyodan masalalar echish metodikasi” darsligiga 274-256 sonli guvohnoma). Natijada, ushbu darslik talabalarda kimyoviy masalalarni echish koʻnikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
kimyodan masalalar echish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik tizimi amaliy yoʻnaltirilgan ta’lim muhitini vazifani shakllantirish, tizimning tuzilishini aniqlash, model tuzish va tadqiq qilishga doir bosqichlar boʻyicha texnologizatsion jarayonni sintezlash orqali takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan “Organik kimyo” darsligiga 418-173 sonli guvohnoma). Natijada, kimyoviy masalalarni echishni ilmiy va amaliy integratsiyada tashkil etishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
kimyo masalalarini echish sohasida tizimli tahlilni amalga oshirishning funksional-tuzilmaviy modeli maqsadli (masala echishga tizimli tahlil asosida yondashish), metodologik (innovatsion, integratsion faoliyatga yo‘naltirish), mazmunli (tashkil etish mexanizmlari, darajalari, didaktik materiallar), texnologik (faoliyat turlari, shakllari, vositalari, bosqichlari), natijaviy (baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari) komponentlari ta’lim mazmunini strukturalashtirish, uning didaktik imkoniyatlarini ichki integratsiya darajasining barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2023-yil 28-sentyabrdagi 2/32-sonli qaroriga asosan “Kimyoviy hisoblash” darsligi 2023/298U-84 sonli guvohnomasi). Natijada, talabalarning kimyoviy masalalarni echishda nazariy va amalaiy ko‘nikmalarini hamda malakalarini rivojlantirishda fanlar intrgratsiyasidan foydalanish metodikalari rivojlantirilgan;
kimyodan masalalar echishda tizimli tahlilni amalga oshirishning tendensiyalarini aniqlash, “dinamik tizim”ning texnologik ta’minotini intensivlashtirishga doir konseptual, innovatsion, tadqiqiy fikrlashga maqbul sharoit yaratish hamda sinxronlashgan didaktik materiallar tizimini hosil qilish imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 4-oktyabrdagi 02/01-01-84-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning masalalar echish koʻnikmalarini shakllantirish borasida ijobiy natijalarga hamda ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish