Ibragimov Sirojiddin Baxodirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat ishtirokidagi real sektor korxonalarida moliyaviy resurslardan samarali foydalanish yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2433
Ilmiy rahbar: Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Dilshod Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Qudiyarov Kishibay Ramatullaevich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi davlat ishtirokidagi real sektor korxonalarida moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
moliyaviy zarar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida moliyaviy ta’minotini mustahkamlash uchun korxona sof foydasining kamida 5 foizi miqdorida har yilgi majburiy ajratma qilish orqali ustav fondining 5 foiz miqdorida zaxira fondini shakllantirish taklif etilgan;
davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning aksiyalarini fond bozorida ommaviy taklif qilish orqali (ЅRO usulida) joylashtirilgandan so‘ng kamida etti yil davomida sof foydaning kamida 30 foizini dividend to‘lashga yo‘naltirilishi zarurligi asoslangan;
davlat ishtirokidagi real sektor korxonalarining valyuta zaxiralari va investisiya portfelini diversifikatsiyalash orqali ular moliyaviy resurslari tarkibini doimiy ravishda optimallashtirish taklif etilgan;
inflyasiya riskini kamaytirish maqsadida o‘zgaruvchan foiz stavkali (floating-rate) korporativ obligatsiyalarni emissiya qilish, valyuta riski mukofotini qo‘shish va korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun ta’minot talabini bekor qilish isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat ishtirokidagi real sektor korxonalarida moliyaviy resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishining natijalari asosida:
moliyaviy zarar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida moliyaviy ta’minotini mustahkamlash uchun korxona sof foydasining kamida 5 foizi miqdorida har yilgi majburiy ajratma qilish orqali ustav fondining 5 foiz miqdorida zaxira fondini shakllantirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 martdagi PQ-83-son “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024 yil 20 maydagi 03/09-5-17/1975-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, moliyaviy zararlarni yuzaga kelishini oldini olishning moliyaviy ta’minoti shakllantirilgan. Shuningdek, moliyaviy risklar boshkaruvini raqamlashtirish hisobiga moliyaviy risk oqibatlarini salbiy ta’sirini kamaytirish imkoni yaratilgan.
davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning aksiyalarini fond bozorida ommaviy taklif qilish orqali (ЅRO usulida) joylashtirilgandan so‘ng kamida etti yil davomida mazkur korxonalar sof foydasining kamida 30 foizi dividend to‘lashga yo‘naltirilishi lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi PQ-291-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024 yil 20 maydagi 03/09-5-17/1975-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yil birinchi choragida 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning aksiyalarini fond bozorida ЅRO usulida joylashtirish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,1 foizga o‘sdi, aksiyadorlarning dividendlarini to‘lashga moliyaviy asos mustahkamlandi va bu orqali mazkur korxonalar kimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan talab oshgan.
davlat ishtirokidagi real sektor korxonalarining valyuta zaxiralari va investisiya portfelini diversifikatsiyalash orqali ular moliyaviy resurslari tarkibini doimiy ravishda optimallashtirish to‘g‘risidagi taklif 2020 yil 27 oktyabrdagi PF-6096-son “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni va davlat aktivlarini xususiylashtirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024 yil 20 maydagi 03/09-5-17/1975-son ma’lumotnomasi). Natijada, uyushma tizimi korxonalarining 2023 yil hisobot davrining sof foydasi 41,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,24 barobarga, shuningdek, tijorat kreditlaridan bo‘lgan qarzdorligi yil boshiga (2024 y.) 41,8 mlrd. so‘mga yoki 45,0 foizga qisqartirilgan hamda jamiyat tarkibidagi korxonalar 2023 yil davomida byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi qarzdorligi bo‘yicha 176,3 mlrd.so‘m to‘lovlarni amalga oshirgan va ushbu aksiyadorlik jamiyatining 165,0 mlrd.so‘m miqdoridagi mablag‘larini lizing kompaniyalari, tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, transport va boshka korxonalari, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltirish imkonini bergan.
inflyasiya riskini kamaytirish maqsadida o‘zgaruvchan foiz stavkali (floating-rate) korporativ obligatsiyalarni emissiya qilish, valyuta riski mukofotini qo‘shish va korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun ta’minot talabini bekor qilishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son Farmonida belgilangan vazifalarni bajarishga doir tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024 yil 20 maydagi № 03/09-5-17/1975-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, 2022-2023 yillarda korporativ obligatsiyalar emissiya qilish xajmining yillik o‘sish sur’ati 1,32 martani tashkil etdi, bu orqali esa foiz stavkasi riskining oldi olindi va korporativ obligatsiyalarning jozibadorligi hamda ularga bo‘lgan talabni oshirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish