Xasanova Sevara G‘iyosiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (kimyo)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7944.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.K.05.01
Rasmiy opponentlar: Xushvaqtova Xusnobod Solievna, pedagogika fanlari doktori, professor; O‘rinova Feruza O‘ljaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonini tashkil etishning individual yondashuv traektoriyasi bilan vertikal integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishning innovatsion didaktik ta’minoti (motivatsion-maqsadli, mazmunli-faoliyatli, qadriyatli) tamoyillari faol va interfaol o‘qitish shakllarining didaktik imkoniyatlarini ichki integrallashuv darajasi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning funksional-tuzilmaviy modeli motivatsion, kognitiv, faoliyatli komponentlarga yoʻnaltirilgan ta’lim mazmunini strukturalashtirish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli foydalanishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tabiiy fanlar ta’limida o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkil etishning taktik va strategik texnologiyalari faol va interfaol o‘qitish shakllarining (Tarmoqlar, Keys stadi, Loyiha, Ajurli arra strategiyasi, Hamkorlikdagi ta’lim texnologiyasi, muammoli ta’lim) didaktik imkoniyatlarini ichki integrallashuv darajasi barqarorligini ta’minlash, o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajalarini tahliliy-prognostik aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy fanlar ta’limida o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarinin rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonini tashkil etishning individual yondashuv traektoriyasi bilan vertikal integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflardan Respublika ta’lim markazi va YuNESKOning “Farg‘ona vodiysida yoshlarda ijtimoiy uyg‘unlik” mavzusiga oid loyihadagi vazifalarni bajarishda “Tabiiy fanlar orqali o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi Ilmiy kengashining 2021-yil 30-sentyabrdagi №.3 qarori). Natijada, o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarni rivojlantirishda o‘quvchilarning individual xususiyatlari (ijodkorlik, kommunikativlik, mantiqiy va tanqidiy fikrlash) hamda o‘qituvchi va o‘quvchilarning pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan;
tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishning innovatsion didaktik ta’minoti (motivatsion-maqsadli, mazmunli-faoliyatli, qadriyatli) tamoyillari faol va interfaol o‘qitish shakllarining didaktik imkoniyatlarini ichki integrallashuv darajasi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar umumta’lim maktablari 1-, 2-, 3-, 6-sinflari uchun Tabiy fanlar darsliklari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10-dekabrdagi 07- 07/1-2472-son bayonnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari Tabiiy fanlar ta’limida o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish  imkoniyati oshirilgan;
tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning funksional-tuzilmaviy modeli motivatsion, kognitiv, faoliyatli komponentlarga yoʻnaltirilgan ta’lim mazmunini strukturalashtirish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli foydalanishga dinamik ustuvorlik berish, tabiiy fanlar ta’limida o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkil etishning taktik va strategik texnologiyalari faol va interfaol o‘qitish shakllarining (Tarmoqlar, Keys stadi, Loyiha, Ajurli arra strategiyasi, Hamkorlikdagi ta’lim texnologiyasi, muammoli ta’lim) didaktik imkoniyatlarini ichki integrallashuv darajasi barqarorligini ta’minlash, o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajalarini tahliliy-prognostik aniqlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari asosida “Tabiiy fanlar ta’limida o‘quvchilarning o‘quv-bilish va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish” modeliga oid takliflaridan TTT/2021-14-01k sonli “Umumta’lim maktablarida STEM ta’limini joriy etish” loyihasi doirasida yaratilgan didaktik materiallar mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 4-noyabrdagi 11-05-6320/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida Tabiiy fanlarni o‘qitish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat talablari mazmunini kengaytirish hamda didaktik ta’minotini oshirish imkoni yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish