Yusupov Fayzulla Yakubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Raqamlashtirish sharoitida korxonalarning moliyaviy baholash usullari va salohiyatidan foydalanish tizimini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3591.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abdullaeva Shaxlo Rustamovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01 
Rasmiy opponentlar: Nazarov Sharofiddin Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliev Ulug‘bek Mannonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy salohiyatini baholash aniqligini oshirish va uning raqamli transformatsiya sharoitida samarali foydalanish strategiyalarini takomillashtirishga imkon beruvchi samarali yondashuvlar va usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonada boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijadorligini oshirish va moliyaviy salohiyatining kompleks indeksini aniqlashda korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligi ko‘rsatkichlarini mezon sifatida kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tez o‘zgaruvchan raqamli muhitda korxonalar moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va yuzaga keluvchi noaniqliklarni minimallashtirishda risklarni boshqarishning prognoz - monitoring - tartibga solish tizimining uyg‘unligi hamda tavakkallikni boshqarishning innovatsion yondashuvi ustuvorligining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
korxonalar moliyaviy resurslarini boshqarish bo‘yicha strategiyalar raqamli iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish va raqamli texnologiyalarni jadallik bilan joriy etish sharoitidagi tejamkorlikni hisobga oluvchi, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, operatsion tavakkalliklarni kamaytirish va rentabellik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan yangi yondashuvlar asosida takomillashtirilib, korxonalarning moliyaviy baholashda operatsion risklarning chegaraviy qiymatini kamay-tirish orqali moliyaviy resurslarning tejamkorlik darajasini oshirish imkoniyatlari asoslangan;
Qashqadaryo viloyati xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining moliyaviy salohiyati bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar bog‘liqligining ekonometrik modeliga ko‘ra 2030 yilga qadar yalpi mahsulotdagi ulushi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy salohiyatini baholash aniqligini oshirish va uning raqamli transformatsiya sharoitida samarali foydalanish strategiyalarini takomil-lashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
korxonada boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijadorligini oshirish va moliyaviy salohiyatining kompleks indeksini aniqlashda korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligi ko‘rsatkichlarini mezon sifatida kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025 yil 6 martdagi 05-05/2140-sonli ma’lumotnomasi). Taklif korxonaning EBITDA va aktivlar rentabelligi (ROA) ko‘rsatkichlarini 15,0–20,0 foizga oshirish imkoniyatini kengaytirishga, avtomatlashtirilgan tekshiruvlar tufayli audit xarajatlarini 30,0 foizga qisqartirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
tez o‘zgaruvchan raqamli muhitda korxonalar moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va yuzaga keluvchi noaniqliklarni minimallashtirishda risklarni boshqarishning prognoz - monitoring - tartibga solish tizimining uyg‘unligi hamda tavakkallikni boshqarishning innovatsion yondashuvining ustuvorligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025 yil 6 martdagi 05-05/2140-sonli ma’lumotnomasi). Taklif blokcheyn texnologiyalari va sun’iy intellekt asosida xavflarni boshqarish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni joriy etilishiga ko‘ra moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini oshirib, xatoliklar va firibgarlik holatlari ehtimolini 35,0% ga kamaytirish, sun’iy intellekt algoritmlari moliyaviy xavflarni prognoz qilishni yaxshilab, modellarning aniqligini 20,0% ga oshirish, korxonalarga xavflarni minimallashtirish bo‘yicha oldindan chora-tadbirlar ko‘rish imkonini berib, o‘zgaruvchan raqamli muhitda moliyaviy yo‘qotishlarni 15,0–18,0% ga kamaytirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
korxonalar moliyaviy resurslarini boshqarish bo‘yicha strategiyalar raqamli iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish va raqamli texnologiyalarni jadallik bilan joriy etish sharoitidagi tejamkorlikni hisobga oluvchi, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, operatsion tavakkalliklarni kamaytirish va rentabellik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan yangi yondashuvlar asosida takomillashtirilib, korxonalarning moliyaviy baholashda operatsion risklarning chegaraviy qiymatini kamaytirish orqali moliyaviy resurslarning tejamkorlik darajasini oshirish imkoniyatlari taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi Farmonida inobatga olingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025 yil 6 martdagi 05-05/2140-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif korxonalarga moliyaviy ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishni o‘rtacha 30,0% ga tezlashtirish, katta ma’lumotlar va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish operatsion xavflarni aniqlash va kamaytirish jarayonini avvalgiga nisbatan 25,0% ga tezroq ta’minlash imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyati xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining moliyaviy salohiyati bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar bog‘liqligining ekonometrik modeliga ko‘ra 2030 yilga qadar yalpi mahsulotdagi ulushi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlaridan Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan mintaqdagi  korxonalarning moliyaviy holatini baholash va istiqbolda salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni asoslashda foydala-nilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025 yil 6 martdagi 05-05/2140-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif viloyati xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining moliyaviy salohiyatining amaldagi holatidan kelib chiqqan holda yalpi mahsulotdagi ulushi ko‘rsatkichlari hamda uzoq muddatli istiqboldagi asosiy faoliyat parametrlarining ishonchliligini ta’minlash va o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish