Jumaniyazov Davronbek Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkir Q-tishli miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarni olib borishda erta farmakologik optimallashtirishning yangi imkoniyatlari” 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib2685.
Ilmiy rahbar: Mullabaeva Go‘zal Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Nurali Abduraxmonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Qirg‘iz Respublikasi akademik M.Mirraximov nomidagi kardiologiya va terapiya milliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘tkir miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda angiotenzin reseptorlari va neprilizin ingibitorining klinik-neyrogumoral va gemodinamik ko‘rsatkichlarga ta’sirini baxolash asosida surunkali yurak etishmovchiligini davolash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha taklif ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir Q-tishchali miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda miokardning reperuziyasini o‘tkazish natriyuretik peptid, eruvchan ST2 fermenti darajalariga ijobiy ta’siri aniqlangan;
o‘tkir Q-tishchali MI bo‘lgan bemorlarning ayrim klinik anamnestik ko‘rsatkichlari (semizlik, chekish) va fibroz-yallig‘lanish markeri ST2 fermentinining qondagi konsentratsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor sakubitril/val`sartanning o‘tkir miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarga erta tayinlanishining yurakning yakuniy diastolik xajm, otish fraksiyasiga, jismoniy zo‘riqmaga chidamlilikka, neyrogumoral ko‘rsatkichlarga ta’siri baholanib, bunda sakubitril/val`sartanning ijobiy ta’siri miokard reperfuziyasi muolajasiga bog‘liq bo‘lmaganligi aniqlangan;
ilk bor Q-tishchali miokard o‘tkazgan bemorlardning neyrogumoral tizimining faoliyatiga, miokardning reperfuziyasining o‘tkazilishiga ko‘ra medikamentoz terapiyaning personalashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining xuzuridagi ilmiy texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12 sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqotd ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №12/30 sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir Q-tishchali miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda natriyuretik peptid, eruvchan ST2 fermenti darajalari va miokard reperfuziyasi muolajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan bo‘lib, ushbu tashxis qo‘yish taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 20 yanvardagi 4-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «O‘tkir miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda neyrogumoral tizimni ko‘rsatkichlarini xisobga olgan xolda antiremodellovchi davoni qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATMning Urganch filialida 2024 yil 15 fevraldagi 51-son hamda Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 2 dekabrdagi 51-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir miokardi o‘tkazgan bemorlarni tashxis qo‘yishda, davolash taktikasini tanlashda, o‘tkir davrdagi asoratlar va kasallikning prognozini bashoratlashga yordam beradi, bemorlarda nogironlikni oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir Q-tishchali miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda natriyuretik peptid, eruvchan ST2 fermenti darajalari va miokard reperfuziyasi muolajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanganishi xar bir bemor uchun 651303 so‘m tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir Q-tishchali MI bo‘lgan bemorlarning ST2 fermenti va klinik va anamnestik parametrlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan bo‘lib, ushbu tashxis qo‘yish taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 20 yanvardagi 4-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «O‘tkir miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda neyrogumoral tizimni ko‘rsatkichlarini xisobga olgan xolda antiremodellovchi davoni qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATMning Urganch filialida 2024 yil 15 fevraldagi 51-son hamda Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 2 dekabrdagi 51-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir miokardi o‘tkazgan bemorlarni tashxis qo‘yishda, davolash taktikasini tanlashda, o‘tkir davrdagi asoratlar va kasallikning prognozini bashoratlashga yordam beradi, bemorlarda nogironlikni oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir Q-tishchali miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda ST2 fermenti va klinik va anamnestik parametrlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanishi xar bir bemor uchun 651303 so‘m tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: sakubitril/val`sartan erta tayinlanishining gemodinamika ko‘rsatkichlariga, jismoniy zo‘riqmaga chidamlilikka, neyrogumoral ko‘rsatkichlarga ta’siri baholanib, bunda sakubitril/val`sartanning ijobiy ta’siri miokard reperfuziyasi muolajasiga bog‘liq bo‘lmaganligi aniqlangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi munofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 20 yanvardagi 4-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «O‘tkir miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda neyrogumoral tizimni ko‘rsatkichlarini xisobga olgan xolda antiremodellovchi davoni qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATMning Urganch filialida 2024 yil 15 fevraldagi 51-son hamda Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 2 dekabrdagi 51-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir miokardi o‘tkazgan bemorlarni tashxis qo‘yishda, davolash taktikasini tanlashda, o‘tkir davrdagi asoratlar va kasallikning prognozini bashoratlashga yordam beradi, bemorlarda nogironlikni oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir Q-tishchali miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda sakubitril/valsartan erta tayinlanishining gemodinamika ko‘rsatkichlariga, jismoniy zo‘riqmaga chidamlilikka, neyrogumoral ko‘rsatkichlarga ta’siri baholanib, bunda sakubitril/val`sartanning ijobiy ta’siri miokard reperfuziyasi muolajasiga bog‘liq bo‘lmaganligini aniqlash, xar bir bemor uchun 879603 so‘m tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: neyrogumoral fonga, shuningdek, o‘tkazilgan miokard reperfuziyasiga ko‘ra Q-tishchali MI da antiremodellovchi terapiyaning differensial tanlanishi algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 20 yanvardagi 4-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «O‘tkir miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda neyrogumoral tizimni ko‘rsatkichlarini xisobga olgan xolda antiremodellovchi davoni qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIKIATMning Urganch filialida 2024 yil 15 fevraldagi 51-son hamda Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 2 dekabrdagi 51-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir miokardi o‘tkazgan bemorlarni tashxis qo‘yishda, davolash taktikasini tanlashda, o‘tkir davrdagi asoratlar va kasallikning prognozini bashoratlashga yordam beradi, bemorlarda nogironlikni oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: neyrogumoral fonga, shuningdek, o‘tkazilgan miokard reperfuziyasiga ko‘ra Q-tishchali MI da antiremodellovchi terapiyaning differensial tanlanishi algoritmini qo‘llash, xar bir bemor uchun 879603 so‘m tejash imkonini beradi.