Akramov Muhammadali Murodjoning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chigitni linterlashdan oldin tozalash bilan chigit va momiq sifatini oshiruvchi tozalagich konstruksiyasini ishlab chiqish”, 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T4671
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Abdumalik  Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor, Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jinlangan chigitlarni iflosliklardan tozalash uskunasini ishlab chiqish bilan momiq va chigit sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinlangan chigitlarni linterlashdan oldin iflosliklardan tozalash uchun havo tezligini rostlovchi mexanizmli chigitlarni titkilovchi prujinali moslamaga ega pnevmatik tozalash uskuna konustruksiya ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan uskunaning tozalovchi kamera ichida harakatlanayotgan tukli chigitlarni massasini inobatga olib uning qiya tekislikdagi harakat tenglamasi asosida chigitdan iflosliklarni ajratishdagi tezliklarini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
uskuna tozalovchi kameradagi chigit oqimidan iflosliklarni ajratishda OY o‘qi bo‘yicha harakat ifodasidan chigit oqimidan bir qismini iflosliklardan ajratishdagi havo oqimi ta’siridagi uzatishda  kuchlar ta’sirida chigit oqimini ajratishdagi massalariga va yo‘naltirgichlarga bog‘liqlik tenglamasi ishlab chiqilgan;
jinlangan chigitni tozalash uskunasini ko‘p omilli tajribalar asosida chigit uzatish tarnovining og‘ish burchagini, iflosliklarni chiqarish quvurining burchagini va so‘ruvchi havo tezligining optimal qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinlangan chigitni iflosliklardan tozalash uskunasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
Chigitni ifloslillardan tozalash uskunasini Farg‘ona viloyati “BULUT TEXTIL” MChJga qarashli paxta tozalash korxonasining jin-linter sexiga joriy etildi (O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 28 oktyabrdagi №03/25- 2878 sonli ma’lumotnomasi). Natijada I-sanoat navli paxtalardan olingan chigitni tozalashdan so‘ng chigit iflosligi o‘rtacha 0,55% gacha tushushiga, tozalash samarasi 38,9% gacha kamayishiga, iflos aralashmalar tarkibida chigit miqdori 0,14% gacha kamayishiga erishilgan. Shuningdek IV-sanoat navli paxta chigitini tozalanganda ifloslik 2,1 % ga kamayishiga, tozalash samaradorligi 34,3 % ga ortishiga, chiqindidagi chigit miqdori 0,15 % gacha tushirilishiga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish