Xalilova Nilufarxon Bahromovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qo‘qon xonligi tarixiga doir manbalardagi antroponimlarning sotsiolingvistik va lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil 3311  
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Inomjon Mamasodikovich, filologiya fanlari        doktori(DSc), dotsent; Xudoyberganov Ravshan Yusupovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qo‘qon xonligi antroponimiyasining sotsiolingvistik va lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarixiy antroponimlar qimmatli tarixiy, etnografik, etikaviy va estetik, diniy-mifologik ma’lumotlarni ifodalashi, ularning o‘ziga xos lisoniy xususiyatlari va tarixiy asarlardagi nominativ, indikatorlik, milliy-madaniy, farqlash, mafkuraviy-siyosiy, genderologik vazifalari aniqlangan;
Qo‘qon xonligiga doir ismlar va laqablarning milliy urf-odatlar, an’analar, diniy e’tiqodlar, ijtimoiy tabaqalar bilan bog‘liq sotsiolingvistik va lingvokulturologik jihatlari ochib berilgan; 
Qo‘qon xonlari va xonzodalarining ism hamda laqablarining milliy urf-odat, an’ana, marosim, diniy e’tiqod, mansab, lavozim, mashg‘ulot, kasb bilan bog‘liq nominatsion-motivatsion, lug‘aviy, tarixiy-etimologik asoslari, ma’nolari, davr va mahalliy dialektlar bilan bog‘liq fonetik hamda leksik variantlari yoritilgan;
tarixiy laqablarning nominatsion-motivatsion, ma’noviy, qiyosiy-tarixiy guruhlari, kelib chiqishi bilan bog‘liq milliy, mafkuraviy, sotsiolingvistik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘qon xonligiga oid tarixiy manbalardagi antroponimlarning tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:  
tarixiy antroponimlar qimmatli tarixiy, etnografik, etikaviy va estetik, diniy-mifologik ma’lumotlarni ifodalashi, ularning o‘ziga xos lisoniy xususiyatlari va tarixiy asarlardagi nominativ, indikatorlik, milliy-madaniy, farqlash, mafkuraviy-siyosiy, genderologik vazifalarining aniqlanishiga oid faktik materiallardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasida o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori ma’lumotlar bazasini yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 21-noyabrdagi 04/1-3352 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, morfologik analizator ma’lumotlar bazasi onomastik birliklarning til tizimidagi o‘rni, ularning lisoniy xususiyatlariga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
Qo‘qon xonligiga doir ismlar va laqablarning milliy urf-odatlar, an’analar, diniy e’tiqodlar, ijtimoiy tabaqalar bilan bog‘liq sotsiolingvistik va lingvokulturologik xususiyatiga doir tahlillardan hamda tarixiy laqablarning nominatsion-motivatsion, ma’noviy, qiyosiy-tarixiy jihatlardan yaratilgan tasniflariga va ularning etimologik, milliy-mafkuraviy, sotsiolingvistik xususiyatlari oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada milliy nomlarning sotsiolingvistik tadqiqi, atalish motivlariga ko‘ra turlari, nomlash qonuniyatlariga oid ma’lumotlarni ilmiy umumlashtirishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2024-yil 25-noyabrdagi 1661-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, interaktiv elektron platformaning atoqli otlarning til tizimidagi o‘rni, ularning lisoniy xususiyatlariga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
Qo‘qon xonlari va xonzodalarining ism hamda laqablarining milliy urf-odat, an’ana, marosim, diniy e’tiqod, mansab, lavozim, mashg‘ulot, kasb bilan bog‘liq nominatsion-motivatsion, lug‘aviy, tarixiy-etimologik asoslari, ma’nolari, davr va mahalliy dialektlar bilan bog‘liq fonetik hamda leksik variantlariga doir ilmiy qarashlari hamda xulosalaridan 2023-2024-yillarda “O‘zbekiston” Milliy teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda va mazmunini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 14-noyabrdagi 26-36-922-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, radiodasturlarning ta’sirchanligi ortgan, mazmunan mukammallashgan, ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish