Jumaniyozov Yunus Shodurdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalik davrida otalik xulq-atvori shakllanishining psixologik xususiyatlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P958
Ilmiy rahbar: Sagindikova Nargiza Djubatkanovna,psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ramazonov Jahongir Jalilovich psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalik davrida otalik xulq-atvoriga ta’sir etuvchi psixologik xususiyatlarni ilmiy asosda tahlil qilish hamda ushbu jarayonga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
farzandlar va ota munosabatlarining ijobiy kechishi, otaning bola hayotidagi faol ishtiroki onalik bilan solishtirganda otalikning kamroq biologik va ko‘proq ijtimoiy-oilaviy determinantligi, talaba yigitlarda otalikka nisbatan rol kutilmalarida aniqlik kamligi va otaning bola hayotidagi ishtirok darajasi onaning bola hayotidagi ishtirok darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
turli yoshdagi talaba yigitlarda ota bilan hamkorlikning ijobiy kechishi ularda “maqsad sari harakat” qilishning ortishiga, “natijaga intilish” ko‘rsatgichi oshishiga, “faollikni rivojlantirish” mexanizmiga, kutilmagan “mojorolardan qochish” kabi psixik omillar bilan bog‘liqligi dalillangan;
rivojlantiruvchi dastur mashg‘ulotlari samaradorligini baholash asosida turli yoshdagi talaba yigitlarda “Turmush o‘rtog‘ining befarqligi”, “Ota mustaqilligining yo‘qligi”, “O‘zini qurbon qilish”, “Oiladagi ta’sirlarni bartaraf etish”, “oilaviy nizolar” kabi salbiy psixologik holatlar pasayishi isbotlangan;
turli yoshdagi talaba yigitlarda “Onaning hukmronligi” ta’siri ostida ularning hayotiy maqsadlarini amalga oshish jarayonida kutiladigan “natija”ga bevosita bog‘liq bo‘lib, “oilaviy munosabatlar sohasidagi subektiv nazorat”ning mavjudligi “oilaviy nizolar”, “o‘z rolini norozilik” bilan qabul qilish kabi shaxsiy pozisiya bilan bevosita bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalik davrida otalik xulq-atvori shakllanishining tadqiq qilishga oid olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
farzandlar va ota munosabatlarining ijobiy kechishi, otaning bola hayotidagi faol ishtiroki onalik bilan solishtirganda otalikning kamroq biologik va ko‘proq ijtimoiy-oilaviy determinantligi, talaba yigitlarda otalikkaa nisbatan rol kutilmalarida aniqlik kamligi va otaning bola hayotidagi ishtirok darajasi onaning bola hayotidagi ishtirok darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-fevraldagi PM- 202-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi», «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-fevraldagi PM-202a-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish, ularni nazariy tahlil qilish va izchillikda tizimlashtirish imkoni kengaytirilgan;
turli yoshdagi talaba yigitlarda ota bilan hamkorlikning ijobiy kechishi ularda “maqsad sari harakat” qilishning ortishiga, “natijaga intilish” ko‘rsatgichi oshishiga, “faollikni rivojlantirish” mexanizmiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-fevraldagi PM-202-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-fevraldagi PM-202a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba yigitlarda kutilmagan “mojorolardan qochish” kabi psixik omillar bilan bog‘liqligi dalillanishiga erishildi;
turli yoshdagi talaba yigitlarda rivojlantiruvchi dastur mashg‘ulotlari samaradorligini baholashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-fevraldagi PM-202-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-fevraldagi PM-202a-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zini qurbon qilish”, “Oiladagi ta’sirlarni bartaraf etish”, “oilaviy nizolar” kabi salbiy psixologik holatlar pasayishiga erishildi;
turli yoshdagi talaba yigitlarda “Onaning hukmronligi” ta’siri ostida ularning hayotiy maqsadlarini amalga oshish jarayoniga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-fevraldagi PM-202-son buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-fevraldagi PM-202a-son ma’lumotnomasi). Natijada turli yoshdagi talaba yigitlarda kutiladigan “natija”ga bevosita bog‘liq bo‘lib, “oilaviy munosabatlar sohasidagi subektiv nazorat”ning mavjudligi “oilaviy nizolar”, “o‘z rolini norozilik” bilan qabul qilishiga erishildi.