Avezova Sadoqat Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

1.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qima kallikreini va antioksidantlarning bosh miya infarktini davolashdagi o‘rni», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1. PhD/ Tib3436.
Ilmiy raxbar: Avakov Vyacheslav Ervandovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent  tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazida, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Satvaldieva Elmira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kim En-Din Danxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: S.D. Asfandiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega. 
II. Tadqiqotning maqsadi: standart terapiyaga selektiv vazodilatator - siydik kallidinogenazasi va antioksidant - edaravonni kiritish yo‘li bilan miya infarkti bilan og‘rigan bemorlarni davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor standart va kombinatsiyalangan (kallidinogenaza + edaravon) terapiyani qo‘llash bilan o‘tkir davrda ishemik insult bilan og‘rigan bemorlarda nevrologik holat, gemodinamika, gemostaz, reologiya va qon gazlarining me’yoriy ko‘rsatkichlari tiklanishi asoslangan;
davolashning alohida jihatlariga e’tibor qaratilgan avvalgi tadqiqotlardan farqli o‘laroq, ushbu ishda turli xil fiziologik parametrlarning o‘zaro ta’sirining yaxlit manzarasi baholangan, bu esa ushbu terapevtik sxemaning samaradorligi va ta’sir mexanizmlarini to‘liqroq baholash imkonini berishi isbotlangan;
kompleks yondashuv ishemik insul`tning o‘tkir davrida sodir bo‘lgan patofiziologik jarayonlarni tushunish darajasini ta’minlagan va ushbu kasallik terapiyasi takomillashtirilgan;
ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda kallidinogenazani qo‘llash ushbu patologiyani davolashda yangi yo‘nalishni ochgani va nogironlik foizini kamaytirganligini isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Miya infarkti bilan og‘rigan bemorlarni siydik kallidinogenazasi va antioksidant - edaravon yordamida davolash natijalarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: - ilk bor standart va kombinatsiyalangan (kallidinogenaza + edaravon) terapiyani qo‘llash bilan o‘tkir davrda ishemik insult bilan og‘rigan bemorlarda nevrologik holat, gemodinamika, gemostaz, reologiya va qon gazlarining me’yoriy ko‘rsatkichlari tiklanishi asoslanganligi bo‘yicha "Miya infarktini kompleks davolashda to‘qima kallikreini va antioksidantlar" nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va nashr etilgan, TTA Urganch filiali ekspert kengashi tomonidan 30.01.2024-yildagi 172-son bilan tasdiqlangan; miya infarktini kompleks davolashda siydik kallidinogenazasi va edaravonni birgalikda qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi reanimatsiya bo‘limlarida, (Buyruq № 45  07.02.24 y.),  TTA Urganch filiali klinikasida (06.02.24-yildagi 6-I-sonli buyruq) va Samarqand GMIda (13.11.2024-yildagi 4172-7-107-TB/2024-sonli buyruq)   (TTA Urganch filiali ekspert kengashining 2024-yil 29-fevraldagi 183-son ma’lumotnomasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024-yil 26-noyabrdagi 9-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi. Ishemik insul`tning o‘tkir davrida (insul`tning dastlabki belgilaridan keyin 48 soat ichida) siydik kallidinogenazasi (Kalgen 0.15 PNA) qo‘llanilganda nogironlikning 40,6% dan 20,4% gacha kamayishiga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi. O‘rganilayotgan bemorlarning reanimatsiya bo‘limida bo‘lish vaqti nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha 3 kundan 5 kungacha qisqargan. Bemorlarning klinika reanimatsiya bo‘limida bo‘lishining sutkalik xarajati 883000 so‘mni tashkil etgan. Agar bemorlarning reanimatsiya bo‘limida davolanish kunlarining qisqarishini hisobga olsak, o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolanganda 2 mln 649 ming so‘mdan 4 mln 415 ming so‘mgacha tejab qolish  imkoniyati isbotlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: -davolashning alohida jihatlariga e’tibor qaratilgan avvalgi tadqiqotlardan farqli o‘laroq, ushbu ishda turli xil fiziologik parametrlarning o‘zaro ta’sirining yaxlit manzarasini ko‘rib chiqilgan, bu esa ushbu kasallikning samaradorligi va ta’sir mexanizmlarini to‘liqroq baholash imkonini berishini isbotlaganligi bo‘yicha "Miya infarktini kompleks davolashda to‘qima kallikreini va antioksidantlar" nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va nashr etilgan, TTA Urganch filiali ekspert kengashi tomonidan 30.01.2024-yildagi 172-son bilan tasdiqlangan; miya infarktini kompleks davolashda siydik kallidinogenazasi va edaravonni birgalikda qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi reanimatsiya bo‘limlarida, (Buyruq № 45  07.02.24 y.),  TTA Urganch filiali klinikasida (06.02.24-yildagi 