Xudayberdieva Laylo Abdisamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olxo‘rini saqlashga yaroqli navlarini tanlash va quritish texnologiyalarini takomillashtirish”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1563.
Ilmiy rahbar: Xalmirzaev Dilmurad Kamilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdusattorov Baxtiyor Abdug‘oppor o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Olxo‘rining kechpishar navlarini saqlash va quritish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olxo‘ri navlari mevalarining saqlanuvchanligi va quritishbopligi yuqori bo‘lgan Berton, Vengerka fioletovaya va Vengerka domashnyaya navlari tanlangan;
mevalarni saqlashda shamolning tezligi 0,10-0,12 m/sek bo‘lganda nisbiy havo namliklarining issiqlik o‘tkazish jarayoniga va energiya sarfini 5% kamaytirishga ta’sir etish qonuniyati aniqlangan;
olxo‘ri navlari mevalari 60 kun saqlanganda, tabiiy vaznining kamayishi olxo‘rining naviga va saqlash sharoitlariga bog‘liqligi asoslangan;
mevalarga oldindan ishlov berishda natriy xlorid (NaCl) ning 1% konsentrasiyali ishchi eritmasi maqbul hisoblanib, mevalarni eritmaga botirib turish davomiyligi 8-10 soniya bo‘lganda, olxo‘ri navlarining qurish davomiyligi 14 sutkadan 11 sutkaga qisqarganligi va sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishi asoslangan;
olxo‘ri navlari mevalarini quyosh panelida quritishda etil oleat (C20H38O2) ning 4% konsentrasiyali ishchi eritmasi bilan 8-10 soniya ishlov berilganda, mevalarning qurish davomiyligi 18 kundan 14 kunga qisqarganligi va sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olxo‘ri navlari mevalarini saqlash va quritishda tayyor mahsulot chiqish ko‘rsatkichlariga turli omillar ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
olxo‘ri navlari mevalarini quritish ishlanmasi Namangan viloyati Chust tumanida olxo‘rining Berton navi hosilidan “Rustamali Karimov” fermer xo‘jaligi er maydonida etishtirilgan 10 tonna, Yangiqo‘rg‘on tumani “Voqqosov Moxiddin Komolxon o‘g‘li” YaTTda etishtirilgan 5 tonna xom-ashyo quritish uchun tayyorlab olinib, ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 11-martdagi № 11-22/03-25 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sof foyda ko‘rsatkichi 20 mln 005 ming so‘mni tashkil etib, rentabellik darajasi Berton navida 92,7% ni tashkil etgan.
olxo‘ri navlari mevalarini saqlash ishlanmasi Namangan viloyati Pop tumanida Berton navi hosilidan “Namangan Agrologistics” MChJ da 1 tonna, Yangiqo‘rg‘on tumani hududidagi “Voqqosov Moxiddin Komolxon o‘g‘li” YaTTda 1 tonna xom-ashyo saqlash uchun tayyorlab olinib, ishlab chiqarishga joriy etilgan. (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 11-martdagi № 11-22/03-25 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy harajatlar 9 mln 300 ming so‘m, sof foyda ko‘rsatkichi esa 7 mln 800 ming so‘mni tashkil etib, rentabellik darajasi Berton navida 50,9% bo‘lishi aniqlangan.