Muinova Nilufar Abdukarimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ayollar ijtimoiy-siyosiy huquqlari ta’minlanishining nazariy-huquqiy asoslari”, 12.00.01 – “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1132.
Ilmiy rahbar: Axmedova Muqaddasxon Tursunovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01
Rasmiy opponentlar: Usmanova Muborak Akmaldjanovna, yuridik fanlar doktori, professor; Ochilov O‘tkirbek Sayfullaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi ayollarni ijtimoiy-siyosiy huquqlari ta’minlanishining nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ish beruvchi homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning), shuningdek oilaning betob a’zosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra ularga tibbiy xulosaga muvofiq to‘liqsiz ish vaqti belgilashi shartligi asoslantirilgan;
o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanishi asoslantirilgan;
xotin-qizlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfatlariga daxldor masalalarini har tomonlama tahlil qilish, ularni bartaraf etishning eng maqbul yo‘llarini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovlar muntazam o‘tkazilib borilishi asoslantirilgan;
xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar haqidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi ustidan doimiy jamoatchilik nazoratini amalga oshirilishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: 
ish beruvchi homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning), shuningdek oilaning betob a’zosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra ularga tibbiy xulosaga muvofiq to‘liqsiz ish vaqti belgilashi shartligiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 398-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024 yil 22 maydagi 04/1-10-15/10-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mehnat sohasidagi ish beruvchi homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan birining iltimosiga ko‘ra ularga tibbiy xulosaga muvofiq to‘liqsiz ish vaqti belgilashiga oid qonunuchilikni takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 399-moddasida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024 yil 22 maydagi 04/1-10-15/10-son dalolatnomasi). Mazkur taklif  o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanishiga xizmat qilgan;
xotin-qizlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfatlariga daxldor masalalarini har tomonlama tahlil qilish, ularni bartaraf etishning eng maqbul yo‘llarini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovlar muntazam o‘tkazilib borilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondonining 2023 yil 23 sentyabrdagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bob, 8-qism, 8-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondonining 2024 yil 22 maydagi 1/5-555 son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi xotin-qizlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalrni har tomonlama tahlil qilish masalasidagi muammolarni echimini topishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar haqidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi ustidan doimiy jamoatchilik nazoratini amalga oshirilishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondonining 2023 yil 23 sentyabrdagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bob, 10-qism, 5-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondonining 2024 yil 22 maydagi 1/5-555 son dalolatnomasi). Ushbu taklif natijasida xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga zarur sharoitlarni yaratishdagi amaliy ishlarni yanada kuchaytirishga zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish