Amonov Feruz Salimovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy-huquqiy jihatlari”, 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Yu785
Ilmiy rahbar: Berdiyarov Shuxrat Namazbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zulfiqarov Sherzod Xurramovich, yuridik fanlar doktori, professor; Dadasheva Aqida Abdujabbarovna, yuridik fanlar doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarda davlat xizmatida jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida jamoatchilik tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga oid ayblov yoki tanqid bildirilgan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari unga nisbatan bildirilgan ayblov yoki tanqidga ommaviy izoh yoxud raddiya berishi lozimligiga oid normani belgilash zarurati asoslab berlgan;
vakolatli tuzilmalar faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholashni amalga oshirish maqsadida elektron raqamli imzo vositalari, mobil telefon raqamlari, shaxslarning biometrik ma’lumotlari, Mobil-ID, Face-ID kabi usullar bilan fuqarolarni “davlat auditi” dasturida autentifikasiyalashni amalga oshirish tartibini belgilash asoslab berilgan;
tashkilot rahbari hisobot davri (yarim yillik va yillik) yakunlangan kundan e’tiboran 30 kun muddatda brifing, matbuot konferensiyasining onlayn translyasiyasini tashkil etish yo‘li bilan o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibini joriy etish zarurati asoslab berilgan;
Milliy gvardiya organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil o‘tkazish, shuningdek, ularning natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlash lozimligi asoslantirilgan;
fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining Milliy gvardiya organlari faoliyatiga oid davlat siyosati bo‘yicha tashabbus va murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etishi mumkinligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: 
davlat xizmatida jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida jamoatchilik tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga oid ayblov yoki tanqid bildirilgan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari unga nisbatan bildirilgan ayblov yoki tanqidga ommaviy izoh yoxud raddiya berishi lozimligini belgilash to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”ning 17-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 24-apreldagi 12/05-2405-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
baholash uchun fuqarolarni «Davlat auditi» dasturida autentifikasiyalash elektron raqamli imzo vositalari, mobil telefon raqamlari, shaxslarning biometrik ma’lumotlari, Mobil-ID, Face-ID shuningdek boshqa usullar bilan belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar ishtirokidagi audit o‘tkaziladigan ob'ektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 20-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 24-apreldagi 12/05-2405-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifni maliyotga joriy etilishi vakolatli tuzilmalar faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholash tartibini belgilashga xizmatqilgan;
tashkilot rahbari hisobot davri (yarim yillik va yillik) yakunlangan kundan e’tiboran 30 kun muddatda brifing, matbuot konferensiyasining onlayn translyasiyasini tashkil etish yo‘li bilan o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibini joriy etish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 16-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 24-apreldagi 12/05-2405-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifni maliyotga joriy etilishi tashkilot rahbarining jamoatchilik oldida brifing, matbuot konferensiyasi o‘tkazilishini e’lon qilish va ularning onlayn translyasiyasini tashkil etish orqali o‘z faoliyati yuzasidan elektron hisobot berishi tartibini belgilashga xizmatqilgan;
Milliy gvardiya organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil o‘tkazish, shuningdek, ularning natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlashi lozimligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘modonining  2024-yil 14-fevraldagi 44-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi to‘g‘risida nizomning 2-bobi, 4-bandi oltinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Miliy gvardiyasi Yuridik ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasining 2024-yil 16-apreldagi 12/05-2405-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi aholi bilan ochik muloqot olib borishining yangi samarali vositalarini joriy etish, bunda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishini ta’minlash, ta’sirchan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy qilish va ularni amaliyotga to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qilgan; 
fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining Milliy gvardiya organlari faoliyatiga oid davlat siyosati bo‘yicha tashabbus va murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etishi mumkinligi oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘modonining  2024-yil 14-fevraldagi 44-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi to‘g‘risida nizomning 2-bobi, 5-bandi birinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Miliy gvardiyasi Yuridik ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasining 2024-yil 16-apreldagi 12/05-2405-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi Milliy gvardiya organlari nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish