Shonazarov Adxamjon Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda interaktiv 3D virtual dinamik modellarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2760.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xamrakulov Abdurahmat Karimovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Namangan muhandisik-qurilish instituti huzuridagi Ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.90.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Asqarova O‘g‘ulxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Shokirova Charosxon Turg‘unovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari talabalarining grafik kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida interaktiv 3D virtual dinamik modellarni qo‘llashning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chizmalarni interaktiv va dinamik muhitda o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish hamda fazoviy tafakkurni shakllantirish va didaktik funksionallikni rivojlantirishda vizualizatsiya va ko‘rgazmalilik samaradorligini oshirish maqsadida interaktiv vositalardan foydalanish orqali “Chizma geometriya va muhandiklik grafikasi” fanining o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
“Chizma geometriyai va muhandiklik grafikasi” fanini o‘qitishda interaktiv o‘yin elementlari, animatsiyalar va kompyuter modellaridan foydalanish orqali talabalarning texnik ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda muhandislik kompetensiyalarini shakllantirishni jadallashtirish pedagogik jihandan asoslangan;
grafik ilovalar bilan ta’minlangan elektron testlarlardan foydalanib talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va baholashning amaliy ahamiyati ta’lim olish fuksiyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
an’anaviy va masofaviy ta’lim sharoitida “Chizma geometriyai va muhandiklik grafikasi” fanini o‘qitish samaradorligini oshirish hamda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida GeoGebra platformasi uchun interaktiv resurslar yaratish orqali o‘quv jarayonini tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o‘qitishda interaktiv 3D virtual dinamik modellarni qo‘llashga oid nazariy va amaliy takliflar asosida:
interaktiv vositalarning vizualizatsiya va ko‘rgazmalilik samaradorligini oshirishdagi roli ilmiy tahlil qilinib, ularning chizmalarni interaktiv va dinamik muhitda o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalarning fazoviy tafakkurini shakllantirish va didaktik funksionalligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodika takomillashtirildi. Shu bilan birga, «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanida interaktiv o‘yin elementlari, animatsiyalar va model-konstruktorlardan foydalanish muhandislik chizmalarini o‘zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirish, talabalarning muhandislik kompetensiyalarini shakllantirish, texnik ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda o‘quv jarayoniga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirishdagi roli pedagogik jihatdan asoslab berildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi 02/01-01-144-son ma’lumotnomasi.) Natijada «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o‘qitishda interaktiv 3D virtual dinamik modellarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirishga doir takliflari «60810100 – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish» ta’lim yo‘nalishi malaka talablariga singdirilgan;
interaktiv grafik test tizimi ishlab chiqilib, uning talabalar tomonidan chizma elementlarini aniqlash, ularning chizish ketma-ketligini o‘rganish, muhandislik ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘quv jarayonida nazorat, baholash, diagnostika, mustahkamlash, yo‘naltiruvchi hamda refleksiv funksiyalarini amalga oshirish orqali grafik kompetensiyani shakllantirishdagi didaktik ahamiyati pedagogik jihatdan aniqlashtirildi. An’anaviy va masofaviy ta’lim sharoitida «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanini o‘zlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida GeoGebra materiallar platformasida interaktiv resurslar yaratilib, ularning dars jarayonida hamda mustaqil ta’limda qo‘llanish metodikasi didaktik talablar asosida tahlil qilinib, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan va takomillashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2023-yil 26-oktyabrdagi 02/01-01-144-son ma’lumotnomasi.) Natijada «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» fani darslarida ta’lim samaradorligiga erishilgan.