6-I-sonli buyruq) va Samarqand GMIda (13.11.2024-yildagi 4172-7-107-TB/2024-sonli buyruq) (TTA Urganch filiali ekspert kengashining 2024-yil 29-fevraldagi 183-son ma’lumotnomasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024-yil 26-noyabrdagi 9-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishemik insul`t (II) aksariyat iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda turg‘un nogironlikning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biridir. Okklyuziyalanayotgan tomir orqali qon oqimini tiklashning zamonaviy texnologiyalari ishemik insult oqibatlarini yaxshilashga imkon bergan, ammo insul`t tufayli o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini doimiy yo‘qotgan bemorlar soni juda ko‘pchiligicha qolmoqda.     Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni klinikaning resnimatsiya bo‘limida davolanishining soatlik xarajati 36000 so‘mni tashkil qilgan. Agar bemorlarning reanimatsiya bo‘limida bo‘lish kunlarining qisqarishini hisobga olsak, o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolanish bilan 2 mln 649 ming so‘mdan 4 mln 415 ming so‘mgacha iqtisod qilish mumkinligi isbotlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: kompleks yondashuv ishemik insul`tning o‘tkir davrida sodir bo‘lgan patofiziologik jarayonlarni tushunish darajasini ta’minlagan va ushbu kasallik terapiyasi takomillashtirilganligi bo‘yicha ishemik insul`tning o‘tkir davrida sodir bo‘ladigan patofiziologik jarayonlarni tushunish darajasini ta’minlagan va ushbu kasallik terapiyasini optimallashtirish uchun yangi istiqbollarni ochib bergan. "Miya infarktini kompleks davolashda to‘qima kallikreini va antioksidantlar" nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va nashr etilgan, TTA Urganch filiali ekspert kengashi tomonidan 30.01.2024-yildagi 172-son bilan tasdiqlangan; miya infarktini kompleks davolashda siydik kallidinogenazasi va edaravonni birgalikda qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi reanimatsiya bo‘limlarida , (Buyruq № 45  07.02.24 y.),  TTA Urganch filiali klinikasida (06.02.24-yildagi 6-I-sonli buyruq) va Samarqand GMIda (13.11.2024-yildagi 4172-7-107-TB/2024-sonli buyruq) (TTA Urganch filiali ekspert kengashining 2024-yil 29-fevraldagi 183-son ma’lumotnomasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024-yil 26-noyabrdagi 9-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: siydik kallidinogenazasi va edaravon bilan kombinatsiyalangan terapiyani qo‘llash samaradorligi va xavfsizligini kompleks baholash ushbu kombinatsiyaning ishemik insul`tning o‘tkir davrida ishemik kaskadga ta’sirini tushunishni yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning reanimatsiya bo‘limida va intensiv terapiyada bo‘lish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishdan iborat bo‘lgan. Bemorlarning intensiv terapiya va reanimatsiya bo‘limlarida davolanishlarining o‘rtacha davomiyligi 5±2 kunni tashkil etgan, bu nazorat guruhiga nisbatan 7±3 kundan sezilarli darajada past bo‘lgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda kallidinogenazani qo‘llash ushbu patologiyani davolashda yangi yo‘nalishni ochgani va nogironlik foizini kamaytirganligini isbotlanganligi bo‘yicha "Miya infarktini kompleks davolashda to‘qima kallikreini va antioksidantlar" nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va nashr etilgan, TTA Urganch filiali ekspert kengashi tomonidan 30.01.2024-yildagi 172-son bilan tasdiqlangan; miya infarktini kompleks davolashda siydik kallidinogenazasi va edaravonni birgalikda qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi reanimatsiya bo‘limlarida, (Buyruq № 45  07.02.24 y.),  TTA Urganch filiali klinikasida (06.02.24-yildagi 6-I-sonli buyruq) va Samarqand GMIda (13.11.2024-yildagi 4172-7-107-TB/2024-sonli buyruq) (TTA Urganch filiali ekspert kengashining 2024-yil 29-fevraldagi 183-son ma’lumotnomasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024-yil 26-noyabrdagi 9-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ko‘rsatilgan ko‘nikmalarni har qanday davolash-profilaktika muassasasining reanimatsiya bo‘limlariga joriy qilish mumkinligi isbotlangan. Muayyan mezonlar esa klinitsistga o‘tkir davrda ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarni olib borish taktikasida o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Ishemik insul`tning o‘tkir davrida kombinatsiyalangan terapiyaning ijobiy natijalari bemorlarning intensiv terapiya va reanimatsiya bo‘limlarida davolanishlarining o‘rtacha statistik vaqtini qisqartirish va o‘tkir davrda asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.Tadqiqotdagi bemorlarning reanimatsiya bo‘limida qolishining o‘rtacha  vaqti nazorat guruhiga nisbatan 3 kundan 5 kungacha qisqargan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish